|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
|
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrug‘i
ALOQA SOHASIDA AXBOROT-MA’LUMOT XIZMATLARINI KO‘RSATISh TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-sentabrda 1412-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi va “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, axborot-ma’lumot xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmati provaydyerlariga umumiy talablarni o‘rnatish maqsadida, buyuraman:
1. “Aloqa sohasida axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan o‘n kun muddat o‘tgandan keyin kuchga kirishi belgilansin.
Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-avgust,
284-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 38-39-son, 429-modda; 2013-y., 25-son, 332-modda)