LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni moliyaviy mablag‘larni birlashtirish yo‘li bilan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan chop etish, yetkazib berish va sotilishining barqaror hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash, shuningdek ulardan maqsadli foydalanishni samarali boshqarish va amalda nazorat qilish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, “Kamolot” O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika “Mahalla” hayriya jamg‘armasi, Umumta’lim maktablarining pedagoglar jamoatchiligi va o‘quvchilarning ota-onalari qo‘mitalarining yuridik shaxs maqomi bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan budjet va homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari, darsliklarning ijara to‘lovlarini jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari kutubxona fondlari, shu jumladan, ijara tizimi asosida darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga qisqa muddatli maqsadli ssuda ajratish yo‘li bilan ko‘maklashish;
Jamg‘arma mablag‘lari tushumi, ulardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan monitoringni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashining tarkibi unga quyidagi asosiy vazifa va funksiyalarni yuklagan holda 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin:
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keyingi o‘quv yili uchun taqdim etilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqarish va sotish kvotalarini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning foydalanish manba va yo‘nalishlari bo‘yicha daromad va xarajatlarning prognoz parametrlari, shuningdek Jamg‘arma ijroiya direksiyasi tomonidan kiritiladigan Jamg‘arma tushumlari va mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb etish;
Jamg‘arma ijroiya direksiyasi faoliyatini Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish qismida nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi ijroiya direksiyasining tashkiliy tuzilmasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 11 nafar, va uning hududiy bo‘linmalarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalarida va Toshkent shahrida xodimlarning chegaralangan soniga 2-ilovaga* muvofiq yana qo‘shimcha 1 kishi;
* 2-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartib-qoidalari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq.
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘armaning ijrochi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tavsiyasi bilan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar hamda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari, kreditlari va homiylik yordamlari;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ijara tizimini tadbiq etish bo‘yicha tajriba doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ochilgan maktablarning maxsus depozit subhisob raqamlarida to‘plangan mablag‘larni belgilangan tartibda Jamg‘armaga o‘tkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2006-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlarining tarbiyalanuvchilarini, kam ta’minlangan oilalarning bolalarini mazkur xarajatlarni Jamg‘arma hisobidan moliyalashtirish orqali darsliklar bilan bepul ta’minlash, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash tizimiga mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘arma yagona ijtimoiy to‘lov hamda bojxona to‘lovlarini hisobga olmagan holda budjetga tushadigan barcha turdagi soliqlar va yig‘imlar, shuningdek davlat maqsadli fondlariga, Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda jamg‘arma) faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari, Jamg‘armani boshqarish tartibi, uning mablag‘larini shakllantirish manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.
2. Jamg‘arma respublika umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armalarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan maqsadli moliya resurslarini jamlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jamg‘armaning ijrochi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — ijrochi direksiya) jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy va tijorat banklarida o‘z mustaqil balansi, hisob raqami, shuningdek xorijiy valyutadagi hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tushirilgan muhriga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘arma faoliyatining maqsadi budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobiga moliya mablag‘larini birlashtirish yo‘li orqali umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashr etish, yetkazib berish va tarqatishni barqaror va muttasil moliyalashtirishni ta’minlash hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlashga qaratilgan budjet va homiylik mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari, darsliklar uchun belgilangan ijara to‘lovlarini jamlaydi, ushbu mablag‘larni samarali boshqarishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish va yetkazib berish, shu jumladan o‘quvchilarni ijara tizimi asosida darsliklar bilan ta’minlashni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi tashkilotlariga darsliklarni ochiq savdosini rivojlantirishida qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko‘rsatish;
Jamg‘arma moliyalari kirimlari, ularni maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Jamg‘arma Vasiylik kengashining yig‘ilishlari zaruriyat tug‘ilganda, ammo yiliga kamida ikki marotaba o‘tkaziladi. Jamg‘armada kredit va grantlari jamlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari vakili Vasiylik kengashi yig‘ilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqiga ega.
keyingi o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrdan chiqarish va tarqatish kvotalarini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun manfaatdor vazirliklar, muassasalar, jamoatchilik va boshqa nodavlat tashkilotlarni jalb qilish;
Jamg‘arma kirim va chiqimlarining manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha taxminiy parametrlarini, shuningdek, Jamg‘arma ijrochi direksiyasi kiritgan Jamg‘armaga mablag‘ning tushishi va sarflanishi yuzasidan hisobotini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma ijrochi direksiyasi faoliyatini, jumladan, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jamg‘arma ijrochi direksiyasi Jamg‘armaning ijrochi organi bo‘lib, joriy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Jamg‘arma faoliyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Jamg‘arma ijrochi direksiyasi xarajatlari budjet tashkilotlari uchun o‘rnatilgan tartibda Vasiylik kengashi tasdiqlagan smeta xarajatlariga asosan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armasining Darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari yillik balansini tuzish;
Jamg‘arma kirim va chiqimlarining taxminiy parametrlarini, shuningdek, Jamg‘arma Vasiylik kengashiga belgilangan muddatda taqdim etish uchun ularning bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlash;
umumta’lim maktablarining ma’lum toifadagi o‘quvchilarini bepul ta’minlash uchun darsliklar xarid qilinishi, shuningdek, ijaraga beriladigan va ochiq savdoga chiqariladigan darsliklarni yangilash xarajatlarini moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari hisobiga darslik ijarasi uchun ota-onalardan kelib tushgan mablag‘larni yuqori qimmatli va ishonchli aktivlarga aylantirish yo‘li bilan umumlashtirib boshqarish;
umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armalarini Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha moliya va xalq ta’limi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo korxonalarining moliyaviy ahvolini o‘rganish asosida ularning aylanma mablag‘larini vaqtinchalik to‘ldirish uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish;
darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarni xarid etilishi moliyalashtirilgan Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo korxonalariga ajratilgan ssudalardan samarali foydalanish va qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha monitoring olib borish.
11. Jamg‘armaning ijrochi direktori Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
grantlar, kreditlar hamda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning homiylik yordamlari;
Keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan darsliklarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, ya’ni ularni makulatura qabul qilish punktlariga topshirishdan olinadigan daromadlar.
13. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisob kassa markazidagi Jamg‘armaning yagona jamlangan hisob raqamida yig‘iladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Istiqbol tushumlar loyihasini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash hamda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish keyingi yilga davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zarur Darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik bo‘yicha umumta’lim maktablari kutubxona jamg‘armalarini har yili inventarizatsiya qilish va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlanganligini o‘rganish asosida keyingi kalendar yili uchun darsliklarga bo‘lgan ehtiyojning prognoz ko‘rsatkichlarini chakana savdo tarmog‘i orqali, kutubxona jamg‘armasi hisobidan bepul ta’minlanish va ijara asosida ta’minlanish kesimida har yili 1-iyunga qadar Jamg‘armaning ijrochi direksiyasiga taqdim etish.
Bunda keyingi kalendar yili uchun o‘quvchilarning istiqbol kontingenti O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Yakuniy ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan aniqlanadi va keyingi o‘quv yili uchun predmetlar bo‘yicha ta’lim tili, nomi va sinflar kesimida darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqarish va sotishga prognoz kvotalar shakllantirilgandan so‘ng Jamg‘armaga taqdim etiladi.
16. Ijrochi direksiya O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda har yili 1-iyulga qadar keyingi kalendar yil uchun Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari istiqbol parametrlarini ishlab chiqadilar va Jamg‘armaning Vasiylik Kengashiga ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Jamg‘arma daromadi va xarajatlarining prognoz parametrlari keyingi yil uchun davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan so‘ng 5 kun ichida Jamg‘armaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
o‘rnatilgan tartibda shakllantirilgan va tasdiqlangan kvotalarga asosan budjet mablag‘lari hisobidan chop etilishi mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalarni xarid etish va yetkazish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
har bir umumta’lim maktabi bo‘yicha shakllantirilgan kvota asosida va ijara to‘lovlaridan tushgan mablag‘lar doirasida ijara tizimi uchun darsliklarni xarid qilish va yetkazib berish shartnomalariga to‘lovlarni amalga oshirishga;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdo korxonalari uchun ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga maqsadli ssudalar ajratishga;
jamg‘armaning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlariga ko‘ra amalga oshirilgan boshqa operatsion xarajatlarni qoplashga.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi yo‘nalishlarda maktab kutubxonalarini darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni qoplashga mablag‘lar ajratadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Xaridlar bo‘yicha tasdiqlangan kvotalariga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalarni nashr etish va yetkazish bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirishni tanlov asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tuzilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar sotib olish va yetkazib berish yuzasidan kontraktlar bo‘yicha xarajatlarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
21. Chakana savdo tarmog‘i orqali sotiladigan darsliklarni ishlab chiqarish uchun taqsimlangan ham kvotalariga ega bo‘lgan nashriyotlar, bosmaxonalar va kitobsavdo korxonalariga aylanma jamg‘armalari yetmay qolgan taqdirda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilab beradigan tartib asosida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ssudalar ajratilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda ijara to‘lovlaridan mablag‘larning kelib tushishi bo‘yicha buxgalterlik hisobi va hisobot:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maktablar bo‘yicha — hududiy moliya organlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ijrochi direksiyaning hududiy vakillari talabnomalari bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari umumta’lim maktablari yoki xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman va shahar bo‘limlarining mos hisob raqamlaridan ko‘chirmalar taqdim etadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
hududdagi tuman va shahar maktablari bo‘yicha ijara tizimining yuritilishi ustidan ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
ijara to‘lovlari tushumlarining monitoringini olib boradi, hisobotlarni ro‘yxatga oladi va yig‘adi hamda xalq ta’limi hududiy organlari bilan hamkorlikda darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarga buyurtmalarni umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ijara tizimini ishlatilishi masalalari bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ulardan hududlar va maktablar kesimida ijara to‘lovlari tushumlari bo‘yicha aniq hisobotlarni muntazam olib turadi;
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Jamg‘arma ijrochi direksiyasining hududiy vakillari o‘z hududlari bo‘yicha darsliklar harakati va saqlanishi to‘g‘risida umumlashtirilgan hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Jamg‘arma ijrochi direksiyasiga har kvartalda, hisobotdan keyin keluvchi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Jamg‘arma ijrochi direksiyasi buxgalterlik hisobini yuritadi va Jamg‘arma hisob raqamlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatlari haqida hisobotlar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Jamg‘arma har yili Jamg‘armaning hisob raqamlarini mustaqil auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida chop etadi.
28. Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish uchun sarflangan mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Ijara haqlarini to‘liq hisoblanishi va to‘lovlarining yig‘ilishi, o‘z vaqtida naqd pul tushumlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rnatgan tartiblar asosida bank muassasalariga topshirish bo‘yicha javobgarlik umumta’lim maktablari hamda xalq ta’limining joylardagi boshqaruv idoralari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
30. Xalq ta’limining hududiy boshqaruv idoralari darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning o‘z vaqtida va talab darajasida yetkazilishi bo‘yicha nazorat olib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Ijara haqlari to‘lovlari tushumlarini, darsliklarni o‘rnatilgan tartibda saqlanishi va foydalanilishini hamda maktablar tomonidan darsliklar va ijara haqlari bo‘yicha dastlabki hisob-kitob hujjatlarini nazoratini olib borish Xalq ta’limi va Moliya vazirliklarining tegishli hududiy boshqaruv idoralari hamda Jamg‘armaning ijrochi direksiyasining hududiy vakillari tomonidan olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.