Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.01.1997
O‘zbekiston Respublikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘z kuchini yo‘qotishi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 8-avgustdagi 153(404)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ikki oylik muddat ichida:
monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqaruv idorasini tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining ushbu Qonunga zid keladigan normativ hujjatlari qayta ko‘rib chiqilishini va bekor qilinishini ta’minlash vazifalari topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish qo‘mitasi “Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi ustidan nazorat o‘rnatsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
624-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 393-modda)