Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
OʻZBEKISTON SSJ VAZIRLAR KENGAShI HUZURIDA XOM AShYo VA YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI TAʼMINOTI HAMDA ULARNI SOTISh BOSh BOShQARMASI “OʻZGLAVLEGSNABSBIT”NI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston SSJning iqtisodiy mustaqilligini va suveren huquqlarini mustahkamlashga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jumhuriyat hududida yetishtiriladigan paxta, pilla, ipak, qorakoʻl, sunʼiy va sintetik tolalar hamda boshqa mahsulotlarni sotishda uning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek yengil sanoat korxonalarini xomashyo materiallari va butlovchi buyumlar bilan yanada barqaror taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi huzurida xoʻjalik hisobidagi Xom ashyo va yengil sanoat mahsulotlari taʼminoti hamda ularni sotish Bosh boshqarmasi (“Uzglavlegsnabsbit”) tashkil etilsin.
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 11-iyun,
PF-13-son
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 22—24-son, 312-modda)