|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI (“OʻZFARMSANOAT”) DAVLAT- AKSIONERLIK KONSERNINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1993-YIL 17-IYUNDAGI 290-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Importning oʻrnini bosuvchi va eksportga moʻljallangan tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent “Izotop” korxonasi “Maxsusqotishma” respublika tashkiloti tarkibidan “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni tarkibiga berilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyundagi 290-son qaroriga 1-ilovaning I boʻlimiga “Toshkent “Izotop” korxonasi” qoʻshimchasi kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-noyabr,
482-son