|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi tomonidan
1998-yil 5-sentabr, 232-son
(15-son bayonnoma)
“TASDIQLANGAN”
Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish
tartibi
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 22-oktabrda 511-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning — rezidentlar va norezidentlarning talab qilib olinadigan xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlarini (keyingi o‘rinlarda valyuta hisobvaraqlari deb yuritiladi) yuritish qoidalarini belgilab beradi.
Valyuta hisobvaraqlarini ochish “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
1.2. Valyuta hisobvaraqlaridan to‘lovlar tijorat banklari tomonidan hisobvaraqlardagi mablag‘ning qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar bank kartalaridan foydalangan holda tijorat banklari tomonidan belgilangan overdraft limitlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
1.4. Tijorat banklarining operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori bank hisobvaraqlari shartnomasida belgilab qo‘yiladi.
1.5. Tijorat banklari bank operatsiyalari bo‘yicha vositachilik haqini chet el valyutasida olish huquqiga egadirlar.
1.7. Banklar o‘z mijozlari va korrespondentlarining operatsiyalari, hisobvaraqlari va ularga o‘tkazgan pullari sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari bank, uning mijozlari va korrespondentlari operatsiyalarini, hisobvaraqlari va bankka qo‘ygan pullari bo‘yicha sirlarni saqlashga majburdirlar.
Bank mijozlari hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi.
(1.7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
1.8. Tijorat banklari omonatchilarga tuzilgan shartnomalarga muvofiq omonatlarni saqlanishi va so‘zsiz qaytarilishi bo‘yicha zarur kafolatlarni beradilar.
(1.8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
II. YuRIDIK ShAXSLAR — REZIDENTLARNING XORIJIY VALYUTADAGI HISOBVARAQLARI
2.1. Rezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular ushbu mablag‘lardan qonunchilikka muvofiq holda mustaqil ravishda foydalanadilar
Rezident — yuridik shaxslarga kelib tushayotgan chet el valyutasi, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olingan valyuta tushumi agarda qonunchilikda Markaziy bank tomonidan boshqacha belgilanmagan bo‘lsa, ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga majburiy ravishda hisoblab yozilishi shart.
2.2. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun ular davlat ro‘yxatidan o‘tgunga qadar ochilgan muvaqqat jamg‘arish valyuta hisobvaraqlariga xorijiy chel eldan kelgan xorijiy valyuta qonunchilikda belgilangan miqdorda o‘tkazilishi mumkin.
Mazkur hisobvaraqdagi mablag‘dan foydalanishga faqat ustav fondiga badal to‘lash uchun ruxsat etiladi, agar ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda uni o‘tkazgan shaxsga qaytarib yuboriladi.
2.3. Rezident — yuridik shaxslarning valyuta hisobvaraqlariga chet el valyutasidagi quyidagi summalar hisoblab yozilishi mumkin:
a) tashqi savdoni yuritish bilan bog‘liq to‘lovlarga doir;
b) tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mablag‘lar;
v) qonunchilikda belgilangan holatlarda olingan naqd chet el valyutasi;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda olingan kreditlar, chet el investitsiyalari va qarz bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq to‘lovlar;
d) qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)ga o‘tkazilayotgan mablag‘lar;
e) bank kartalari bo‘yicha to‘lovlarga doir;
(2.3-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
j) qonunchilikda belgilangan holatlarda nosavdo tusdagi to‘lovlar bo‘yicha;
z) hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda kelib tushgan mablag‘lar.
2.4. Valyuta hisobvaraqlaridagi mablag‘lar hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra quyidagi maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin:
a) joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilishi;
b) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga jo‘natilishi bilan bog‘liq xarajatlarni (shu jumladan, naqd pul shaklida) to‘lash uchun;
v) kreditlar, qarz mablag‘lari, foizlar va boshqa daromadlar to‘lovi uchun;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondi (ustav kapitali)ni shakllantirishga doir xarajatlar to‘lovini o‘tkazish uchun;
d) O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari orqali sotish uchun;
e) qonunchilikda belgilangan hollarda nosavdo tusidagi to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilishi;
j) hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasi boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun;
j1) dividendlar shaklida to‘lash uchun;
z) qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun.
III. YuRIDIK ShAXSLAR — NOREZIDENTLARNING XORIJIY VALYUTADAGI HISOBVARAQLARI
3.1. Chet el valyutasidagi hisobvaraqlar quyidagi norezident — yuridik shaxslarga ochiladi:
O‘zbekiston Respublikasida turgan, immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijiy diplomatik va boshqa rasmiy vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalariga;
tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilarga;
uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchilarga;
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradiganlarga.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)
3.2. Bu hisobvaraqlarga quyidagi pullar o‘tkazilishi mumkin:
a) xorijdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlaridan hisobvaraq egasi nomiga o‘tkazilgan xorijiy valyuta;
b) tijorat banklari tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan xorijiy valyuta:
— xorijdan hisobvaraq egasi nomiga yuborilgan xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari bo‘yicha;
— hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari bank kartalari bo‘yicha;
(3.2-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— bankka taqdim etilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan topshirish yozuvlari bo‘lmagan xorijiy valyutadagi nomi ko‘rsatilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha;
b1) vakolatxona tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
v) naqd xorijiy valyuta:
— hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish chog‘ida bojxona organlari tomonidan ro‘yxatga olingan yoki hisobvaraq egasi uchun tijorat banki nomiga qimmatli jo‘natma sifatida yuborgan naqd xorijiy valyuta;
(3.2-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish chog‘ida bojxonada ro‘yxatga olinmagan, shu jumladan, bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab qilinmagan hollarda keltirilgan naqd xorijiy valyuta; (AV 03.12.2013-y. 511-7-son bilan ro‘yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
— xorijdan xorijiy hisobvaraq egasi nomiga pochta jo‘natmalarida yuborilgan naqd xorijiy valyuta;
v1) qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda aviachiptalarni sotishdan olingan mablag‘lar; (AV 22.12.2011-y. 511-6-son bilan ro‘yxatga olingan MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq kiritilgan kichik band)
g) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq ravishda o‘tkazilgan yoki naqd olingan boshqa mablag‘lar.
3.3. Mazkur hisobvaraqlarda turgan mablag‘lar hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq:
a) bankda qabul qilingan shaklda (bank o‘tkazmasi, akkreditiv, chek shaklida) xorijga o‘tkazilishi;
b) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga jo‘natilishi bilan bog‘liq xarajatlarni (shu jumladan, naqd pul shaklida) to‘lash uchun; (AV 12.09.2017-y. 511-8-son bilan ro‘yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi kichik band) (Oldingi tahririga qarang)
v) respublika hududida operatsiya amalga oshirilgan kundagi xorijiy valyutani sotib olishning amaldagi qiymati bo‘yicha so‘m bilan to‘lanishi yoki o‘tkazilishi;
g) hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, shuningdek amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
3.4. Xorijiy tashkilotlar (firmalar) belgilangan tartibda ro‘yxatga olingunga qadar xorijdan kelgan va vaqtinchalik xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga o‘tkazilgan mablag‘ norezident yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkaziladi yoki ular ro‘yxatga olinmay qolgan taqdirda shu mablag‘ni o‘tkazgan shaxslarga qaytarib yuboriladi.
IV. JISMONIY ShAXSLARNING XORIJIY VALYUTADAGI HISOBVARAQLARI
4.1. Rezident — jismoniy shaxslar (shu jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar) va norezidentlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni ochishlari va ushbu valyuta hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablag‘lardan qonunchilikka muvofiq holda mustaqil ravishda foydalanilishlari mumkin.
4.2. Hisobvaraqlarning egalari mazkur hisobvaraqlar bo‘yicha ushbu Tartibda ko‘zda tutilgan operatsiyalarni shaxsan, shuningdek o‘zlari vakolat bergan shaxslar orqali amalga oshirishlari mumkin.
4.3. Jismoniy shaxslar rezidentlarning (shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisobvaraqlariga:
a) tijorat banklariga to‘lovga o‘tkaziladigan xorijiy valyuta:
— hisobvaraq egasi nomiga xorijdan kelgan jo‘natmalar bo‘yicha;
— hisobvaraq egasi nomiga xorijdan xorijiy valyutada jo‘natilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha;
— xorijdan keltirilgan xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari bank kartalari bo‘yicha;
(4.3-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan topshirish yozuvlari bo‘lmagan, xorijiy valyutada bankka taqdim etilgan va nomi yozilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha;
b) hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan boshqa hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan xorijiy valyuta;
v) naqd xorijiy valyuta;
(4.3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
g) xorijiy valyutadagi foizlar;
d) amaldagi qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda o‘tkazilgan yoki naqd pulda olingan nosavdo tusidagi boshqa o‘tkazmalar.
4.4. Jismoniy shaxslar rezidentlarning (shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning) hisobvaraqlardagi mablag‘ hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq:
a) quyidagilarga o‘tkazilishi mumkin:
— 5000 AQSh dollaridan yuqori bo‘lmagan ekvivalent miqdorda jismoniy shaxslar hisobvaraqlariga xorijga;
— davolanish, o‘qitish, sug‘urta uchun invoyslar, hisob-kitob qog‘ozlari va boshqa hujjatlar asosida xorijga;
— patentlar va mualliflik guvohnomalarining to‘ldirilishi, berilishi va ishlatilishi bilan bog‘liq xarajatlarga xorijga;
— xorijiy davlatlar konsullik va boshqa rasmiy muassasalari xizmatiga haq to‘lash uchun;
— notarial va sud idoralarining hukm, qaror va ajrimlari asosida pul mablag‘larini to‘lashga;
— tanlovlarda, ko‘rgazmalarda va musobaqalarda ishtirok etish uchun, shuningdek shartnomalar va savdo xususiyatiga ega bo‘lmagan boshqa operatsiyalar bo‘yicha ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarga;
— O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining talablariga muvofiq xorijiy banklarda hisobvaraq egasi nomiga ochilgan hisobvaraqlarga;
— O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraq egasining o‘z hisobvaraqlariga;
b) naqd xorijiy valyutada (xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari bo‘yicha), jumladan, xorijga olib ketish uchun, to‘lanishi mumkin. Bunday hollarda amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilangan miqdorda xorijiy valyutani olib chiqib ketishga ruxsat beriladi;
b-1) tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan rezidentlar — jismoniy shaxslarning valyuta hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasida to‘langan;
v) respublika hududida operatsiya amalga oshirilgan kundagi xorijiy valyutani xarid qilish qiymati bo‘yicha so‘m bilan to‘lanishi yoki o‘tkazilishi mumkin;
g) bankning chet el valyutasidagi operatsiyalari bo‘yicha vositachilik haqi to‘lovi uchun foydalanilishi;
d) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
4.5. Jismoniy shaxslar — norezidentlarning hisobvaraqlariga quyidagilar o‘tkazilishi mumkin:
a) hisobvaraq egasining nomiga xorijdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan xorijiy valyuta;
b) tijorat banki tomonidan; — hisobvaraq egasi nomiga xorijdan yuborilgan xorijiy valyutada to‘lov hujjatlari bo‘yicha;
— xorijdan olib kelingan xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari bank kartalari bo‘yicha;
(4.5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan, topshirish yozuvlari bo‘lmagan xorijiy valyutadagi nomi yozilgan to‘lov hujjatlari taqdimi bo‘yicha;
v) naqd xorijiy valyuta:
hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida bojxona organlarida ro‘yxatga olingan yoki hisobvaraq egasi uchun tijorat banki nomiga qimmatli jo‘natma sifatida yuborilgan;
(4.5-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
— O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish chog‘ida bojxonada ro‘yxatga olinmagan, shu jumladan, bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab qilinmaydigan hollarda olib kelingan naqd xorijiy valyuta;
— xorijdan hisobvaraq nomi egasi nomiga pochta jo‘natmasida yuborilgan naqd xorijiy valyuta;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan va berilgan;
bankomat (terminal) cheki asosida hisobvaraq egasining bank kartasidan echilgan;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda topilgan;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida bank hisobvarag‘idan echilgan;
(4.5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-10, 04.06.2018-y.) asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 10/18/511-10/1319-son)
g) xorijiy valyutadagi foizlar;
d) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq jo‘natilgan yoki olingan boshqa naqd pullar.
4.6. Jismoniy shaxslar — norezidentlar hisobvaraqlaridagi mablag‘ shu hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq:
a) hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, shuningdek bankda qabul qilingan shaklda (bank jo‘natmasi, chek va shu kabilar) xorijga o‘tkazilishi mumkin;
b) naqd xorijiy valyuta bilan (xorijiy valyutadagi to‘lov hujjatlari bo‘yicha), shu jumladan, xorijga olib ketish uchun to‘lanishi mumkin. Bunday holatlarda amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda belgilangan miqdordagi xorijiy valyutani olib ketishga ruxsat etiladi;
v) respublika hududida operatsiya amalga oshirilgan kundagi xorijiy valyutani xarid qilish qiymati bo‘yicha so‘m bilan to‘lanishi yoki o‘tkazilishi mumkin;
g) tijorat banklari amalga oshirilgan operatsiyalar uchun vositachilik haqi sifatida foydalanilishi mumkin;
d) hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
(4.6-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
V. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI FAOLIYATINI DOIMIY MUASSASA ORQALI AMALGA OShIRADIGAN NOREZIDENTLARNING ChET EL VALYUTASIDAGI HISOBVARAQLARI
5.1. O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentlarning chet el valyutasidagi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi hamda ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ishlatiladi.
5.2. Mazkur hisobvaraqlarga quyidagi mablag‘lar kiritilishi mumkin:
doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning chet eldagi hisobvarag‘idan o‘tkazilgan chet el valyutasi;
doimiy muassasaning O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan chet el valyutasi.
ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldrilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)
doimiy muassasa tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
5.3. Mazkur hisobvaraqlarda hisobda turgan summalar hisobvaraq egasining ixtiyoriga binoan:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklari orqali sotish uchun ishlatilishi;
xodimlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni belgilangan tartibga muvofiq to‘lashga (shu jumladan naqd pul shaklida) ishlatilishi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi hisobvaraqlariga o‘tkazilishi;
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
hisobvaraq egasining O‘zbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan hisobvaraqlariga o‘tkazilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5.4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)
Markaziy banki raisining o‘rinbosari S. RAHIMOV
VI. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi va uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlari
(VI bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
6.1. Tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi va uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident — yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi.
(6.1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
6.2. Mazkur hisobvaraqlarga quyidagi mablag‘lar kiritilishi mumkin:
ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi;
brokerlik xizmat ko‘rsatish shartnomasiga asosan, birja brokyerlari orqali o‘tkazilgan chet el valyutasi.
uyushgan savdolarda aksiyalarni sotib olishdan (sotishdan) tushgan mablag‘lar.
(6.2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-12, 25.03.2019-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/511-12/2814-son)
6.3. Mazkur hisobvaraqlardagi mablag‘lar hisobvaraq egasining topshirig‘iga ko‘ra, o‘zining O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklarda ochilgan boshqa hisobvaraqlariga o‘tkazilishi mumkin.
6.4. Tijorat banklari chet el valyutasidagi hisobvaraqlardagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga taqdim etadi.
(VI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 511-11, 28.07.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 10/18/511-11/1586-son)