|
Hujjat 21.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
qarori
“Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3172-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-son “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-oktabr,
2026-24-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 21-sentabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 8-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 13-oktabrdagi 2026-24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3172, 2019-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 28-son, 514-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 30-dekabrdagi 2019-66-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3172-1, 2020-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/3172-1/0045-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 24-sentabrdagi 2021-37-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3172-2, 2021-yil 26-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 10/21/3172-2/1005-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-iyundagi 2024-08-son “Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3172-3, 2024-yil 1-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2024-y., 10/24/3172-3/0458-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 493-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 2023-yil 31-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 9-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-son qarori (roʻyxat raqami 3614, 2025-yil 24-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 10/26/3172-4/1062-son)