Hujjat 13.01.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDYALARINI, ADLIYA ORGANLARI XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNI KUCHAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarni, adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, bu organlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda mehnatga haq toʻlash darajasini tabaqali baravarlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari), xoʻjalik sudlari va adliya organlari xodimlariga malaka darajasi, martaba darajasi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq va har oylik ustama haq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga toʻlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga 5-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-son qaroriga 19, 24-ilovalar va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-yanvardagi 33-son qaroriga 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Mazkur qaror 1993-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 9-iyul.,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
9-iyuldagi 343-son qaroriga
1-ILOVA
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan
QOʻSHIMCHA HAQ MIQDORLARI

Lavozimlarning nomi ‎

Lavozim maoshlariga ‎qoʻshiladigan
‎qoʻshimcha haq miqdori (foizlarda)

5-malaka darajasiga ega
‎ boʻlgan sudya‎


‎15‎

4-malaka darajasiga ‎ega
‎boʻlgan sudya‎‎


‎16‎

3-malaka darajasiga ‎ega
‎boʻlgan sudya‎‎


‎17‎

2-malaka darajasiga ‎ega
‎boʻlgan sudya‎‎


‎18‎

1-malaka darajasiga ‎ega
‎boʻlgan sudya‎‎


‎19‎

Oliy malaka darajasiga ‎ega
‎boʻlgan sudya‎


‎20‎

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
9-iyuldagi 343-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar va adliya organlarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda)
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)

Sud va adliya organlaridagi umumiy ish staji: ‎

2 yildan 5 yilgacha boʻlganda ‎

—‎

5%‎
5 yildan 10 yilgacha boʻlganda ‎‎

—‎‎

10%‎
10 yildan 15 yilgacha boʻlganda ‎‎

—‎‎

15%‎
15 yildan 20 yilgacha boʻlganda ‎‎

—‎‎

20%‎
20 yildan 25 yilgacha boʻlganda ‎‎

—‎‎

25%‎
25 yildan ortiq boʻlganda ‎‎

—‎‎

30%
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
9-iyuldagi 343-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qoʻshiladigan
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 3-son, 32-modda)
QOʻSHIMCHA HAQ MIQDORLARI

Nomi ‎

Lavozim maoshlariga ‎nisbatan
foizlarda ‎qoʻshimcha haq miqdori

3-darajali yurist‎‎

15‎

2-darajali yurist‎‎

16‎

1-darajali yurist‎

16‎

3-darajali adliya maslahatchisi

17‎

2-darajali adliya maslahatchisi‎‎

17‎

1-darajali adliya maslahatchisi

18‎

3-darajali davlat adliya maslahatchisi‎

19‎

2-darajali davlat adliya maslahatchisi‎

19‎

1-darajali davlat adliya maslahatchisi‎

19‎

Haqiqiy davlat maslahatchisi‎

20‎

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda; 2013-y., 3-son, 32-modda; 2014-y., 2-son, 21-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son, 18.07.2018-y., 09/18/544/1541-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)