Respublikaning ba’zi komissiyalari va kengashlari tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi bilan muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha tenderlar o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Davlat komissiyasi tugatilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy soha muassasalarini, maxsus iste’molchilar va davlat rezervini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash Tartibiga o‘zgartishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ba’zi qonun hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin hamda ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan tasdiqlangan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat korxonalari (mulki) qismi bo‘yicha, shuningdek yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha davlatga tegishli va sotilishi zarur bo‘lgan aksiyalar paketlari va ulushlarini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va maslahatchi-konsultantlarning sotishdan oldingi tayyorgarlik hamda yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha xususiylashtiriladigan obyektlarni sotish masalalari bo‘yicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;
oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish;
tender savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini xarid qilishga nomzodlarning eng manfaatli takliflari tanlovini o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat korxonalarini xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan Prezident va Hukumat hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini tashkil etish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini yanada rivojlantirish va oshirish;
sansalorlik, byurokratizmning paydo bo‘lishi va obyektlarni xususiylashtirish, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish hamda aksiyalar paketlarini va korxonalarni to‘liq tanlov (tender) savdolari g‘oliblariga sotishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish muddatlari cho‘zib yuborilishi hollarini bartaraf etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida Davlat komissiyasi qarorlari qabul qilingan xususiylashtirilgan korxonalar va obyektlarning faoliyati ustidan monitoring tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat manfaatlari uchun, birinchi navbatda yangi ish joylarini yaratish, xususiylashtiriladigan korxonalarning samarali foydali faoliyat yuritishi, ularda ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishini ta’minlaydigan davlat aktivlarini xorijiy investorlarga belgilangan tartibda sotish uchun (tender, kimoshdi, birja) savdolarning shartlari va shakllarini belgilash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
tender qatnashchilarini malakali tanlash va tender takliflarini baholash maqsadida obyektlar, aksiyalar (ulushlar)ni investorlarga sotish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish uchun idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
tender hujjatlarini va shuningdek tender obyektlarining sotilish bahosini, tender obyektlarini sotishga jalb qilinadigan ekspert, shu jumladan xorijiy kompaniyalar va vositachilarni tanlash shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
xususiylashtiriladigan obyektga (aksiyalar paketiga) talab konyunkturasiga ko‘ra hamda tegishli investitsiya majburiyatlari bo‘lgan aniq strategik investorlar mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda tender obyektlarining boshlang‘ich narxini o‘zgartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan yoki uning tomonidan shartnomaviy asosda jalb qilingan mahalliy va xorijiy investitsiyalar vositachilari orqali o‘tkaziladigan tender savdolari natijalarini tasdiqlash;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
tender yoki kim oshdi savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lmagan taqdirda davlat aktivlarini boshqa usullar (birja savdolari yoki potensial investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘llari) bilan sotishni amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
obyektlar va aksiyalarni (ulushlarni) ham erkin muomaladagi valyutada, ham milliy valyutada, shu jumladan haq to‘lashning aralash shakllarida va investor tomonidan erkin muomaladagi valyutada aniq investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish hisobiga sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur axborotlarni olish;
obyektlarni xususiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishdagi sansalorlik, byurokratizmning paydo bo‘lishi, muddatlarni cho‘zish hollari hamda korxonalar va aksiyalarni xorijiy investorlarga sotishni jadallashtirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tarmoq birlashmalari, korxonalarning ijro etuvchi organlari vakillarini Komissiya faoliyati uchun jalb etish;
davlat aktivlarini muvaffaqiyatli sotish uchun moliyaviy maslahatchi-konsultantlar, ekspertlar va texnik mutaxassislarni jalb qilish shartlari va mezonlarini tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bepul sotilishi lozim bo‘lgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlaydigan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari, past likvidli obyektlar, shu jumladan xizmat ko‘rsatish va servis sohasi korxonalarini tashkil etish uchun qishloq joylarda foydalanilmayotgan binolar va xonalar ro‘yxatlarini, shuningdek ularni investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bilan sotish shartlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish.
(4-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-iyuldagi PQ-2009-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy investorlarning buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo‘lgan past likvidli obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan tanlov o‘tkazmasdan “nulinchi” xarid qiymati bo‘yicha sotilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1768-sonli qaroriga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
obyektlarni bir ro‘yxatdan boshqa ro‘yxatga o‘tkazish, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar shartlarini, sotish usullarini, jumladan “nulinchi” xarid qiymati bo‘yicha va to‘g‘ridan to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha sotish usullarini o‘zgartirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari (aksiyalari, ulushlari) ro‘yxatlariga o‘zgartishlar kiritish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 17(1)-son, 216-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya shuningdek ayrim hollarda, iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarga investitsiyalarni jalb etishda quyidagi huquqlarga ham ega:
korxona (aksiyalar ulushlari) sotilgunga qadar budjetdan va davlat korxonalaridan, jumladan muddatlari kechiktirilgan yig‘ilgan qarzlarini tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
investorning so‘roviga ko‘ra, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlarni o‘zlashtirish davrida tabiatni muhofaza qilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarni oshirishga moratoriylarni belgilash.
Komissiya davlat mulkini birinchi darajali strategik investorlarga ularning korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya majburiyatlari ostida sotganida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli:
investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida olingan banklarning, shu jumladan xorijiy banklarning kreditlari bo‘yicha korxonalarning qarzlarini to‘liq so‘ndirilishi bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar olish shartlarida korxonani yaxlit yoki sotiladigan davlat ulushini aksiyalarning nazorat paketigacha oshirish haqida;
xususiylashtirilayotgan korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida olingan banklarning, shu jumladan xorijiy banklarning kreditlari bo‘yicha qarzlarini qisman yoki to‘laligicha tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil etish bo‘yicha qarorlarini bajarishga;
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga majburdir.
6. Komissiya o‘zining ish jarayonida ushbu Nizomga amal qiladi va o‘z faoliyatini tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
7. Komissiya majlislari uning a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashgan holda zaruratga qarab vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladi.
Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan va Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imzolanayotganda Komissiya a’zolari unga o‘zlarining alohida fikrlarini ilova qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tender obyektlarini uning g‘oliblariga berish Komissiyaning tegishli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
9. Komissiya ishi bilan bog‘liq axborotlar maxfiy hisoblanadi va xususiylashtirish jarayonida qatnashmaydigan uchinchi shaxsga oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Komissiya a’zolari, shuningdek ishchi guruh a’zolari ko‘rsatib o‘tilgan axborotni oshkor qilganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Komissiyaning tenderlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish, shuningdek, ekspert kompaniyalarni va vositachilarni, shu jumladan xorijiy, tender asosida tanlash xarajatlari hamda ularga to‘lanadigan pul mukofotlari:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Idoralararo ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhlar deb ataladi) Komissiya qaroriga ko‘ra korxonalarning qaysi tarmoqqa qarashliligiga qarab Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining mas’ul xodimlari hamda tegishli tarmoqlar va korxonalar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ishchi guruhlarga Vazirlar Mahkamasining tegishli tarmoqlar komplekslari rahbarlari boshchilik qiladilar. Ishchi guruhlar a’zolarining shaxsiy tarkibi Komissiya qaroriga ko‘ra tasdiqlanadi. Ishchi guruhlarning ish rejasi Ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida obyektlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ularni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi barcha dastlabki axborotlarni tayyorlash;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
tenderlarni tashkil etishga jalb qilinadigan vositachilar uchun texnik topshiriqlarni tuzishda qatnashish;
davlat aktivlarini sotish shartlari va shakllari, ularni sotish qiymatini belgilash, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlar tartibi va shartlari bo‘yicha Komissiya ishchi organiga takliflar kiritish;
ekspert baholashni amalga oshirish va investorlardan tushayotgan investitsiya takliflari bo‘yicha xulosalar tayyorlash.
13. Ishchi guruh rahbari xususiylashtiriladigan korxonalarning davlat aktivlarini sotish shakllarini muhokama qilayotganda, shuningdek tasarrufidagi tarmoqlarning sotiladigan obyektlari bo‘yicha xorijiy investorlarning takliflari ko‘rib chiqilayotganda Tender komissiyasi majlislarida qatnashishi shart.
14. Ishchi guruh majlisi uning a’zolarining to‘rtdan uch qismi qatnashganda haqiqiy deb hisoblanadi.
Ishchi guruh majlislari qarorlari majlisda qatnashgan ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Qarorlar majlisda qatnashayotgan barcha ishchi guruh a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Komissiyaning savdolarni tayyorlash va o‘tkazishni tashkil qilishni amalga oshiruvchi (tushayotgan takliflarni ekspert baholash, Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, reklama ishlari, Komissiyada ish yuritish) ishchi organi hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
a) Komissiya tomonidan tasdiqlangan shartlarda, jumladan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va vositachilarni jalb etgan holda kimoshdi va tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Komissiya tomonidan belgilangan shartlar va mezonlarda, shu jumladan xorijiy, texnik, moliyaviy, yuridik ekspertlarni va vositachilarni davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lardan, keyinchalik xarajatlarni obyektlar (aksiyalar) sotilishidan tushadigan tushumlar hisobidan kompensatsiya qilish bilan ularning xizmatlariga haq to‘lagan holda tender va kimoshdi savdolarini tayyorlash va o‘tkazish uchun tanlov asosida taklif etish;
belgilangan tartibda tender va kimoshdi savdolari e’lon qilingan va o‘tkazilgandan keyin potensial investorlarda manfaatdorlik bo‘lmagan taqdirda davlat aktivlarini sotish shakllari va shartlarini o‘zgartirish bo‘yicha;
Keyingi tahrirga qarang.
tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazishning moliyaviy va texnik shartlari, investitsiya takliflarini baholash tartibi, g‘olibni tanlash mezonlari, to‘lovlar tartibi va shartlari bo‘yicha takliflar kiritish;
g) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari va xususiylashtiriladigan korxonalardan unga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
e) Komissiya bilan kelishgan holda tender savdolarini o‘tkazish va ularning yakunlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida o‘z nomidan e’lonlar chiqarish.
har bir xususiylashtirish obyekti to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tartibga solish va ishlashni amalga oshirish;
potensial investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga obyektlar haqidagi umumiy majburiy axborotlar va ularning so‘rovlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlash;
bevosita yoxud sotish bo‘yicha boshqa agentlar bilan birgalikda texnik topshiriq, kontrakt loyihalarini va Komissiya tasdig‘iga kiritiladigan boshqa tender hujjatlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
idoralararo guruhlarning loyihalarni ishlab chiqish va sotiladigan obyektlar bo‘yicha tushayotgan takliflarni ekspert baholash yuzasidan ishlarini muvofiqlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
tenderlar va kimoshdi savdolarini o‘tkazish bo‘yicha reklama-ma’rifiy ishlarni tashkil etish. Tarkibiga kiradigan korxonalar-emitentlar va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishchi organ korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ochishni amalga oshiradi, potensial investorlarning korxonalar va ularning asosiy texnik-iqtisodiy, moliyaviy hamda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan tanishish uchun sharoitlar yaratadi, investorlar izlash va ular bilan muzokaralar olib borishni tashkil etadi;
muntazam ravishda, chorakda kamida bir marta tender, kim oshdi, birja savdolari yakunlari, shuningdek Komissiya tomonidan tasdiqlangan shartlarda davlat aktivlarini sotish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish natijalari bo‘yicha Komissiyaga axborot berish;
Komissiyada aniq va to‘liq ish yuritish, Komissiya xat-xabarlarini hisobga olish va turkumlash, Komissiya va idoralararo guruhlar barcha majlislarining bayonnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat raqobat qo‘mitasi tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlarining so‘zsiz bajarilishi, xususiylashtirishdan valyuta resurslarining qo‘shimcha to‘ldirilishi, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarishdan tushumlarni taqsimlash yuzasidan talablarga qat’iy rioya qilinishi uchun to‘liq javob beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
1. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) 1-ilovasining 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarorining 1-ilovasidagi “V.A. Golishev — Bosh vazir o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari” so‘zlari “B.A.Xo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 14-martdagi PQ–29-son qaroriga 5-ilovaning 8-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ–183-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi va ushbu qarorning 3-ilovasi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son va 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qarorlarini bajarish yuzasidan javobgarlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 20-maydagi 258-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 22-iyundagi 309-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 32-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “2000-2001-yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 26-noyabrdagi 511-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 69-modda) 4-ilovaning 4 va 5-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 23-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 6-ilovaning 10-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 75-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 25-iyundagi 295-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 61-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi va ushbu qarorning 1-ilovasi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 25 va 31-ilovalar.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yigirma birinchi xatboshi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 16-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining o‘n ikkinchi xatboshi.