Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
O‘zbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“YER SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 397-I-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomani 1994-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, yer solig‘i jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari hamda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga bevosita aloqador tashkilotlardan 1995-yil 1-yanvardan boshlab undiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
“Yer solig‘i to‘g‘risida”gi Qonunning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydigan qarorlar qabul qilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin;
ushbu Qonunga zid bo‘lgan me’yoriy hujjatlarning vazirliklar va idoralar tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi hamda bekor qilinishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
832-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 216-modda)