Hujjat 22.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilingani munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksiga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida” 2026-yil 15-apreldagi PQ-138-son qaroriga muvofiq:
a) vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektining tanloviga koʻra quyidagi shakllardan birida ixtiyoriy ijro etilishi mumkinligi:
vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda jarima miqdorining 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etilishi;
qoʻllangan moliyaviy jarima summasini olti oy davomida teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlanishi. Bunda tadbirkorlik subyekti moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab bir oy davomida jarima summasining oltidan bir qismi miqdoridagi dastlabki toʻlovni toʻlaganda, moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi avtomatik ravishda amal qilishi;
b) vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, undirilgan mablagʻlar, shu jumladan, moliyaviy jarima hamda penya yoʻnaltirilgan manbalar (tegishli budjet va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari va boshqalar) hisobidan 15 kun muddatda mutanosib ravishda qaytarilishi va belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida foiz toʻlanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash va toʻlash tartibi;
moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash natijasida tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-oktabr,
585-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-oktabrdagi 585-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq”;
b) uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
a) 10-bandda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv xoʻjaligi tashkilotlari va boshqa suvdan foydalanuvchilarga suv olish tartibi, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan suvdan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha oʻquv-amaliy treninglar tashkil qilish, shuningdek, suv olish tartibi buzilganda qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdori, ularni toʻlash tartibi va imtiyozlar boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 11-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan ular sodir etgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaydi”;
v) 16-bandning yigirma yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan ular sodir etgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan taqdirda, jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaydi”.
3. Quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga
11-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini (keyingi oʻrinlarda — suv olish tartibi) buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Bunda 2027-yil 1-yanvardan boshlab yil davomida birinchi marta suv olish tartibini buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, oʻzgalar mulkiga zarar yetkazmagan yuridik shaxslarga nisbatan “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yerusti suv obyektlari — tabiiy va sunʼiy suv oqimlari hamda hovuzlar, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar hamda ularning oʻzanlari, tubi va qirgʻoqlari;
moliyaviy sanksiyalar — suv olish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan olingan har ming kub metr suv uchun bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy ravishda toʻlanadigan yoki sud tartibida undiriladigan jarimalar;
suv yetkazib beruvchi tashkilotlar — suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish va ularga texnik xizmatlar koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan hamda shartnoma asosida suvdan foydalanuvchilarga suv olish va yetkazib berish huquqi berilgan suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkiloti va (yoki) boshqa yuridik shaxslar;
suv xoʻjaligining foydalanuvchi tashkiloti — suv xoʻjaligi obyektlariga texnik xizmatlar koʻrsatish va ulardan foydalanish vazifalari yuklangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilot;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslaridan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan yuridik shaxs.
2-bob. Suv olish tartibini buzib olingan suv miqdorini aniqlash va moliyaviy sanksiyalarni hisoblash
3. Suvdan foydalanuvchilarga nisbatan quyidagilar suv olish tartibini buzish deb hisoblanadi:
belgilangan limitdan ortiqcha suv olish;
suv olish shartnomasini rasmiylashtirmasdan suv olish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamagan holda suv olish;
suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz suv olish;
oʻzboshimchalik bilan suv olish.
Bunda yerusti suv obyektlaridan suv olish tartibi buzilgan holda olingan suv miqdori suv olish joylarida oʻrnatilgan suvni hisobga olish (shu jumladan, “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash) uskunalari maʼlumotlari, vakolatli organlar bilan yuridik shaxslar oʻrtasida “Suv hisobi” axborot tizimida tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan suvning hisoboti maʼlumotlari, shuningdek, suv obyektlaridan olingan va ularga qaytarib quyiladigan suv miqdori oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi.
Agar suv olish joylari suvni hisobga olish (shu jumladan, “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash) uskunalari bilan jihozlanmagan va qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanilgan suvning haqiqiy miqdorini aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, sugʻoriladigan maydonlarning oʻlchami, sugʻorishlar soni, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimi hamda suv olish davomiyligidan kelib chiqqan holda, hajmiy hisoblash usulida aniqlanadi.
4. Suv olish tartibi buzilgan holda olingani aniqlangan suv miqdori ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tekshiruv oʻtkazgan xodimlari tomonidan “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali elektron shaklda tuziladigan tekshiruv dalolatnomasida aks ettiriladi.
Dalolatnoma Inspeksiyaning tekshiruv oʻtkazgan xodimi hamda suv olish tartibini buzgan yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxs) rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan imzolanadi.
Bunda dalolatnoma ikki tomonlama imzolanganda, ushbu dalolatnoma yuridik shaxsga yetkazilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tekshiruv natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada aks ettirishi mumkin.
Yuridik shaxs rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, Inspeksiyaning tekshiruv oʻtkazgan xodimi videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis ishtirokida bu haqida dalolatnomada qayd etadi.
Xolislar oʻzining hozirligida amalga oshirilgan harakatlar, ularning mazmuni va natijalarini dalolatnomada tasdiqlashi shart.
Bunda Inspeksiya tomonidan tekshiruv oʻtkazilgan yuridik shaxsning mobil telefon raqamiga dalolatnomani yuklab olish imkoniyati koʻrsatilgan (elektron platformadagi havolasi) SMS-xabar dalolatnoma tuzilgan sanadan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Dalolatnomani imzolashdan yoki olishdan bosh tortish moliyaviy sanksiya qoʻllashdan ozod etish uchun asos boʻlmaydi.
Yuridik shaxs rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs Inspeksiya tomonidan tuzilgan tekshiruv dalolatnomasi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirish yoki eʼtirozini dalolatnomani olgan kundan boshlab besh ish kunida Inspeksiyaga yozma ravishda taqdim etishi mumkin.
5. Suv olish tartibi buzilgan holda olingan har ming kub metr suv uchun moliyaviy sanksiya quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
M — moliyaviy sanksiya summasi;
Q — suv olish tartibi buzilgan holda olingan suv hajmi (m³);
k% — suv olish tartibi buzilgan holda olingan suv uchun qoʻllanadigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz miqdori;
BHM — bazaviy hisoblash miqdori.
Bunda suv olish tartibi buzilgan holda olingan suv uchun qoʻllanadigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 164-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Agar moliyaviy sanksiya qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida suv olish tartibi takroran buzilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning besh baravari miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanadi.
3-bob. Moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash
6. Inspeksiya tomonidan yerusti suv obyektlaridan suv olish tartibini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan ular sodir etgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Suv kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan tartib va miqdorlarda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanadi.
Agar yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilib olingan kundan boshlab bir oy muddatda moliyaviy sanksiya hisobida koʻrsatilgan summaning 50 foizi yoki hisoblangan summaning oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ ixtiyoriy ravishda toʻlanmasa, moliyaviy sanksiya sud tomonidan qoʻllanadi.
7. Moliyaviy sanksiyani qoʻllash va unda koʻrsatilgan mablagʻni toʻlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
8. Inspeksiya tomonidan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi ish tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
9. Yil davomida birinchi marta suv olish tartibini buzganligi aniqlangan yuridik shaxslarga nisbatan ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi tatbiq etiladi.
Bunda “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi ushbu Nizomning 3-bandi:
ikkinchi va oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan hollarda fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, oʻzgalar mulkiga zarar yetkazilmaganligi aniqlangandan keyin qoʻllaniladi;
uchinchi — beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllaniladi.
10. Inspeksiya yuridik shaxsni yil davomida birinchi marta suv olish tartibini buzgani va unga nisbatan “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi qoʻllanilgani toʻgʻrisida “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali ogohlantiradi hamda aniqlangan holatni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Agar “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi qoʻllanilganidan soʻng oʻn kun muddatda aniqlangan suv olish tartibini buzish holati yuridik shaxs tomonidan bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiya qoʻllaniladi.
11. Inspeksiyaga suv olish tartibini buzganligi uchun “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi qoʻllanilgan yuridik shaxslar reyestrini yuritish majburiy hisoblanadi.
12. Moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi ish materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, hududiy boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning boʻlim boshliqlari (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiyaning mansabdor shaxsi) tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali qaror qabul qilinadi.
13. Yuridik shaxsga moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda moliyaviy sanksiya hisobi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Bunda qaror va moliyaviy sanksiya hisobi bir ish kunida yuridik shaxsga buyurtma xat bilan pochta yoki “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali, shuningdek, mobil telefon raqamiga ularni yuklab olish imkoniyati koʻrsatilgan (elektron platformadagi havolasi) SMS-xabar orqali yuboriladi.
14. Moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror va moliyaviy sanksiya hisobi yuridik shaxslarga pochta yoki “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali haqiqatda yetkazib berilgani tasdiqlangandan soʻng olingan deb hisoblanadi.
15. Inspeksiyaning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiya qoʻllash boʻyicha qabul qilingan qaror uch ish kunida majburiy tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi elektron reyestrga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda kiritiladi.
16. Yuridik shaxs tomonidan tekshiruv dalolatnomasi yoki unga asosan rasmiylashtirilgan moliyaviy sanksiyalar hisobi boʻyicha shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran koʻrib chiqilgunga qadar moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash jarayoni va muddati toʻxtatib turiladi.
17. Sud tomonidan noqonuniy va asossiz deb topilgan hamda toʻlangan mablagʻlar yoʻnaltirilgan manbalar hisobidan oʻn besh kun muddatda mutanosib ravishda qaytariladi.
Bunda belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida foiz toʻlanadi. Undiriladigan jami mablagʻlar miqdori sud qarorida belgilanadi.
4-bob. Moliyaviy sanksiyalarni toʻlash
18. Yuridik shaxs moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror va moliyaviy sanksiya hisobini olgan kundan boshlab bir oy muddatda unda koʻrsatilgan mablagʻni ixtiyoriy ravishda toʻlaydi.
Agar yuridik shaxs bir oy muddatda moliyaviy sanksiya hisobida koʻrsatilgan mablagʻning 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlasa, qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi.
19. Yuridik shaxs moliyaviy sanksiya hisobida koʻrsatilgan summani olti oydan kechiktirmasdan, har oyda qoʻllangan moliyaviy sanksiya miqdorining oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.
Bunda yuridik shaxs moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni va moliyaviy sanksiya hisobini olgan kundan boshlab bir oy davomida unda koʻrsatilgan summaning oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki toʻlovni toʻlaganda, qolgan summani boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi avtomatik ravishda amal qiladi.
20. Yuridik shaxsga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlar ushbu Nizomning 18 va 19-bandlarida keltirilgan muddat tugagunga qadar sudga taqdim etilmaydi.
Yuridik shaxs tomonidan moliyaviy sanksiya summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda, huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilmagan deb hisoblanadi.
21. Agar yuridik shaxs moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni va moliyaviy sanksiya hisobini olgan kundan boshlab bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlov toʻlamagan taqdirda, Inspeksiya tomonidan unga nisbatan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritiladi.
22. Moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarori eʼlon qilingan vaqtdan boshlab yuridik shaxsga moliyaviy sanksiya hisobi qoʻllanilgan hisoblanadi.
5-bob. Moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash natijasida tushadigan mablagʻlardan foydalanish
23. Suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash natijasida tushadigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash natijasida tushadigan mablagʻlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Suv olish tartibi buzilgan holda olingan suv miqdori va moliyaviy sanksiyalar hisobi aniq boʻlishi va kelgusida oʻz isbotini topishiga ushbu hisobni rasmiylashtirgan shaxslar javobgar hisoblanadi.
26. Yuridik shaxs Inspeksiya xodimining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
27. Ushbu Nizom talablarini bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
DALOLATNOMA

20___ yil __________

№ ________

_________________

 

 

 

_________________________________________________________________________________________

(Inspeksiya nomi, xodim lavozimi va F.I.O.)

va _______________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(tekshirilgan yuridik shaxs nomi, ishtirok etgan xodimlar lavozimi, F.I.O. va boshqa maʼlumotlar)

_________________________________________________________________________________________,

_________________________________________________________________________________________,

_________________________________________________________________________________________

(guvohlar mavjud boʻlganda, ular toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar)

ishtirokida quyidagi holatlar sababli ushbu dalolatnoma rasmiylashtirildi.

_________________________________________________________________________________________

(ishning mazmuni va holatlar bayoni)

_________________________________________________________________________________________

(ishning mazmuni va holatlar bayoni)

_________________________________________________________________________________________

(ishning mazmuni va holatlar bayoni)

_________________________________________________________________________________________

(ishning mazmuni va holatlar bayoni)

_________________________________________________________________________________________

 

Inspeksiya xodimi

 

 

 

 

 

_________________________

___________

__________________

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

 

 

 

Tekshirilgan yuridik shaxs

 

 

 

 

 

_________________________

___________

__________________

(nomi yoki masʼul xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

 

 

 

Guvohlar

 

 

 

 

 

_________________________

___________

__________________

(yashash manzili yoki ish joyi va lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

 

 

 

_________________________

___________

__________________

(yashash manzili yoki ish joyi va lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash va toʻlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Amalga oshirish muddatlari

1-bosqich

Inspeksiya

Suv olish tartibiga rioya etilayotgani yuzasidan nazorat tadbirlarini oʻtkazadi.

Doimiy

2-bosqich

Inspeksiya

Nazorat tadbirlari natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.

Nazorat tadbirlari yakunlanganda

3-bosqich

Inspeksiya

1. Moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va moliyaviy sanksiya hisobini rasmiylashtiradi.

Dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni oʻtgach, biroq oʻn ish kunidan kechiktirmasdan

2. Qaror va moliyaviy sanksiya hisobi yuridik shaxsga buyurtma xat bilan pochta yoki “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali, shuningdek, mobil telefon raqamiga ularni yuklab olish imkoniyati koʻrsatilgan (elektron platformadagi havolasi) SMS-xabar orqali yuboradi.

Bir ish kunida

3. Yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni majburiy tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi elektron reyestrga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda kiritadi.

Qabul qilingandan soʻng uch ish kunida

4-bosqich

Yuridik shaxslar

Moliyaviy sanksiya hisobida koʻrsatilgan summaning 50 foizi yoki hisoblangan summaning oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻni toʻlaydi.

Moliyaviy sanksiyalar hisobini olgan kundan boshlab bir oy muddatda

5-bosqich

Inspeksiya

Yuridik shaxs tomonidan moliyaviy sanksiya hisobida koʻrsatilgan summaning 50 foizi yoki hisoblangan summani oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdordagi toʻlov toʻlanmagan taqdirda, unga nisbatan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasini kiritadi.

Suv olish tartibini buzgan yuridik shaxs moliyaviy sanksiya hisobini olgan kundan boshlab bir oydan keyingi ish kunida

Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisida
QAROR
Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

 

 

____________________________________________

 

 

____________________________________________

 

 

__________________________________________ ga

 

 

(yuridik shaxs nomi va manzili)

 

 

 

 

Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va xoʻjalik-maishiy ehtiyojlarga suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya

HISOBI

 

 

 

 

20___ yil _______

№ _________

______________________

(kun, oy)

 

(hudud nomi)

 

 

 

 

________________________________________________________________________________________ga

(yuridik shaxs nomi)

 

 

 

 

Inspeksiyasining __________________ boshqarmasi mansabdor shaxsi _____________ tomonidan “___” ________ kuni qabul qilingan _____-son qarorga asosan quyidagi miqdorlarda moliyaviy sanksiyalar summasi hisoblangan.

 

 

 

 

T/r

Tartibbuzarlik turi

Miqdori,

ming m3

Summasi,

ming soʻm

1.

Limitdan ortiq olingan suv miqdori

 

 

2.

Suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olingan suv miqdori

 

 

3.

Suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olingan suv miqdori

 

 

4.

Suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olingan suv miqdori

 

 

5.

Oʻzboshimchalik bilan olingan suv miqdori

 

 

 

Jami:

 

 

 

 

 

 

Sizga nisbatan hisoblangan va yuqorida keltirilgan _____ soʻm miqdoridagi mablagʻni bir oy muddatda quyidagi hisobvaraqqa toʻlashingiz soʻraladi.

Ushbu mablagʻni ixtiyoriy ravishda 50 foizini yoki oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki toʻlovni toʻlashga yoʻl qoʻyiladi.

Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan mazkur hisobda koʻrsatilgan summaning 50 foizi bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlanganda, qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi.

Agar yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilib olingan kundan boshlab bir oy muddatda moliyaviy sanksiya hisobida koʻrsatilgan summaning 50 foizi yoki hisoblangan summaning oltidan bir qismidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ ixtiyoriy ravishda toʻlanmasa, unga nisbatan moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisida Inspeksiya tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritiladi.

 

Bank nomi: ___________________________

Hisobvaragʻi: _________________________

MFO: _______________________________

INN: ________________________________

OKONX: _____________________________

 

____________________________

___________

_____________

(mansabdor shaxs lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

 

 

M.Oʻ.

Inspeksiyaning rasmiy blankasida”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2026-y., 09/26/585/1064-son)