Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.09.2021

Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Bosh arxiv boshqarmasining
2000-yil 11-fevraldagi
4-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Oʻzbosharxiv yigʻilishining
1998-yil 27-oktabrdagi 3-son
bayonnomasi bilan
“MAʼQULLANGAN”

MULKChILIK ShAKLARIDAN QATʼIY NAZAR KORXONALAR, MUASSASALAR, TAShKILOTLARNING DOIMIY HARAKATDAGI EKSPERT KOMISSIYA (EK)SI TOʻGʻRISIDA
namunaviy nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 21-fevralda 897-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 316-sonli “Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarining doimiy harakatdagi Ekspert komissiya (EK)si toʻgʻrisida namunaviy nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 897-3, 11.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (yuridik shaxs hisoblangan kichik tadbirkor subyektlari bundan mustasno)faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boshqa hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish, arxiv saqloviga topshirishga tayyorlash uchun oʻrnatilgan tartibda doimiy faoliyat yurituvchi Ekspert Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda EK deb yuritiladi) tashkil qilinadi.
 LexUZ sharhi
1.1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2010-yil 16-iyuldagi 43-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 897-2, 02.08.2010-y.) asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1.2. 1.2. EK maslahat organi hisoblanadi. EK qarorlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanib va zarur holatlarda tegishli davlat arxivi tomonidan kelishilgandan soʻng kuchga kiradi.
1.3. EK tashkilot rahbari buyrugʻi bilan tashkilotning yuqori malakali mutaxassislari orasidan, rahbarlardan biri rais etib tayinlanadi. Komissiyaning tarkibiga tashkilot ish yurituvchisi va tashkilot arxivi mudiri yoki arxivga masʼul shaxs, tegishli arxiv muassasasining vakili boʻlishi shart. Qoida koʻra komissiya kotibligi tashkilot ish yuritish xizmati xodimi yoki tashkilot arxivi mudiri (arxiv uchun masʼul shaxs)ga yuklatiladi
1.4 EK oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 9-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 897-1, 23.04.2008-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 140-modda)
 LexUZ sharhi
1.4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2010-yil 16-iyuldagi 43-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 897-2, 02.08.2010-y.) asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1.5. Tashkilot tomonidan ushbu Namunaviy Nizomga muvofiq EK Nizomi ishlab chiqiladi, tegishli arxiv muassasasi bilan kelishilgan holda rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
2. EKSPERT KOMISSIYASI FUNKSIYALARI
Tashkilot EKsi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
2.1. Ish yuritish xizmati va idoraviy arxiv bilan birgalikda, har yili kelgusida saqlash va yoʻq qilishga ajratish uchun tashkilotning hujjatlarni tanlab oladi. Tashkilotda ish yuritishni yoʻlga qoʻyish va olib borish nazoratini amalga oshiradi.
2.2. Maʼqullash va tasdiqlash uchun masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va qaror chiqaradi:
hujjatlarni davlat saqloviga topshirishga tayyorlash va topshirish rejalari;
yigʻmajildlar roʻyxati doimiy va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) saqlanadigan, shu jumladan shaxsiy tarkib boʻyicha yigʻmajildlar roʻyxatlarini maqullaydi;
doimiy saqlanadigan ilmiy-texnik hujjatlar roʻyxati, loyihalari va muammolarni koʻrib chiqadi va maʼqullaydi;
saqlash muddati tugagan va yoʻq qilishga ajratilgan hujjatlarni;
tegishli tartibda izlash ishlari tashkil etilib, topilmagan yigʻmajildlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni ;
shikastlangan va tuzatib boʻlmaydigan yigʻmajildlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar.
2.3. tashkilotning yigʻmajildlari nomenklaturasini tuzish va koʻrib chiqish, ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni, ularni qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va arxiv hujjatlarini saqlash uchun tayyorlashda va koʻrib chiqish ishlarida ishtirok etadi.
2.4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlari tarkibini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, hujjatlarning saqlov muddatlari koʻrsatilgan tegishli roʻyxatda ayrim hujjatlarga muddatlar qoʻyilmagan boʻlsa, ularning tasnifi yoki taqdim etilmagan hujjatlar roʻyxatini koʻrib chiqadi va alohida hujjatlar saqlash muddatini aniqlash, oʻzgartirish va istisno tariqasida tegishli arxiv muassasasi tasdiqlashi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2.5. Ish yuritishini olib borish hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va kelgusida saqlash uchun topshirishga tayyorlash masalalari yuzasidan tashkilot xodimlariga maslahatlar va instruktaj oʻtkazilishini taʼminlaydi.
3. EKSPERT KOMISSIYASI HUQUQLARI
Tashkilot EKsi quyidagi huquqlarga ega:
3.1. Ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish, hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish va kelgusida saqlash uchun topshirishga tayyorlash masalalariga javobgar tegishli xodimlarga, tarkibiy boʻlinmalariga oʻrnatilgan talablarga muvofiq koʻrsatmalar berish.
3.2. Hujjatlar yoʻqolgan taqdirda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan ularni izlab topishni talab qilish, davlat arxivida saqlanishi shart boʻlgan hujjatning yoʻqolganligi toʻgʻrisida yozma tushuntirish taqdim etishini talab qilish.
3.3. Hujjatlarlar qimmatliligi va saqlov muddatlarini aniqlash uchun zarur maʼlumot va xulosalarni tashkilotning tarkibiy boʻlimlaridan soʻrab olish.
3.4. Oʻz yigʻilishlarida ish yuritish xizmati boʻyicha javobgar yoki arxiv ishi boʻyicha masʼul shaxs (arxiv mudiri)ning tashkilot idoraviy arxiviga qabul qilinadigan hujjatlarini rasmiylashtirish va ish yuritishda yigʻmajildlarni shakllantirish, uzoq muddatli hamda doimiy saqlanuvchi hujjatlarning ahvoli toʻgʻrisida axborotlarini tinglash.
3.5. EK yigʻilishlariga maslahatchi va ekspertlar sifatida tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini, zarur hollarda arxiv muassasalarining xodimlarini taklif qilish.
3.6. Sohaviy va hududiy jamoaviy koʻriklarda va arxivning ish yuritish holatini tekshirishda ishtirok etish.
3.7. EK vakolatiga doir masalalar yuzasidan tashkilot rahbariyatini xabardor qilish.
4. EKSPERT KOMISSIYA IShINI TAShKIL ETISh
4.1. Tashkilot EKsi oʻz faoliyatini yuqori turuvchi tashkilotning MEKi va tegishli davlat arxivi Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETK, ETUK) bilan bevosita hamkorlikda olib boradi va ulardan zarur tashkiliy-uslubiy koʻrsatmalar olish.
4.2. EK tashkilot rahbari tasdiqlagan reja asosida ish olib boradi va unga oʻz ishi boʻyicha hisob beradi
4.3. EK faoliyati va uning vakolat doirasiga tegishli masalalar zarur boʻlganda chaqiriladigan, lekin oʻtkazish yiliga ikki martadan kam boʻlmagan uning yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.
4.4. EK qarorlari har bir masala boʻyicha alohida koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. EK yigʻilishlari bayonnoma orqali rasmiylashtirib boriladi.
4.5. Tegishli arxiv muassasasi tomonidan quyidagilar majburiy tasdiqlanishi lozim boʻlgan: EK tomonidan maʼqullangan doimiy va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) saqlanishi lozim boʻlgan yigʻmajildlar roʻyxatlari; amaldagi sohaviy roʻyxat va taxminiy yigʻmajildlar nomenklaturasida koʻzda tutilmagan hujjatlarning saqlash muddatini belgilash boʻyicha takliflar, Oʻzbekiston Respublikasi MAF hujjatlari tarkibiga kiritish yuzasidan takliflarni maʼqullash boʻyicha EK qarori.
4.6. EK hujjatlarini yuritish va uning hujjatlarini saqlash komissiyaning kotibiga yuklatiladi.