1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.10.00 Banklararo operatsiyalar va yuridik, jismoniy shaxslar oʻrtasida operatsiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
MARKAZIY BANKNING BANKLARARO TOʻLOV TIZIMI ORQALI ELEKTRON TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-fevralda 1545-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
1. Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi orqali hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisidagi nizom (2004-yil 22-iyun, roʻyxat raqami 1010-1) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-yanvar,
1/3-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
1) Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (keyingi oʻrinlarda — MB HKM) — bu Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob, hisobot va hisob-kitoblar boshqarmasi boʻlimi boʻlib, uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (keyingi oʻrinlarda — banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat koʻrsatish hamda ular oʻrtasida elektron toʻlovlarning uzluksizligini taʼminlash kiradi;
2) Markaziy bankning maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi — bu Buxgalteriya hisobi, hisoboti va Davlat budjetining kassa ijrosi departamentining boʻlimi boʻlib, uning vazifasiga Markaziy bank yagona balansida Markaziy bankning banklararo va filiallararo toʻlovlarini oʻtishini taʼminlash kiradi;
3) Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (keyingi oʻrinlarda — ABM) — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar oʻrtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo toʻlov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini taʼminlaydigan markaz;
4) bankning vakillik hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — vakillik hisobvaraq) — bu bankka MB HKMda ochilgan va banklararo elektron toʻlovlar oʻtkazishga moʻljallangan hisobvaraqdir;
5) elektron toʻlov hujjati (keyingi oʻrinlarda — ETH) — bu pul-hisob-kitob hujjatlarning asl nusxalari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan formatda yaratilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatdir. Uning elektron raqamli imzosi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi tekshirilganda, ijobiy natija bersa, u asl nusxasidek yuridik kuchga egadir. Koʻrinish shaklida taqdim etilganda, ETH asl hujjat singari “Elektron” belgisi bilan rasmiylashtiriladi;
d) banklarning MB HKMdagi vakillik hisobvaraqlari hamda banklarda ularga tegishli hisobvaraqlardagi aylanmalar va qoldiqlar mos kelganda elektron toʻlovlarni amalga oshirish;
e) boshlangan elektron toʻlovni bekor qilish imkoniyati yoʻqligi;
j) yuqori darajadagi xavfsizligi, tezkorligi va ishonchliligi;
z) tashabbuskor bankning elektron raqamli imzosi bilan ETH tasdiqlangandan boshlab elektron toʻlovning chaqirib olinmasligi va mablagʻlar benefitsiar bank vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan boshlab elektron toʻlovning yakuniyligi;
i) tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarida mablagʻlar vaqtinchalik yetarli boʻlmaganida, boshlangan elektron toʻlovlarni oʻz vaqtida yakunlash va kun davomida tizimning likvidliligini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va bank oʻrtasida tuzilgan alohida shartnoma asosida zarur boʻlgan mablagʻlarni yetkazib berish imkoniyati;
k) ETH almashuvini qabul qilish — nazorat — uzatish texnologik davrlar koʻrinishida tashkil etish;
l) jismoniy shaxslarga berilgan tijorat banklarining hisob-kitob cheklari boʻyicha elektron toʻlovlardan tashqari, elektron toʻlovlarning summasi miqdori uchun qoʻyiladigan cheklashlarning yoʻqligi.
8. Banklararo toʻlov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat koʻrsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlar oʻtkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi.
10. Mablagʻlarni hisobvaraqlarga oʻtkazish, hisobdan chiqarish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi toʻgʻriligi uchun javobgarlik tashabbuskor bankka, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa — benefitsiar bankka yuklatiladi.
11. Banklararo toʻlov tizimi boʻyicha uzatiladigan maʼlumotlarning saqlanishi, banklarning vakillik hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻtkazilishi hamda hisobdan chiqarilishi uchun, shuningdek, ETHning qabul qilinganligi va qayta ishlanganligi (ETH raqamiga, operatsiya summasiga, operatsiyani amalga oshirish sanasi va tugatish vaqtiga asoslanishlarni hisobga olgan holda) toʻgʻrisidagi tasdiqnomani, vakillik hisobvaragʻidan (oraliqdagi va yakuniy) koʻchirmani shakllantirish uchun javobgarlik ABM va MB HKMga yuklatiladi.
13. Bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini banklararo toʻlov tizimiga ulanishi uchun bank Toʻlov (Hisob-kitob) markazining nomi va manzilini koʻrsatgan holda xat bilan Markaziy bankning Toʻlov tizimi va axborotlashtirish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — MB TTAD) murojaat qiladi.
Xatga asosan MB TTAD bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazini ulash hamda uning filiallarining vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini oʻtkazish tartibini tayyorlaydi.
14. Filialga ega boʻlmagan bankni yoki bank filialini banklararo toʻlov tizimiga ulash uchun, ular qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatga olingan, Bank Depozitorlarining Milliy Axborot bazasi (keyingi oʻrinlarda — BDMAB)da xos raqam (unikal kod)ga hamda banklararo toʻlov tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega boʻlishi kerak.
15. Filialga ega boʻlmagan banklarni ulanish tartibi quyidagicha:
1) Markaziy bankning Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti MB TTADga bank tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bank litsenziyasini olganligi toʻgʻrisida, bankning toʻliq nomi va manzili koʻrsatilgan holda xabar beradi;
2) MB TTADning yozma xabarnomasiga muvofiq, ABMning BDMAB boʻlimi tijorat bank uchun xos raqam va unga tegishli rekvizitlarni zaxiralaydi hamda bir vaqtning oʻzida bank va MB TTADga bu haqda xabar beradi;
3) Bank, xos raqam olgandan keyin, oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan Markaziy bankning Roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitini olish uchun, ABMga — MB HKMning serveriga kirish ruxsatini olish maqsadida autentifikatsiya maʼlumotlarini aniqlash uchun murojaat qiladi;
4) ABM xodimlari yordamida bir qancha ETHlarining qabul qilish nazorat qilish uzatish texnologik almashuvini oʻtkazish yoʻli bilan bank tayyorligining sinov tekshiruvi oʻtkaziladi.
Sinov quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
a) bankning maʼlumotlari sinov majmuasidagi tegishli maʼlumotnoma (spravochnik)ga kiritiladi;
b) dastlab bank xodimlari bilan axborotlar almashuvini oʻtkazish boʻyicha tushuntirish (instruktaj) oʻtkaziladi;
v) sinov majmuasidagi bankning vakillik hisobvaragʻiga bankning ishlashi uchun ustav fondi sifatida oldindan kelishilgan summa kiritiladi;
g) bank vakillik hisobvaragʻidagi qoldiqni tasdiqlash uchun axborotni va ETHlarini shakllantiradi hamda ABMga sinov tariqasida joʻnatadi, ABM shakllantirilgan maʼlumotlarni toʻgʻriligini tekshiradi;
d) ABM bank uchun vakillik hisobvaragʻini tasdiqlash, ish tugashi va ETHlarning qayta ishlanganligi boʻyicha axborotni shakllantiradi, bank esa ular bilan ishlay olishini tasdiqlashi kerak;
e) Sinov bank tayyorligini tekshirishda ijobiy natijalar olinguncha davom ettiriladi.
Sinov tugaganidan keyin ABM bank bilan birgalikda bank holatining banklararo toʻlov tizimida ishlashga tayyor ekanligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi;
5) Markaziy bank Tijorat banklariga litsenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentining bankka litsenziya berilganligi, bankning banklararo toʻlov tizimida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisidagi Markaziy bank Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentining xabarnomalari hamda sinovning ijobiy natijasi toʻgʻrisidagi ABMning dalolatnomasiga, shuningdek, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami koʻrsatilgan Davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi asosida, MB TTAD barcha banklarga bankning ochilganligi, unga BDMABda xos raqam berilgani va banklararo toʻlov tizimiga ulanganligi toʻgʻrisida rasmiy xabarnoma yuboradi.
16. Bank filiallari MB HKMda hisobvaraqlar ochmasligini inobatga olib, banklararo toʻlov tizimiga filiallarni ulash boʻyicha barcha tayyorgarlik ishlarini (filialning tayyorgarlik sinov tekshiruvi, elektron raqamli imzo kalitini yaratish) banklar oʻzlari olib boradilar.
Filialga xos raqam zaxiralash uchun bank bevosita ABMning BDMAB boʻlimiga murojaat qiladi.
Filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini bankning Roʻyxatga olish markazi yaratadi. Bankning Roʻyxatga olish markazi mavjud boʻlmagan taqdirda, bank filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini yaratish uchun Markaziy bankning Roʻyxatga olish markaziga murojaat qilishi mumkin.
Barcha ishlar tugatilgandan soʻng, filialni banklararo toʻlov tizimiga ulash iltimosi bilan, bank MB TTADga xat taqdim etadi. Unda bank filialining nomi, manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va bank statistik hisobotlarini berishda filialning hududiy tobeligi koʻrsatiladi.
Ushbu xatga asosan MB TTAD bank filiali uchun BDMABda xos raqam beradi, elektron maʼlumotnomasiga kiritadi va bank filiali ochilganligi hamda uni banklararo toʻlov tizimiga ulanganligi toʻgʻrisida barcha banklarga rasmiy xabarnoma beradi.
Filialni banklararo toʻlov tizimida toʻgʻri ishlashi boʻyicha javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi.
III. Banklararo toʻlov tizimi faoliyat yuritishining buxgalteriya modeli
17. MB XKMda vakillik hisobvaraqlari quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda yuritiladi:
1) MB HKMda banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish amaliyot kuni davomida amalga oshiriladi. ETHning muvaffaqiyatli qayta ishlanganligi tasdiqlanishi bilan vakillik hisobvaragʻida aks ettiriladi. Uzatiladigan ETHlarida himoya qilish vositalari yordamida xatolar aniqlanganda yoki ETHlarni qayta ishlash imkoniyati boʻlmaganda, ular qaytariladi (faylni qayta ishlashda — fayl butunlicha qaytariladi), va bu haqda elektron kvitansiya beriladi;
2) Elektron toʻlovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank oʻrtasidagi shartnomada boshqa holat kelishilmagan boʻlsa;
3) Bank banklararo elektron toʻlovlar oʻtkazishga oʻzining MB HKMdagi vakillik hisobvaragʻi va bankdagi tegishli hisobvaragʻidagi aylanma va qoldiq summalarining muvofiqligini tahlil qilgandan keyingina kirishadi.
18. Banklararo toʻlov tizimida qoʻllaniladigan ETHlarining tarkibi va tuzilishi:
1) Banklararo toʻlov tizimida 2—7-ilovalarda keltirilgan ETHlar qoʻllaniladi.
2) Har bir ETH, tashabbuskor bank tomonidan joʻnatish uchun tayyorlangan hujjatni va benefitsiar bankda elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun moʻljallangan tegishli kod (operatsiya turi (keyingi oʻrinlarda — OT)) bilan belgilanishi kerak. Operatsiyalar turi kodlari 8-ilovada keltirilgan;
3) Mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻtkazish maqsadida bankning masʼul xodimi ETH tayyorlashda pul-hisob-kitob hujjatlarining barcha rekvizitlarini toʻgʻri kiritishi kerak;
4) Toʻlov topshiriqnomasini (OT 01), toʻlov talabnomasini (OT 02), memorial orderni (OT 06) va inkasso topshiriqnomasini (OT 11) kiritishda quyidagi rekvizitlar toʻgʻri toʻldirilishi kerak:
hujjatning raqami;
hujjatning sanasi;
toʻlovchining nomi;
toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
toʻlovchi bankning kodi;
toʻlovchi bankning nomi;
hujjatning summasi (raqam bilan);
oluvchining nomi;
oluvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami;
oluvchi bankning kodi;
oluvchi bankning nomi;
hujjatning summasi soʻz bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
toʻlovning maqsadi.
Toʻlov maqsadi quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi:
a) toʻlov nima uchun oʻtkazilayapti;
b) shartnoma, hisobvaraq, tovar-transport hujjatlari, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob qilishda ishni qabul qilish dalolatnomasi yoki ularning oʻrnini bosadigan hujjatlar, mahsulot kim orqali joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi ishonchnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi. Ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomasida undirib olish uchun asos boʻlayotgan ijro hujjatining raqami, sanasi va nomi koʻrsatiladi.
Qonunchilikka muvofiq ayrim toʻlovchilarga “toʻlov maqsadi” rekvizitida nima maqsadda toʻlov oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilmasligi mumkin.
5) Akkreditiv uchun ariza (OT 05)ni kiritishda quyidagi rekvizitlar toʻgʻri toʻldirilishi kerak:
akkreditiv nomeri;
akkreditivni yozish sanasi;
toʻlovchining nomi;
toʻlovchining hisobvaraq raqami;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
emitent bankning nomi;
emitent bank (tashabbuskor bank)ning kodi,
akkreditiv summasi raqam bilan;
yetkazib beruvchining nomi;
yetkazib beruvchining hisobvaragʻi raqami;
akkreditivni ijro etuvchi bankning nomi;
akkreditivni ijro etuvchi bank (benefitsiar bank)ning kodi;
akkreditiv summasi soʻz bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
akkreditiv muddati.
Akkreditiv shartlari:
a) akkreditiv turi;
b) tovar (mahsulot), xizmatning nomi;
v) akkreditiv boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatning nomi;
6) Tijorat bankining hisob-kitob chekini (OT 14) kiritishda quyidagi rekvizitlar toʻgʻri toʻldirilishi kerak:
chek beruvchi bankning nomi (chekning ustki qismida);
chek seriyasi va raqami;
chekni berish sanasi;
chekning summasi raqam bilan;
chekning summasi soʻz bilan (avtomatik tarzda yoziladi);
chek beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi;
chek beruvchining pasport seriyasi va raqami;
chek beruvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami;
chek beruvchi bank boʻlimining kodi;
chek beruvchi bank boʻlimining nomi;
chek qabul qiluvchi korxonaning nomi;
chek qabul qiluvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami;
19. MB HKM tomonidan bankning vakillik hisobvaragʻi debetiga yoki kreditiga mablagʻ xato oʻtkazilganda, MB HKM amaliyot kuni davomida bankka xato oʻtkazilgan toʻlovlar toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatishi kerak. Bank, MB HKMdan xabarnomani olganda, darhol shu amaliyot kunining oʻzidayoq, vakillik hisobvaraqqa xato oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarishni amalga oshirishi kerak.
20. Tashabbuskor bankning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u benefitsiar bankka xato oʻtkazilgan toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatgan holda, xato oʻtkazilgan mablagʻni qaytarish toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. Bu holda, xato oʻtkazilgan mablagʻni qaytarilmasligidan qatʼi nazar, tashabbuskor bank mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart.
IV. Banklararo toʻlov tizimi orqali maʼlumotlar uzatishning texnologik jarayoni
21. Soat 8-00 dan 16-00 gacha boʻlgan davrda banklar vakillik hisobvaragʻining oldingi kun nihoyasidagi holati toʻgʻrisida maʼlumot uzatadilar. Olingan maʼlumotlar ABMda banklarning vakillik hisobvaraqlari qoldigʻi va aylanmalarining banklardagi tegishli hisobvaraqlari bilan muvofiqligi nazoratidan oʻtadi va bu haqda bankka elektron kvitansiya uzatiladi. Bir xil boʻlgan holda, bank ishlashga tushadi, mos kelmasa — bank ular sababini aniqlaydi va bartaraf etadi.
Agar bank fors-major holatlari boʻyicha bir yoki bir necha kun ishlamagan boʻlsa, u ABM bilan ishni boshlashdan oldin, oʻtgan qayta ishlanmagan kunlarda toʻplanib qolgan barcha ETHlarni qabul qilishi va qayta ishlashi, joriy kunning boshiga vakillik hisobvaragʻining holatini aniqlashi va faqat shundan keyingina ishni boshlashi shart.
1) Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin.
2) Joʻnatishga moʻljallangan ETH nazoratdan oʻtadi, bankning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikatsiya tarmogʻi boʻyicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi.
23. Coat 17-00 gacha Respublika budjeti hamda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining tegishli hisobvaraqlariga mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha ETHlarni uzatish amalga oshiriladi. Bunda soat 16-30 gacha tijorat banklari oʻrtasidagi, soat 17-00 gacha esa — tijorat banklaridan Markaziy bank hamda Xalq bankiga, shuningdek Markaziy bankdan yuborilgan ETHlarni qayta ishlanilishi yakunlanadi.
24. Soat 17-00 dan ABM banklarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb topilgan ETHlar toʻgʻrisida (tashabbuskor bank va benefitsiar bank boʻyicha) xabarnoma joʻnatadi.
Shundan keyin ABMda “Kunning yakunlanishi” bosqichi amalga oshiriladi. MB HKMda quyidagilar “Kunning yakunlanishi” bosqichini bajarilishining shartlari hisoblanadi:
a) banklardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi;
b) MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va banklarning tegishli vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Banklarda “Kunning yakunlanishi” bosqichining vaqti bankning ichki toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi.
“Kunning yakunlanishi” bosqichi chiqish shakllarini chiqarish, maʼlumotlarni arxivatsiyalash va tizimni navbatdagi kunning boshlanishiga tayyorlash bilan birgalikda boradi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining oʻtkazish vaqtini toʻlov tizimi masalalarini nazorat qiluvchi rais oʻrinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirishi mumkin. Bu haqda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilari ETHga ishlov berish vaqtining tugashiga bir soat qolguniga qadar kechiktirilmasdan xabardor qilinadi.
26. Ayrim banklarda alohida ajratilgan yoki kommutatsiya qilingan kanallarning buzilishi sodir boʻlganda, ETHlar belgilangan axborotlarni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda MB HKMga xizmat koʻrsatuvchi ABMning boʻlimiga bevosita disketalarda taqdim qilinishi mumkin.
27. Ushbu ish tartibi favqulodda vaziyatlar holati sodir boʻlganda qoʻllanilmaydi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilarining ish tartibi Markaziy bankning alohida meʼyoriy hujjatlari bilan belgilanadi. Favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ommaviy axborot vositalari orqali xabar beradi.
V. Banklarda hisob-kitoblarni tashkil etish
28. Bank filiallari oʻzining mijozlari oʻrtasidagi barcha toʻlovlarni bank xizmatini koʻrsatish uchun tuzgan shartnomasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi.
29. Bankning masʼul xodimi pul-hisob-kitob hujjatlarini olishda roʻyxati 18-bandda keltirilgan barcha majburiy rekvizitlarning toʻgʻri toʻldirilishi boʻyicha vizual tekshirish oʻtkazadi.
3) Banklar bank qonunchilik hujjatlari, oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlarga rioya qilmagan hollarda, Markaziy bank debet memorial orderlarni shakllantirish yoʻli bilan banklarning vakillik hisobvaraqlaridan jarima undirish huquqiga ega.
32. Kiritilgan pul-hisob-kitob hujjati asosida bankning filialida dasturiy ravishda ETH shakllantiriladi, u ichki nazoratdan oʻtadi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markaziga uzatiladi.
33. Tashabbuskor bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi oʻtkazilganidan soʻng, banklararo hisob-kitoblar boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) Tashabbuskor bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazida filiallardan olingan ETHlariga asosan:
Kredit operatsiyalari (OT - 01, 02, 05, 06, 11) boʻyicha:
DEBET
22204 tegishli filial hisobvaragʻi;
KREDIT
10301 bankning hisobvaragʻi;
Debet operatsiyalari (OT - 14) boʻyicha:
DEBET
10301 bankning hisobvaragʻi;
KREDIT
22204 tegishli filial hisobvaragʻi;
2) Markaziy bankning maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimida Markaziy bankning Hisob-kitob-kassa markazlaridan olingan ETHga asosan:
34. Benefitsiar bankda, ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvi oʻtkazilganidan soʻng, banklararo hisob-kitoblar boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
1) Benefitsiar bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazida bankka ETH kelib tushganda:
Kredit operatsiyalari (OT - 01, 02, 05, 06, 11) boʻyicha:
DEBET
10301;
KREDIT
22204 tegishli filial hisobvaragʻi;
Debet operatsiyalari (OT - 14) boʻyicha:
DEBET
22204 tegishli filial hisobvaragʻi;
KREDIT
10301;
2) Markaziy bankning maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimida ETH kelib tushganda:
35. Benefitsiar bankning Toʻlov (Hisob-kitob) markazidan kelib tushgan ETHlari filialda ichki nazorat va elektron raqamli imzosi tekshiruvidan oʻtadi. Ijobiy natija olinganda, oʻtkazmalar filial va uning mijozlarining tegishli hisobvaraqlari boʻyicha aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
Agar mijozning hisobvaraq raqami notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, bu holda mablagʻlar oluvchi uchun 23206 — “Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar” hisobvaragʻiga yoki toʻlovchi uchun 17305 — “Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, undan uch ish kuni mobaynida maqsadi boʻyicha hisobdan oʻchirilishi kerak.
37. Qayta ishlash jarayonida kelib tushgan ETHlar ichki nazorat va elektron raqamli imzo tekshiruvidan oʻtadi. Nazoratdagi rekvizitlar yoki elektron raqamli imzoda xatolar aniqlanganda, xato ETHlari qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi. Shuningdek, ETH BDMAB bazasida benefitsiar bank va tashabbuskor bank mijozlarining hisobvaraqlari mavjudligi boʻyicha rekvizitlar nazoratidan oʻtadi. Agar ETHning rekvizitlarida koʻrsatilgan hisobvaraqlar oʻrnatilgan tartibda BDMABda roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa, ushbu ETH tegishli xato kodi koʻrsatilgan holda yaroqsiz deb topiladi.
39. Tekshirish mobaynida, har bir ETH qayta ishlangandan keyin bankning vakillik hisobvaragʻida qolishi koʻzda tutilgan qoldiq summasi hisoblanadi. Fayl almashuvida dastlab hisobvaraqqa oʻtkaziladigan, keyin esa, hisobdan oʻchiriladigan barcha elektron toʻlovlar hisobga olinadi.
40. ETHda bironta xato aniqlansa, shuningdek, elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun bankning vakillik hisobvaragʻida mablagʻlar yetarli boʻlmasa, mazkur ETH qayta ishlashdan chiqariladi va bu haqda bankka xato kodi koʻrsatilgan holda axborot taqdim etiladi.
41. Agar tekshiruv jarayonida xatolar aniqlanmasa va vakillik hisobvaragʻining qoldigʻi banklararo hisob-kitoblar boʻyicha elektron toʻlovlarni oʻtkazish imkonini bersa, ETH MB HKM amaliyot kunida keyingi qayta ishlashning barcha bosqichlaridan oʻtadi.
42. Har bir ETH qayta ishlash jarayonida MB HKMda toʻlov oʻtkazmalari 11001, 11003, 21302, 21304 va 27416 hisobvaraqlarida aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
0505411002
“ELEKTRON” TOʻLOV TOPSHIRIQNOMASI №
SANASI
Toʻlovchining nomi
DEBET toʻlovchining h/v
Toʻlovchining STIRi
Toʻlovchi bankning nomi
Toʻlovchi bank kodi
SUMMA
Oluvchining nomi
KREDIT oluvchining h/v
Oluvchi bankning nomi
Oluvchi bank kodi
Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
0505411001
“ELEKTRON” TOʻLOV TALABNOMASI №
SANASI
Toʻlovchining nomi
DEBET toʻlovchining h/v
Toʻlovchining STIRi
Toʻlovchi bankning nomi
Toʻlovchi bank kodi
SUMMA
Oluvchining nomi
KREDIT oluvchining h/v
Oluvchi bankning nomi
Oluvchi bank kodi
Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
0505411008
“ELEKTRON” MEMORIAL ORDER №
SANASI
Toʻlovchining nomi
DEBET toʻlovchining h/v
Toʻlovchining STIRi
Toʻlovchi bankning nomi
Toʻlovchi bank kodi
SUMMA
Oluvchining nomi
KREDIT oluvchining h/v
Oluvchi bankning nomi
Oluvchi bank kodi
Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
0505411013
“ELEKTRON” INKASSO TOPSHIRIQNOMASI №
SANASI
Toʻlovchining nomi
DEBET toʻlovchining h/v
Toʻlovchining STIRi
Toʻlovchi bankning nomi
Toʻlovchi bank kodi
SUMMA
Oluvchining nomi
KREDIT oluvchining h/v
Oluvchi bankning nomi
Oluvchi bank kodi
Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
0505411009
“ELEKTRON” AKKREDITIVGA ARIZA №
SANASI
Toʻlovchining nomi
DEBET toʻlovchining h/v
Toʻlovchining STIRi
Toʻlovchi bankning nomi
Toʻlovchi bank kodi
SUMMA
Oluvchining nomi
KREDIT oluvchining h/v
Oluvchi bankning nomi
Oluvchi bank kodi
Summa soʻz bilan ___________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________