O‘zbekiston Respublikasi qonuni
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN RUXSAT BERISH TARTIB-TAOMILLARI TURLARI QISQARTIRILGANLIGI HAMDA SODDALASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2005-yil 26-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda ma’qullangan
2005-yil 26-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-fevralda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 54-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatish komissiyasini (tugatuvchini) tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatlarini belgilaydilar. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish komissiyasi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi”;
2) 55-moddaning:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatish komissiyasi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 101-moddaning:
uchinchi qismidagi “ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi organ bilan kelishgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
2) 102-moddaning to‘rtinchi va yettinchi qismlaridagi “tugatilayotgan jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi 811–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi “tartib raqami va litsenziya berilgan sana, uni bergan organ, shuningdek mazkur litsenziya qaysi muddatga berilganligi ko‘rsatilgan holda” degan so‘zlar “tartib raqami, litsenziya berilgan sana va uni bergan organ ko‘rsatilgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7 va 8-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuniga asosan 9-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2006-yil 5-apreldagi 64 (3863) - sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
O‘RQ–28-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)