Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.07.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KO‘MIR, NEFT, GAZ QAZIB OLISH VA GEOLOGIYA-RAZVEDKA ISHLARI TIZIMI XODIMLARINING MAJBURIY DAVLAT SHAXSIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
1. 1994-yil 1-avgustidan boshlab ishlab chiqarish xarajatlarining mana shu maqsadlar uchun nazarda tutilgan moddalari hisobidan ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi joriy qilinsin.
2. Ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta puli ishlab chiqarish faoliyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lish {vafot etish) hodisasi yuz bergan taqdirda bazaviy hisoblash miqdorining 36 baravari miqdorida belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Sug‘urtalangan shaxsga baxtsiz hodisa munosabati bilan nogironlik belgilanganda:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga—sug‘urta pulining 50 foizi;
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga—sug‘urta pulining 30 foizi;
III guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga—sug‘urta pulining 20 foizi to‘lanadi.
(2-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Nogironlikka olib kelmagan baxtsiz hodisa oqibati “Sug‘urta hodisalari munosabati bilan sug‘urta pullari va bir martalik nafaqalarni belgilash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi uslubiy ko‘rsatmalarga asosan baholanadi.
Bir yilda bir marta to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida belgilansin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarga yetkazsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i sanoati va energetika majmuiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-iyul,
365-son