|
Hujjat 01.01.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAXRIY UNVONLARINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari taʼsis etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”,
“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”,
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri”,
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”,
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist”,
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi”,
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3. Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
226-I-son
“Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis
etish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi
Nizom
Oʻzbekiston Respublikasining:
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” faxriy unvoni yuksak badiiy asarlar yaratgan, respublikada adabiyot va sanʼatni rivojlantirishda, ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan rejissorlarga, bastakorlarga, dirijorlarga, baletmeysterlarga, musiqa, xor, raqs va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga, madaniyat va sanʼat oʻquv yurtlarining muallimlariga, rang tasvir, naqqoshlik, oʻymakorlik, gilamdoʻzlik va xalq ijodiyotining boshqa turlarida yuksak asarlar yaratgan xalq ustalariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni olimlarga fan va texnika sohasidagi gʻoyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targʻib va joriy etishdagi, respublika xalq xoʻjaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni atoqli sanʼat arboblariga teatr, musiqa, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirshni rivojlantirishdagi, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan, xalq tomonidan keng eʼtirof etilgan yuksak badiiy asarlar yaratgan yozuvchilarga, dramaturglar, tanqidchilar va adabiyotshunos olimlarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni atoqli tasviriy sanʼat arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino sanʼatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan, respublikada va uning sarhadlaridan tashqarida mashhur boʻlgan yuksak sheʼriy asarlar yaratgan shoirlarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni bolalar va yoshlarga taʼlim hamda tarbiya berishda, xalq taʼlimini rivojlantirish ishida alohida xizmat koʻrsatgan barcha turdagi umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga, oliy oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining muallimlariga, xalq taʼlimi tizimidagi oʻquv-tarbiya, uslubiyat va boshqa muassasalarining xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni qoʻshiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, Oʻzbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-sheʼriy sanʼatning anʼanaviy shakllarini oʻzlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targʻib qilganligi uchun beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim” faxriy unvoni uy-joy kommunal xoʻjaligi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat koʻrsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni aloqa vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishda, respublika xalq xoʻjaligiga va aholisiga aloqaning barcha turlari bilan namunali xizmat koʻrsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni respublikada sanʼatni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat koʻrsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini oʻrgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat koʻrsatgan xalq xoʻjaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni gazeta va jurnallar tahririyatlarining, televideniye va radio eshittirish, axborot agentliklarining matbuotni rivojlantirishda katta xizmat, ijodda va tashkilotchilik faoliyatida alohida oʻrnak koʻrsatgan jurnalistlariga, nashriyotlar, boshqa tashkilotlarning ana shunday xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator” faxriy unvoni suv xoʻjaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xoʻjaligi obyektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shugʻullanadigan va suv xoʻjaligini hamda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni xalq xoʻjaligiga joriy etilgan va katta iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga, shuningdek ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat koʻrsatgan shaxslarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni madaniy-maʼrifiy muassasalar, televideniye, radio, matbuot, nashriyotlar, tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash xodimlariga, shuningdek madaniyatni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan shaxslarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor” faxriy unvoni milliy meʼmorchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq meʼmorchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada meʼmorchilik yodgorliklarini taʼmirlash sohasida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali meʼmorlarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va farmatsevtika muassasalarining sogʻliqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sogʻligʻini muhofaza qilishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shu jumladan oʻrta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni Olimpiada va Osiyo oʻyinlarining, jahon, Osiyo chempionatlarining, birinchiliklarining, A guruhidagi boshqa xalqaro musobaqalarning, Olimpiada oldi oʻyinlari yoki nogironlar umumjahon chempionatlarining chempionlari va sovrindorlarini tayyorlagan, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan sport ustozlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” faxriy unvoni avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo, shahar transporti, yoʻllar qurilishi va ulardan foydalanish, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yoʻllar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni barcha turdagi umumtaʼlim maktablarining, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, oʻqituvchilar malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq taʼlimini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek xalq taʼlimi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan xodimlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni qonunchilikni rivojlantirishda, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda, xalq xoʻjaligida huquqiy ishni yaxshilashda, huquq fanlarini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlashda alohida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali yuristlarga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi” faxriy unvoni qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi sohasining, qishloq xoʻjalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlarining qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi.
“Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis
etish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “SANʼAT ARVOVI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻich halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yadro atrofidagi elektronlar trayektoriyasi, pastki oʻng chekkasida dafna novda tasvirlangan. Nishonning chap qismidan “FAN ARVOVI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasing Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinliqda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida pardasi ochilgan teatr sahnasiniig bir qismi, niqob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Parda ostidagi tekis sathdan, nishon markazining chaprogʻidan “XALQ ARTISTI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida togʻlar va vodiy fonida ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzlarning pastrogʻidan “XALQ YOZUVCHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida molbert fonida taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap tomonida ramzning yuqorirogʻida “XALQ RASSOMI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida pat-qalam va qogʻoz varagʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Unvonning chap tomonida ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ SHOIRI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi”
Kukrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida maktab binosining.fonida darslik, daftar, globus, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishon markazining yuqorirogʻida, tekis sathdan “XALQ OʼQITUVCHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”
Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy.cholgʻu asboblaridan doira va dutor pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ XOFIZI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda aholiga kommunal, maishiy va savdo xizmati koʻrsatishning ramz sifatida markazi bir-u, radiuslari har xil uchta aylana, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOXASIDA XIZMAT KOʼRSATGAN XODIM” degan yozuv ikki qator boʻlib joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga xalqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida axborot uzatayotgan aloqa yoʻldoshi, parabolik antenna, pastki oʻng chekkada dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN ALOQA XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nnshonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida doira, niqob va royal, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN ARTIST” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan kadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida kaftlar eʼzozidagi, ochila boshlagan gul gʻunchasi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida avtoruchka va bloknot, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN JURNALIST” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida gidrostansiyadan oqib tushib mavj urayotgan suv toʻlqini, chaprogʻida gʻoʻza tupi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN IRRIGATOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekison Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida shtangensirkul, tishli gʻildirak va qogʻoz varagʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN IXTIROCHI VA RATSIONALIZATOR” degan yozuv ikki qator boʻlib joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq xoʻjaligi obyektlari razmlari tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi fonida kompyuter, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAT IQTISODCHI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida ochiq kitob fonida gʻijjak va rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, pastki chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN MADANIYAT XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida zamonaviy meʼmorchilik inshooti fonida ioniy (meʼmoriy) order va qogʻoz varagʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN ME'MOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda kaftlar eʼzozida paxta chanogʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN RAXTAKOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida gazlama oʻrami ustida pillasi bilan tut barglari, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN RILLASNI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida sanoat obyektlari, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN SANOAT XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni oʻrtarogʻida shifokorlarning ramzi boʻlmish ilon chirmashgan qadah, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN SOGʼLIQNI SAQLASH XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yoʻlkasi fonida yosh sportchi ustozi bilan, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN SPORT USTOZI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yoʻlkalari va futbol maydoni fonida mashʼala, pastki, oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN SPORTCHI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida teplovoz, yuk shinasi va samolyot, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN TRANSPORT XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda och kitob fonida globus va uchburchak chizgʻich, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN XALQ TAʼLIMI XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida chorvachilik fermasi fonida oʻtlab yurgan qoʻy podasi va otliq choʻpon, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN CHORVADOR” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qalqon, qilich va tarozi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN YURIST” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida balandlik uzra taratib turgan quyosh fonida egatlar olingan dala va traktor, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KOʼRSATGAN QISHLOQ XOʼJALIK XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi”
Koʻrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida qurilish maydoni, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻyicha “XIZMAT KOʼRSATGAN QURUVCHI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 64-modda; 1997-y., 2-son, 64-modda; 1998-y., 5-6-son, 114-modda; 9-son, 164-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/650/1576-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son; 19.03.2025-y., 03/25/1048/0255-son; 24.10.2025-y., 03/25/1091/0969-son)