Hujjat hali kuchga kirgan emas
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3606-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 78-son “Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3606, 2025-yil 10-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 10/25/3606/0126-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktorning birinchi oʻrinbosari L. SAIDORIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-sentabr,
69-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 20-avgust
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 14-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2026-y., 10/26/3606-1/0893-son)