|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.01.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“KREDIT UYuShMALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2005-yil 27-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda maʼqullangan
2005-yil 27-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi 355-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 65-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit uyushmasi kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli aʼzolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir”;
2) 4-moddaning uchinchi qismi:
birinchi xatboshisi “litsenziya berilishi uchun” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza”;
3) 5-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma ravishda yuboriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn kun muddatda amalga oshiriladi. Kredit uyushmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan hisoblanadi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
4) 6-moddaning:
birinchi qismidagi “moliyaviy operatsiyalar” degan soʻzlar “moliyaviy va kassa operatsiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
kredit uyushmalarining hisoboti va boshqa hujjatlarini tekshiradi;
kredit uyushmalarining faoliyati toʻgʻrisida axborot oladi;
kredit uyushmalarining faoliyatini tekshiradi;
kredit uyushmasining faoliyatini auditdan oʻtkazishga doir talablarni belgilaydi;
kredit uyushmalariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
ijro etuvchi organ rahbarlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
moliyaviy operatsiyalar oʻtkazilishini olti oygacha boʻlgan muddatga cheklaydi, shuningdek filiallar tuzishni ham shuncha muddatga taqiqlab qoʻyadi;
kredit uyushmasi litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turadi, tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi”;
5) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“oʻz aʼzolari bilan lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
oʻz faoliyatini muvofiqlashtirib borish, aʼzolarining manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadlarida uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda filiallar tuzish”;
6) 11-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“moliyaviy va kassa operatsiyalari oʻtkazishning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan qoidalariga rioya qilishga”;
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi “eʼlon qilish va” degan soʻzlardan keyin “oʻz vaqtida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 19-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi “shuningdek toʻlov miqdorlari va muddatlarini belgilaydi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “kredit qoʻmitasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 21-moddaning beshinchi qismi:
oltinchi xatboshisi “organni” degan soʻzdan keyin “hamda kredit qoʻmitasini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kredit uyushmasining boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash;
kredit uyushmasining filiallarini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) 22-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijro etuvchi organ rahbari va xodimlari kredit uyushmasi bilan mehnat shartnomasi tuzadilar. Kredit uyushmasi nomidan kredit uyushmasi va ijro etuvchi organ rahbari oʻrtasidagi mehnat shartnomasini kengash raisi imzolaydi. Kredit uyushmasi nomidan mehnat shartnomalarini ijro etuvchi organ rahbari imzolaydi”;
10) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “aʼzolarining umumiy yigʻilishi” va “boshqa organlarining” degan soʻzlar tegishincha “kengashi” hamda “kengashi va taftish komissiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 25-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit, shuningdek kredit uyushmasi aʼzosi boʻlmagan shaxslarning kafilligi yoki kafolat bilan taʼminlanishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 6-apreldagi 65 (3864)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
OʻRQ-29-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 111-modda)