Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-yanvarda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini taʼminlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish orqali fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratilayotganligi va maʼmuriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qayta tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil davomiyligini belgilash tartibini va xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi taʼlim shaklida oʻqishi mumkin boʻlgan taʼlim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatishga taqiq joriy etilmoqda.
Shuningdek ushbu Qonun bilan kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid maʼlumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab oladi.
Ushbu Qonun fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari taʼminlanishiga, mehnat sohasidagi munosabatlarning elektron tizimga oʻtishini taʼminlashga, shuningdek davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish hollarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat xizmatchilariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi davlat muassasalariga (diplomatik, konsullik muassasalariga va boshqa muassasalarga) ishga yuborilgan xodimlarga va muqobil xizmatni oʻtayotgan shaxslarga nisbatan qonunlarda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda tatbiq etiladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinmagan qismi boʻyicha tatbiq etiladi”;
yettinchi — oʻn uchinchi qismlari tegishincha sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 27-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “shartnoma” degan soʻz “mehnat shartnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ularni oliy taʼlim tashkilotining taqsimot komissiyasi tomonidan berilgan ishga yuborish yoʻllanmasi natijasida, mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muqobil xizmatga chaqirilgan fuqarolarning yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlari ularni tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining muqobil xizmatni oʻtash joyini tayinlash toʻgʻrisidagi koʻrsatmasiga asosan tashkilotlarga yuborilishi natijasida, mehnat shartnomasiga asosan yuzaga keladi”;
4) 39-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 51-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 79-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 83-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 93-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi “yozma” degan soʻzdan keyin “(qogʻozda yoki elektron)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Elektron shakldagi mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida rasmiylashtiriladi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 107-modda ikkinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisidagi “(mavjud boʻlganda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
13) 118-moddaning ikkinchi qismidagi “kasb-hunar taʼlim tashkilotlarining, kasb-hunar maktablarining, kollejlar va texnikumlarning” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 123-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “kasb-hunar taʼlim” degan soʻzlar “professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab oladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
16) 164-modda ikkinchi qismi uchinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “tarkibiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
17) 168-modda birinchi qismining 7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 218-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “davlat xodimlarining” degan soʻzlar “xodimlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
19) 229-moddaning toʻrtinchi qismidagi “ushbu Kodeks 233-moddasining ikkinchi qismiga” degan soʻzlar “ushbu Kodeks 233-moddasining uchinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
22) 241-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimning yozma arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berilishi mumkin boʻlib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak”;
23) 245-moddaning birinchi qismidagi “Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda” degan soʻzlar “insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi “Ushbu Kodeksda” degan soʻzlardan keyin “va qonunchilikda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismidagi “amalga oshirilgan toʻlovlarning barcha turlari” degan soʻzlar “toʻlangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnatga haq toʻlashning barcha tizimlaridagi xodimlarning oʻrtacha ish haqi xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oʻn ikki kalendar oy uchun xodimga hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismidagi “yettinchi qismiga” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 259-moddaning ikkinchi qismidagi “uning shtatdagi oʻrinbosari” degan soʻzlar “shtatdagi uning oʻrnini bosadigan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 273-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 278-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 313-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilguniga qadar, shu jumladan agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra aniqlangan boʻlsa, yozma tushuntirishni talab qilishi shart”;
29) 343-moddaning oʻninchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 383-modda toʻrtinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “professional” degan soʻz bilan almashtirilsin;
31) 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqiyotgan xodimlarga oʻrtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun oʻquv taʼtillari:
birinchi va ikkinchi kurslarda kechki taʼlim shaklida oʻqiyotganlar uchun oliy taʼlim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlarida — kamida oʻn kalendar kun, oliy, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlaridagi sirtqi taʼlim shakli boʻyicha esa — kamida oʻttiz kalendar kun;
uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki taʼlim shaklida oʻqiyotganlar uchun oliy taʼlim tashkilotlarida — kamida oʻttiz kalendar kun, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlaridagi sirtqi taʼlim shakli boʻyicha esa — kamida qirq kalendar kun muddatga har yili beriladi”;
32) 392-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“392-modda. Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni, ishdan boʻshatishni yoki ish haqini kamaytirishni taqiqlash
Homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bogʻliq sababga koʻra ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish yoki ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”;
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 402-moddaning birinchi qismidagi “kamida oʻn toʻrt kalendar kun” degan soʻzlar “oʻn toʻrt kalendar kungacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 412-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36) 416-modda uchinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
37) 417-modda birinchi qismining oʻzbekcha matni “xizmat safariga yuborish” degan soʻzlardan keyin “ish vaqtidan tashqari ishlarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
38) 433-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi hollarda oʻrindoshlik asosida ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi:
oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga;
agar oʻrindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda”;
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chogʻida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab oladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
40) 436-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
41) 437-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
42) 445-moddaning oltinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) 503-moddaning oʻn beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
44) 525-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
45) 534-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
46) 535-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“535-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat mehnat inspeksiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, u ish beruvchilar tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilik, mehnat toʻgʻrisidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi”;
47) 559-moddaning 1-bandidagi “kasaba uyushmasi qoʻmitasi” degan soʻzlar “kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
48) 576-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlaridir”;
uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi”;
toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-fevral,
OʻRQ-1030-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son)