Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 3 NOYABRDAGI 533-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 11-son, 49-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilingan holda “j”, “z” va “i” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“j) Nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini toʻxtatganlik uchun ‎ eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida ‎
z) voyaga yetmagan bolalarga ota-onalar tomonidan aliment toʻlanishi haqidagi kelishuvni tasdiqlaganlik, unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini toʻxtatganlik uchun ‎ eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida ‎
i) ota-onalar tomonidan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalariga, mehnatga layoqatli voyaga yetgan bolalar tomonidan mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj ota-onalariga aliment toʻlash, er-xotinlar (sobiq er-xotinlar), qarindoshlar va boshqa shaxslarning bir-biriga taʼminot berish haqidagi kelishuvini tasdiqlaganlik, shuningdek unga oʻzgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini toʻxtatganlik uchun‎ eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida”.‎
“j”—“x” kichik bandlar tegishli ravishda “k”—“sh” kichik bandlar deb hisoblansin.
5-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirganlik uchun”;
“b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi “eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida” soʻzlaridan oldin “er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi uchun‎ eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida‎
18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi oʻzgartirilganligi uchun ‎ eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida”;‎
“d” kichik bandida “20” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-oktabr,
448-son