Hujjat 17.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3481-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481, 2023-yil 6-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2023-y., 10/23/3481/0923-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-sentabr,
569-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 7-sentabrdagi 569-son buyrugʻiga
ILOVA
Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“g” kichik banddagi “oʻttiz yoshdan” degan soʻzlar “oʻttiz besh yoshdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandning beshinchisi xatboshisi “yuridik taʼminlash” degan soʻzlardan keyin “hamda jamoat xavfsizligi aviatsiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 5-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, jamoat xavfsizligi aviatsiyasi va axborot texnologiyalari boʻlinmalariga xizmatga kirish istagini bildirgan jamoat xavfsizligi aviatsiyasi va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis nomzodlar oʻrganish bosqichidan antropometrik parametrlar tatbiq etilmagan holda sogʻligʻining umumiy xizmatga yaroqlilik darajasiga oid talablar asosida oʻtadi.”.
nomidagi “oʻttiz yoshdan” degan soʻzlar “oʻttiz besh yoshdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirdagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“maktab direktori va oʻrinbosari;
shoʻba mudiri va oʻrinbosari;”
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2026-y., 10/26/3481-4/0947-son)