Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
“Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2530-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son “Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2530, 2013-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 628-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
283-mh-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 31-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 17-son, 209-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi hamda “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) muqaddimadan “Umumjahon pochta konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 209-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 2-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“havo kemasi — havo bilan oʻzaro taʼsir hisobiga, yer sathidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsirdan tashqari, atmosferada harakatlanadigan uchish apparati;”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yozma xat-xabarlar — oddiy va roʻyxatga olinadigan xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, koʻzi ojizlar uchun joʻnatmalar va “M” qoplari;”;
3) 17-banddan “Oʻz DSt 1099:2005 “Pochta qoplari. Texnik shartlar” talablariga mos keluvchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 21-bandning birinchi xatboshisidan “iz tushirish moslamalarining izlari yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 55-bandning “v” kichik bandidagi “sekogrammalar” degan soʻz “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)