LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Qaror ayrim normalarining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi PQ-586-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlarining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan to‘xtatib turilgan.
Mamlakatning huquqni muhofaza qilish, moliya organlari tomonidan soliq sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish, korrupsiya, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish, naqd pul va xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.
Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda qonuniylikni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti muhim o‘rin egallamoqda. O‘zining 5 yillik faoliyatida Departament tomonidan soliq va valyutaga oid 52 mingtadan ortiq qonun buzilishlari aniqlangan bo‘lib, 13530 tasi bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, 38887 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildilar.
Ko‘rilgan choralar natijasida jami 142,9 mlrd. so‘m miqdoridagi moddiy zarar va budjetga qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar undirildi. Respublikaga noqonuniy olib kirilgan 22,4 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar olib qo‘yildi. Xorijiy valyutaning yashirib qolinishi, chetga chiqib ketishi, noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 2420 qonunbuzarliklar fosh etildi.
Shu bilan birga, soliq, valyuta, boshqa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda jiddiy kamchiliklar va foydalanilmagan rezervlar mavjud.
Iqtisodiy, moliyaviy, soliq sohalarida sodir etilgan jinoyatlarning shart-sharoitlari va sabablarini, “xufyona biznes”ni shakllanish yo‘llarini, xorijiy valyutaning chetga chiqib ketish kanallari va ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining bankdan tashqari noqonuniy aylanishi manbalarini aniqlash va bartaraf etish ishlarining samaradorligi past darajada qolmoqda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini chuqur tahlil qilish, aniqlash, oldini olish va ularga barham berishdagi axborot-tahliliy ishlarida zamonaviy tahlil usuli, uslublari va vositalari keng qo‘llanilmayotir.
Mazkur jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi tizimdagi barcha tezkor-tergov, bank, boshqaruv va nazorat qiluvchi tuzilmalarning iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi huquq buzishlarini o‘z vaqtida aniqlash va zararsizlantirish bo‘yicha kompleks va aniq muvofiqlashtirilgan tarzda faoliyat ko‘rsatishlarini talab etadi.
Moliyaviy razvedka va monitoringning samarali tizimini yaratish, tezkor-qidiruv faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy kurashish vositalarni joriy etish muhim vazifa hisoblanadi.
Tezkor xizmat va surishtiruv bo‘linmalarining faoliyati asosan yaqqol ko‘rinib turgan qonun buzilishlarini aniqlash va oldini olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarini chuqur o‘rganish va sabablarini aniqlash ta’minlanmayotir.
Soliq va valyuta sohasidagi qonun buzilishlari va ularni sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan hisobini yuritish va ma’lumotlarning kompyuter bazasini yaratish ishlari tugallanmagan.
Iqtisodiy, moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish, kriminogen vaziyat monitoringini amalga oshirish, ushbu sohada profilaktika ishlarini olib borishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, moliya va bank muassasalarining o‘zaro hamkorlik darajasi zamon talablariga javob bermaydi.
Departament organlarida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash ishlari, tahliliy, tezkor bo‘linmalarning maxsus texnika va kriminalistika vositalari bilan ta’minlanishi tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.
Iqtisodiy, valyuta-moliya va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) aylantirilsin.
Departament tuzilmasida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin, Departament va uning hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 20 nafarga ko‘paytirilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Departament O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan vakolatli huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, sodir etilgan qonun buzilishlari oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
davlat soliq siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq to‘lovchilarni qamrab olinishi va hisobining to‘liqligini ta’minlash, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, qochishning mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini, “xufyona” iqtisodiyotning shakllanish yo‘llarini, korrupsiya hollarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob va hisobotlarning to‘liqligi va obyektivligini nazorat qilish; xorijiy valyuta mablag‘larining qonunga xilof ravishda chetga chiqib ketishi, olib kelinishi va olib chiqilishi, noqonuniy muomalada bo‘lishi va valyuta-ayirboshlash operatsiyalari bilan bog‘liq boshqa qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish;
moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish; jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy operatsiyalar monitoringini tashkil etish va amalga oshirish; aniqlangan huquq buzilishlari to‘g‘risida tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalariga jinoiy ta’qibni tashkil etish, ma’muriy ta’sir choralarini ko‘rishlik uchun o‘z vaqtida axborot taqdim etish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari uchun narx-navolarni asossiz va sun’iy oshirishga qarshi kurashish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5196-son Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son)
soliq va valyuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va huquq buzilishlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari va shartnomalariga muvofiq valyutani tartibga solish sohasida, shuningdek, jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda xalqaro-ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash;
soliq siyosati va valyuta muomalasini tartibga solish, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish, profilaktika ishlarini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Departament va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R.H. Qodirov), Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga:
Departamentning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasini huquqni muhofaza qiluvchi, boshqaruv va nazorat organlari, moliyaviy tashkilotlar tizimida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, moliyaviy razvedka sohasida ishlash uchun zarur bo‘lgan tahliliy fikrlash qobiliyatiga, axborot to‘plash va tahlil qilish ko‘nikmalariga, yuksak axloq-irodaga, boshqa kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar (iqtisodchilar, yuristlar, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari) bilan ikki oy muddatda butlanishini ta’minlasinlar;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining yangi tashkil etilgan boshqarmasi ishini tashkil etish uchun zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) bilan birgalikda Departamentda soliq, valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish, g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan topilgan pul mablag‘larini qonuniylashtirishning oldini olish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish uchun mo‘ljallangan yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini tashkil etish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar, Departamentning yangidan tashkil etilgan bo‘linmalarini zarur aloqa va telekommunikatsiya vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasinlar;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R.S. Qosimov), Ichki ishlar vazirligi (B.A. Matlyubov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov) Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) bilan birgalikda Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi bazasida moliyaviy razvedka masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan “Moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik” maxsus kursini tashkil etish to‘g‘risida uch oy muddatda takliflar kiritsinlar;
Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bilan birgalikda g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan topilgan pul mablag‘larini qonuniylashtirishning oldini olish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarida aholining, birinchi navbatda tadbirkorlar, o‘rta va kichik biznes vakillarining, moliya, bank tuzilmalari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha 2006-yilda turkum axborot-tashviqot tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
5. Bosh prokuratura (R.H. Qodirov) Markaziy bank, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda — Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni Departamentga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
ikki oy muddatda — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, boshqaruv va nazorat qiluvchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va litsenziyalovchi organlar bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish chora-tadbirlari kompleks dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Markaziy bank bilan birgalikda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan zamonaviy talab va me’yorlarga muvofiq keluvchi ichki nazoratni amalga oshirish qoidalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Iqtisodiyot vazirligi (B.A. Xo‘jayev), Moliya vazirligi (R.S. Azimov) Bosh prokuratura bilan birgalikda Departamentda soliq, valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini va ma’lumotlar kompyuter bazasini yaratish tadbirlarini 2007-yil investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasinlar.
Departamentning qayta tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining shtat jadvaliga va xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
Bosh prokuratura, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Departament xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
9. Departament O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining byulletenlari va statistika ma’lumotlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralar tomonidan o‘z normativ hujjatlarining mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 415-son qaroriga 1, 2, 2a, 3, 3a, 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari A.E. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti faoliyatining huquqiy asoslarini, vazifalari va funksiyalarini, tizimi va tuzilmasini, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (bundan keyin matnda Departament deb yuritiladi):
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanib, soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida tezkor-tahliliy, qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni undirib olish uning asosiy maqsadi hisoblanadi.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Departamentning qonun hujjatlarida belgilangan vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruv, mahalliy hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Soliq va valyutaga oid jinoyatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ashdan boshlab uni sudda ko‘rib chiqishgacha bo‘lgan protsessual harakatlarning uzviyligi va izchilligi Departament va uning hududiy bo‘linmalarining iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoiy ishlarni ko‘rib chiquvchi, sudda ular bo‘yicha davlat aybnomasini quvvatlovchi barcha darajadagi prokuratura organlari bilan o‘zaro uzviy hamkorligi va harakatlarining muvofiqlashtirilishi natijasida ta’minlanadi.
5. Departament bo‘linmalari huquqni muhofaza qiluvchi, boshqaruv va nazorat organlari, moliya tashkilotlari tizimida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, tahliliy fikrlay oladigan va axborot-tahliliy ishlar ko‘nikmalariga, yuksak ma’naviy irodaga, moliyaviy razvedka sohasida ishlash uchun zarur bo‘lgan boshqa kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan mutaxassislar (iqtisodchilar, yuristlar, axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar) orasidan yuqori malakali kadrlardan butlanadi.
6. Departament mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va Departamentning to‘liq nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
soliq, valyutaga oid jinoyatlar va huquq buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
davlat soliq siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq to‘lovchilarni qamrab olinishi va hisobini to‘liqligini ta’minlash, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, qochish mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini, “xufyona” iqtisodiyotning shakllanishi yo‘llarini, korrupsiya holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobga olish va hisobotlarning to‘liqligi va obyektivligini nazorat qilish; xorijiy valyuta mablag‘larining qonunga xilof ravishda chetga chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalada bo‘lishi, valyuta-ayirboshlash operatsiyalari bilan bog‘liq boshqa qonun buzilishlarini oldini olish va bartaraf etish;
moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish; jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy operatsiyalar monitoringini tashkil etish va olib borish; aniqlangan huquq buzilishlari to‘g‘risida tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalariga jinoiy ta’qibni tashkil etish, ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rish uchun o‘z vaqtida axborot taqdim etish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari uchun narx-navolarni asossiz va sun’iy oshirishga qarshi kurashish;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5196-son Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son)
soliq va valyuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va huquq buzilishlari, hamda qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari va shartnomalariga muvofiq valyutani tartibga solish sohasida, shuningdek jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda boshqa xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash;
soliq siyosati va valyuta muomalasini tartibga solish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish, profilaktika ishlarini amalga oshirish.
ishlab chiqarish, foyda (daromad) hajmlarini yashirish, sotilgan mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini pasaytirish mexanizmlarini o‘rganish va aniqlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobga olinmagan (tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan) mahsulotlar (tovarlar) sotilishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq inspeksiyalarida hisobga turishdan bo‘yin tovlashi mexanizmlarini o‘rganish va aniqlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjetga soliqlar va to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini tekshirish.
xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirishda qonun buzilishlarini aniqlash, oldini olish, bartaraf etish va profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rish;
xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishi, yashirib qolinishi, chetga chiqib ketish kanallarini, hamda xorijiy valyutani sotish bo‘yicha majburiyatlardan bo‘yin tovlash yo‘llarini o‘rganish va aniqlash;
respublika hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan xorijiy valyutada ish haqi to‘lash va hisob-kitob qilish hollarini aniqlash va ularning oldini olish;
8.3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar (bitimlar) ustidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy nazoratni amalga oshirish;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terroristik faoliyatni moliyalashtirishga qarshi kurashishda qatnashuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
kredit va boshqa moliya tashkilotlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklari bilan bog‘liq operatsiyalar (bitimlar) to‘g‘risida olingan axborotlarni ularni noqonuniy daromadlarni legallashtirishga va terrorizm (ekstremizm)ni moliyalashtirishga ehtimoliy daxldorligini aniqlash maqsadida tahlil qilish va qayta ishlashni tashkil etish va amalga oshirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda, shuningdek terroristik tashkilotlarga moliyaviy va boshqa yordam ko‘rsatish uchun foydalaniladigan shakl va usullarni, hamda terroristik faoliyatga daxldorligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi hujjatlarni tahlil qilish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash;
8.31. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari uchun narx-navolarni asossiz va sun’iy oshirishga qarshi kurashish sohasida
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga (yurtimizda ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i va un, go‘sht, shakar), shuningdek, sheluxa va shrotga bo‘lgan narx-navoni asossiz va sun’iy oshirishga, ularga bo‘lgan tanqislik va ajiotaj talabning vujudga kelishiga yo‘naltirilgan qonunga xilof harakatlarni aniqlash va chek qo‘yish;
markazlashtirilgan resurslar hisobidan oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasini xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga, shuningdek, sheluxa va shrotni sotishda narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini tizimli o‘rganish, aniqlangan qonunchilik buzilishlari bo‘yicha materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yo‘naltirishi;
nazorat qiluvchi organlar va bozorlar ma’muriyati xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan korrupsiya, ular tomonidan bozorlar faoliyatini tashkil etishning belgilangan tartiblari va qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, shu jumladan, narxlarni asossiz va sun’iy ko‘tarish, ularning hududlarida o‘z faoliyatini norasmiy olib borayotgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rmaslik holatlarini aniqlash;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5196-son Farmoniga asosan 8.31-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son)
Departamentning tezkor-qidiruv faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash va muvofiqlashtirishni tashkil etish;
jinoiy ishlar qo‘zg‘atish, moliya-iqtisodiyot, soliq sohasida jinoyatlar va huquq buzilishlarini sodir etish hollari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlari bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv va surishtiruv ishlarini tashkil qilish va olib borish;
Departamentning hududiy bo‘linmalarida tergovga kadar tekshiruv va surishtiruv olib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
(8-bandning 8.5 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
soliq va iqtisodiyot sohasidagi, shu jumladan, xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirishdagi huquq buzilishlarining, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini aniqlash, oldini olish va payini qirqishga yo‘naltirilgan rejali, rejadan tashqari va boshqa tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishiga doir tashkiliy chora-tadbirlarni bajarish;
Departament hududiy bo‘linmalari faoliyatini ular tomonidan o‘z funksional vazifalarining bajarilishi hamda ijro va xizmat intizomiga rioya etilishi yuzasidan muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish (shu jumladan, idoraviy tekshirishlar o‘tkazish);
Departament va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik rahbarlik qilish, tegishli uslubiy yo‘riqnomalar va takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarining qo‘llanish amaliyotini umumlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Bosh prokurorga kiritish;
Departament va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatiga oid statistika hisobi va hisobotlarni yuritish;
soliq, valyuta qonun hujjatlari, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq qonun hujjatlari buzilishi hollarini to‘plash, har tomonlama tahlil qilish va baholash, moliya-iqtisodiyot, soliq sohalaridagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, iqtisodiy, soliq va valyutaga oid jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli organlarga takliflar kiritish;
prokuratura rahbariyatiga iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish natijalari va muammolari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha axborot berish.
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, Departament va uning joylardagi bo‘linmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Departament va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining xizmat faoliyatini, ularning o‘z funksional vazifalarini bajarishini, xizmat intizomiga, amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishini nazorat qilish;
Departament va uning hududiy bo‘linmalari jamoasida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhit yaratishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, qayta tayyorgarligi va ijtimoiy muhofazasi tashkil etilishini ta’minlash;
xodimlarni o‘qitishni, shu jumladan ish jarayonida zamonaviy fan yutuqlaridan va yangi texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish va amalga oshirish.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, soliq va valyuta sohasida qonun buzilishi hollari va ularni sodir etgan shaxslar bo‘yicha yagona markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish.
aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning huquqiy ongini mustahkamlash, ularda moliya-iqtisodiy faoliyat sohasidagi konstitutsiyaviy normalarni va amaldagi qonun hujjatlarini bajarishning zarurligi tushunchasini shakllantirish bo‘yicha muntazam profilaktik ishlarni amalga oshirish.
9. Departament va uning hududiy bo‘linmalari o‘zlariga yuklangan vazifalar va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat organlaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, mansabdor shaxslar va fuqarolardan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilaridan Departamentga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun zarur bo‘lgan axborot, ma’lumotlar, materiallar va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rab olish, bunday axborot olishning qonun tomonidan maxsus tartibi belgilangan hollar bundan mustasno. Departament tomonidan olingan axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi va u oshkora qilinishi mumkin emas;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Departament bo‘linmalari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, ma’lumotnomalar, ma’lumotlar olish uchun taklif qilish;
agar soliq va valyuta sohalarida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyat sodir etishda shubha qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lsa, fuqarolar va mansabdor shaxslarning zarur hujjatlarini belgilangan tartibda tekshirish;
soliqlar, yig‘imlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob va hisobotlarning buzilishi, yoxud ularning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirilish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorligi aniqlangan hollarda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning telekommunikatsiya vositalari va kompyuter ma’lumotlar bazalari, shuningdek, soliq to‘lovchilarning hujjatlari bilan qonunda belgilangan tartibda tanishish;
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilishiga va terrorizmning moliyalashtirilishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi bo‘yicha tekshirish tadbirlarini amalga oshirish;
jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq, qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish.
(9-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
soliq va valyuta sohalaridagi jinoyatlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi rejasiga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishda qatnashish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (soliq to‘lovchilar)ning daromad (foyda) olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq ishlab chiqarish, ombor, savdo binolarini hamda boshqa bino va joylarini ularning joylashgan joyidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tekshirish, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida o‘lchash, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
tekshirish, tadqiq etish va ekspertiza o‘tkazish uchun tovarlar, buyumlar, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qo‘yish;
qonun hujjatlariga muvofiq valyuta nazorati organlari va agentlariga berilgan funksiyalarni bajarish;
qonun hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi hujjatlarni jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda qatnashuvchi tegishli organlarga, shu jumladan, jinoiy ta’qib qilish, ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralari ko‘rish uchun yuborish;
LexUZ sharhi
9-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PF-4148-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslardan va fuqarolardan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, sheluxa va shrotga bo‘lgan narxlarning asossiz va sun’iy oshirilishi, narx-navoni manipulatsiya qilish, tanqislik va ularga ajiotaj talabni sun’iy vujudga keltirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni asossiz va sun’iy oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini olib borish, bu moliya-xo‘jalik faoliyatni tekshirish hisoblanmaydi hamda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maxsus ruxsati talab etilmaydi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5196-son Farmoniga asosan o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son)
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga aniqlangan qonun buzilishlari bo‘yicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritish;
valyuta va moliyaviy-iqtisodiy sohada huquq buzilishiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash;
zarurat bo‘lganda, jinoiy yo‘llar bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan ekspertlardan iborat doimiy yoki vaqtinchalik idoralararo guruhlar tashkil etish to‘g‘risida Bosh prokurorga takliflar kiritish;
davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tegishli ekspertizalar o‘tkazish, o‘qitish dasturlari, metodik hujjatlar ishlab chiqish, dasturiy va axborot ta’minoti, moliyaviy monitoring sohasida axborot tizimlarini yaratish uchun ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarni, shu jumladan, shartnoma asosida alohida mutaxassislarni ishga jalb etish;
Departament xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar ham beriladi.
Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijalari, xususan, tahliliy materiallar, tekshiruv xaridlari yoki nazorat xaridlari natijalari bo‘yicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlarini aniqlash, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narxlarni asossiz va sun’iy oshirish usullari va mexanizmlarini aniqlash uchun zarur hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maxsus ruxsati talab etilmagan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun asos hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5196-son Farmoniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5196/0034-son)
11. Departament xodimlari davlat, xizmat, tijorat sirini, jismoniy shaxslarning omonatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sirini va ular o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan boshqa axborotni sir saqlashlari kerak. Sir oshkor qilingan taqdirda xodim qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
12. Bosh prokuror va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar Departament va uning hududiy bo‘linmalariga kelib tushgan xabarlar va arizalarni hisobga olinishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi, tekshirilishi va ko‘rib chiqilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va ular bilan bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshirilishi, soliq haqidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar hamda prokurorning vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirilishini ta’minlaydilar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
13. Departamentga maqomiga ko‘ra Bosh prokuror o‘rinbosariga tenglashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departament boshlig‘i uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega. Birinchi o‘rinbosar ayni vaqtda Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi, uning asosiy funksiyalari qilib Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha rejalar ishlab chiqish; ularning ijrosi ustidan tezkor nazoratni amalga oshirish; Departament rahbarlariga hisobot berish uchun yakuniy hujjatlarni umumlashtirish belgilanadi.
Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari o‘z lavozimlariga Departament boshlig‘i taqdimnomasiga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari tegishli lavozimlarga Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
14. Boshliq boshchiligidagi Departament yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi organlarning yuqori turuvchi organlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga to‘liq bo‘ysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Departament berilgan vakolatlarga muvofiq o‘z hududiy bo‘linmalarining barcha turdagi faoliyati ustidan tezkor nazoratni amalga oshiradi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va uning joylardagi organlariga quyidagilar yuklanadi:
iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarning legallashtirishi va terrorizmni moliyalashtirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishlarini o‘z vaqtida tekshirish, ularni qo‘zg‘atish vaqtidan boshlab sud tomonidan qaror qabul qilingungacha bo‘lgan davrda jinoyat ishini ko‘rib chiqish muddatlarini mumkin qadar qisqartirishni nazarda tutgan holda ularni tezda sudga yuborish;
iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda qonuniylikka hamda Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslari normalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
16. Departament O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan belgilangan muddatlarda Departament va uning hududiy bo‘linmalarining faoliyati to‘g‘risida, hamda soliq va valyuta muomalasi sohasida qonuniylikning holati haqida hisobot, axborot va hisob-tahliliy ma’lumotlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etilishini ta’minlaydi.
17. Valyutani tartibga solish, soliqqa tortish va budjetga to‘lovlar sohasida qonuniylikning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq olinadigan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladigan Departament tadbirlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
18. Bosh prokurorning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan buyruqlari va ko‘rsatmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi hay’atining Departament va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha qarorlari Departament va uning hududiy bo‘linmalarining barcha xodimlari tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozim.
19. Soliq, budjet va valyuta nazorati sohalarida qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, hamda ushbu sohalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma tadbirlar amalga oshirilishida Departament va uning hududiy bo‘linmalarining prokuratura organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
20. Departament davlat soliq xizmati organlari, valyutani nazorat qilish organlari va agentlari bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi:
soliq va valyutaga oid huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, oylik, chorak va yillik profilaktika tadbirlariga muvofiq tegishli taftishlar o‘tkazilishini tashkil etish;
davlat soliq inspeksiyalariga reja ko‘rsatkichlarni bajarishda, soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z muddatida to‘lanmagan to‘lovlarni undirishda ko‘maklashish;
valyutani nazorat qilish organlari va agentlari tomonidan valyutaga oid huquq buzilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish;
soliq va valyutaga oid huquq buzilishlarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma reydlar o‘tkazish;
soliq organlari tomonidan Departament bo‘linmalariga aniqlanayotgan huquqbuzarliklar va boshqa tezkor-ahamiyatli ma’lumotlar to‘g‘risida axborot taqdim etish.
21. Departamentning vazifalari, funksiyalari va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘zaro hamkorlik amalga oshiriladi.
22. Departament Markaziy bank bo‘linmalari bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish, ularning profilaktikasi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kredit tashkilotlari va boshqa moliya tashkilotlaridan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar (bitimlar) to‘g‘risida ularning terrorizmni (ekstremizmni) moliyalashtirishga aloqadorligi ehtimolini aniqlash maqsadida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda axborotlarni olish;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradigan tashkilotlar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda qatnashadigan organlarga jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha faoliyatda qatnashadigan yoki qatnashishda shubha qilinadigan yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda axborot taqdim etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish holatlarini aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish borasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish;
23. Departamentning vazifalari, funksiyalari va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik amalga oshiriladi.
24. Departament boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishgan holda, prokuratura tomonidan amalga oshiriladigan huquqni muhofaza qilish organlarining qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha huquqni muhofaza etuvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish doirasida:
boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
soliq va valyutaga oid jinoyatlar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarni, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda protsessual ko‘maklashish uchun masalalarning butun doirasi yuzasidan prokuraturaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilinishini ta’minlaydi;
prokuratura organlari bilan o‘zaro hamkorlikda Departament va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha ular qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilgan vaqtdan boshlab ishlar ko‘rib chiqilishi va sud instansiyalarida qaror qabul qilingunga qadar nazoratni amalga oshiradi;
ichki ishlar organlari bilan birgalikda tezkor axborot almashish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan hamda soliq va valyuta, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qidirish va ushlash tadbirlarini amalga oshiradi;
huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda ushbu sohadagi huquq buzilishlari holatlari bo‘yicha o‘zaro axborot ayirboshlaydi.
25. Departament xodimlari o‘z funksional vazifalarini bajarilmaganliklari yoxud zarur darajada bajarilmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
26. Xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-avgustdagi PF-4815-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 32-son, 387-modda)