Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
IChKI BOZORNI DORI-DARMONLAR VA TIBBIYOT BUYuMLARI BILAN TOʻLDIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Dori-darmonlar, vaksinalar hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni va respublikaga olib kelishni koʻpaytirishda “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni va dorixona muassasalari faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Shu yilning 15-noyabridan boshlab 1996-yilning 1-yanvariga qadar “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, dorixona muassasalari:
dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari xarid qilish uchun respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan mahsulot uchun uni olib chiqib ketish soligʻi va boj toʻlashdan;
xorijiy valyutadagi savdo-sotiq ishlaridan olingan valyuta daromadining bir qismini majburiy sotishdan ozod qilinsin.
2. Daromad /yalpi daromad/ soligʻi boʻyicha budjetga beriladigan badal hisobiga kiruvchi mablagʻning 50 foizi mazkur davr mobaynida “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksionerlik konserni va dorixona muassasalari ixtiyorida qoldirilib, u oʻzlarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga sarflansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-noyabr,
985-son