LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ushbu Qonunning maqsadi mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ushbu Qonunga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi hududida bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.) qarang.
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, boshqa mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi;
mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: “Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2379, 17.07.2012-y.).
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan shakllantiriladi.
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.) 3-bandida belgilangan.
Mikrokredit tashkilotining firma nomida “mikrokredit tashkiloti” so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “mikrokredit tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.) qarang
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.).
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan va ularda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza takroran ko‘rib chiqilayotganda litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkiloti tomonidan uning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar bajarilmaganda.
mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining, belgilangan iqtisodiy normativlarning talablari muntazam ravishda buzilganda va hisobot ma’lumotlari buzib ko‘rsatilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunga muvofiq boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mikrokredit tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgargan hollarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, litsenziya bekor qilinadi.
Litsenziyaning bekor qilinishi mikrokredit tashkilotining ilgari amalga oshirgan operatsiyalari haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga;
mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatish va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan so‘rab olishga;
maqsadli mikrokredit o‘z vaqtida to‘lanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;
mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;
(121-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘g‘risida, shuningdek ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmat bo‘yicha foiz stavkasi haqida to‘g‘ri hamda to‘liq axborotni yozma shaklda xabar qilishi;
shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirish o‘tkazish uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga;
jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilishga, bundan o‘z muassislari (ishtirokchilari, mulkdorlari) mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni.
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini, moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini, shuningdek iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
LexUZ sharhi
Mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (ro‘yxat raqami 2093, 13.04.2010-y.) 3-bandida belgilangan.
LexUZ sharhi
Qarang: Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (ro‘yxat raqami 1719, 24.09.2007-y.) va Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1728, 12.10.2007-y.).
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari va belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha jarima undiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi yoki tugatadi yoxud litsenziyani qayta rasmiylashtiradi va bekor qiladi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mikrokredit tashkilotida mikrokredit tashkiloti yuqori boshqaruv organining qarori bilan ichki audit xizmati tashkil etiladi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining faqat yuqori boshqaruv organiga hisobdordir. Ichki audit xizmatining rahbari va boshqa xodimlari mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi.
Ichki audit xizmati mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi va filiallari ishini ular tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida ma’lumotlar to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarni, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish va monitoring qilish yo‘li bilan nazorat qilishni hamda baholashni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2453, 25.04.2013-y.).
(151-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari o‘z qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari hamda hisobvaraqlari bo‘yicha axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikrokredit tashkilotining boshqaruv organlari a’zolari, ichki audit xizmati va ijro etuvchi organi xodimlari mikrokredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining operatsiyalari va hisobvaraqlari bo‘yicha, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalar bo‘yicha sirni saqlashi shart.
Maxfiy axborot o‘ziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan bu axborot o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Mikrokredit tashkilotlariga nisbatan bank siri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
(161-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
LexUZ sharhi