|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda dinshunoslik fani asoslari, muqaddas islom dini tarixi va falsafasi, bu sohaning jamiyat hayoti va rivojidagi ahamiyatini nazarda tutib, Toshkent islom universitetini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning diniy va dunyoviy bilimlar hamda xorijiy tillarni puxta egallaganini e’tiborga olib, ularning mehnatini rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini bitirib, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan bakalavr va magistrlarning lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida oylik qo‘shimcha haq belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-avgust,
347-son