|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA FAOLIYAT KO‘RSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT BOJI MIQDORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA” 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 57-modda, 11-12-son, 64-modda) ilovadagi izohga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
a) ikkinchi xatboshining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat boji litsenziyaning amal qilish davrida har yili teng ulushlarda to‘lanishi mumkin”;
b) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-fevral,
29-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 8-son, 53-modda)