Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida” 2000-yil 25-maydagi 71–II-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida”gi, O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan Qonun kuchga kirgan kundan boshlab joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) tamaki mahsulotlari (barcha klassdagi sigaretlar, papiroslar, sigaralar va sigarillalar)ni sanoat asosida ishlab chiqarish faoliyati litsenziyalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida beriladi.
5. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish, to‘xtatib turish va muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlarni qabul qilish, ular yuzasidan ekspert xulosasi va Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlash, litsenziyalarni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va berish, litsenziyalar reyestrini yuritish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “O‘zstandart” agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi. Ishchi guruh faoliyatiga Komissiyaning mas’ul kotibi rahbarlik qiladi. Ishchi guruhning shaxsiy tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar talabgorlarga litsenziyalar berish uchun litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tamaki xomashyosini fermentlash sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga va texnik shartlarga majburiy rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishning to‘liq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, tamaki xomashyosini fermentlangan tamaki etib qayta ishlashni ta’minlovchi texnologik asbob-uskunalar mavjudligi;
tamaki xomashyosini fermentlashni texnik nazorat qilish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
tamaki xomashyosini fermentlash jarayonida texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini ta’minlash;
fermentlanadigan tamakining har bir tipi bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va “O‘zstandart” agentligining tegishli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnik shartlarning mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga va texnik shartlarga majburiy rioya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishning to‘liq texnologik jarayoniga rioya qilish — binolar yaxlitligi, xomashyoni pirovard iste’molchiga sotish uchun tayyor mahsulot etib qayta ishlashni ta’minlovchi texnologik asbob-uskunalar mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi organlari tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning mavjudligi;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablari va normalarini ta’minlash;
mahsulotning har bir turi bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va “O‘zstandart” agentligining tegishli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnologik yo‘riqnomalarning mavjud bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiz markalari bilan markalash uchun asbob-uskunalarning mavjud bo‘lishi;
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda standartlar talablariga javob beruvchi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan, shu jumladan import qilingan tamaki xomashyosidan foydalanish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar ham hisobga olinadi:
a) ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish davrida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilmagan bo‘lishi kerak;
b) korxonalardagi mavjud ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va filiallari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi, texnologiya yo‘riqnomalariga, davlat standartlariga va boshqa normativ hujjatlarga ega bo‘lishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulot “O‘zstandart” agentligining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lishi kerak;
g) litsenziatning ilgari berilgan litsenziyaning amal qilishi davrida budjetga va davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlari bo‘lmasligi kerak;
d) faoliyat davrida litsenziat ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni yangi, modernizatsiya qilingan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilovchi asbob-uskunalarga bosqichma-bosqich almashtirilishini ta’minlagan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyat turi (yoxud uning bir qismi);
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi to‘g‘risida “O‘zstandart” agentligining xulosasi;
litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘imni to‘laganini tasdiqlovchi hujjat;
ishlab chiqarish laboratoriyasining “O‘zstandart” agentligi organlarida attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining ishlab chiqarish sharoitlari va asbob-uskunalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi, shuningdek texnologiya asbob-uskunalarining gigiyena sertifikatlari nusxalari;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy organlarining ishlab chiqarishning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
yong‘in nazorati organlarining ishlab chiqarishning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
soliq organining budjetga va davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganda);
Keyingi tahrirga qarang.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
13. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov kunida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tasdiqlash uchun Komissiyaga tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga taqdim etadi. Bunda ishchi guruh, zaruriyat bo‘lganda, joylarga borib yoki davlat tegishli organlari mutaxassislarini jalb etib ishlab chiqarish shart-sharoitlarining taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligini tekshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish haqida qaror qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda imzolash uchun litsenziya shartnomasi yuboriladi.
Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi guruh tomonidan nazorat qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi. Litsenziya bitimini litsenziyalovchi organ nomidan ishchi guruh rahbari imzolaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziyalar ishchi guruh tomonidan, belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Litsenziya blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingandan keyin yetti kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi guruh litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni litsenziyalovchi organga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi guruh tomonidan, qonun hujjatlarida va litsenziya bitimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi guruh o‘z vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida ishchi guruh tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish uchun Komissiya yoki ishchi guruh qaroriga binoan “O‘zstandart” agentligining va davlat boshqa organlari inspektorlari jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
uch oy va undan ko‘p oylar mobaynida budjetga va davlat maqsadli fondlariga muddati o‘tib ketgan to‘lovlar mavjud bo‘lganda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi xulosasiga binoan;
sifatsiz tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilgani va sotilgani aniqlanganda — “O‘zstandart” agentligi xulosasiga binoan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida ko‘rilgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
33. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular haqini to‘lagan holda aniq litsenziatlar haqida litsenziyalar reyestridan ko‘chirma tarzida ma’lumot olishga haqlidirlar.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdoridagi to‘lov litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun:
ushbu Nizom 2-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga — eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida;
ushbu Nizom 2-bandining “b” kichik bandida nazarda tutilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga — eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida davlat boji belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki
mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nabiyev A.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisi (kelishuv bo‘yicha) |
Usmonov T.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari (kelishuv bo‘yicha) |
Ashrafxonov B.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
Parpiyev B.R. | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisi |
Nosirov S.X. | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
Salimov A.H. | — | Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
Ollaberganov O.H. | — | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari |
Bo‘riyev R.A. | — | “O‘zstandart” agentligining bosh direktori |
Saidjalalov S.B. | — | “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisi |
Abdullayev A.O. | — | “O‘zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
Yo‘ldoshev N.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i |
Abdullayev J.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliyaviy inspektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i |
lavozimiga ko‘ra | — | “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining maxsus inspektorlik bo‘limi boshlig‘i |
Obidov M.X. | — | Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, Komissiyaning mas’ul kotibi |
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga 1-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” bo‘limiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda):
“6. Litsenziyalarni berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, to‘xtatish hamda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.