|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.06.2000
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“KIChIK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
“Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1996-yil 4-yanvardagi 3 (1256)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
160-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 253-modda)