|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.05.2018
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
Davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlaridan olinadigan begʻaraz yordam moliyaviy mablagʻlarini hisobga olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlaridan olinadigan begʻaraz yordam moliyaviy mablagʻlarini hisobga olish samaradorligini oshirish, shuningdek noqonuniy “iflos” moliyaviy mablagʻlarni halollab olish imkoniyatlari va kanallarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
2. Begʻaraz yordam doirasida tushadigan moliyaviy mablagʻlarga bank xizmati koʻrsatish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankining taklifiga rozilik berilsin hamda yuridik va jismoniy shaxslarga begʻaraz yordam oluvchilarga xizmat koʻrsatish, begʻaraz yordam oluvchilarni bank vositachilik haqi toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻrsatib oʻtilgan banklarning boʻlinmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki begʻaraz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish uchun maxsus filiallarni belgilasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish mablagʻlari oluvchilarning Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan umumlashtiriladigan hisoboti asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar va tahliliy maʼlumotlarni taqdim etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-fevral,
56-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 56-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda;2009-y., 5-son, 41-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)