

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 13.01.2025 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-7315253">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7315253" id="onLBC-7315253">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18935"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-7315253" id="onLS-7315253">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-7315975" id="-7315975">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7315976" id="-7315976">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7315977" id="-7315977">Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7315980" id="-7315980"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315981" id="-7315981">Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315983" id="-7315983">1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi 132-son <a href="/acts/-2948634">qaroriga</a> <a href="/acts/-7315253#-7315993">ilovaga</a> muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315984" id="-7315984">umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315985" id="-7315985">“online-ijara.uz” axborot tizimi orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315986" id="-7315986">taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315987" id="-7315987">respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7315988" id="-7315988">2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7315989" id="-7315989">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7315990" id="-7315990">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7315991" id="-7315991">2025-yil 11-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-7315992" id="-7315992">8-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7315993" id="-7315993"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7315994" id="-7315994">Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-son <a href="/acts/-7315253">qaroriga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7316003" id="-7316003">Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7316005" id="-7316005"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316007" id="-7316007">1. 1-bandning <a href="/acts/-2948634?ONDATE=10.05.2016 00#-2948659">ikkinchi xatboshisidagi</a> “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” soʻzlari “kasbiy taʼlim tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316009" id="-7316009">2. <a href="/acts/-2948634?ONDATE=15.05.2024 00#-6941069">5-band</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316010" id="-7316010">3. 1-ilovaning <a href="/acts/-2948634?ONDATE=10.05.2016 00#-2948682">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316011" id="-7316011">“Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida<br />NIZOM</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316012" id="-7316012">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316013" id="-7316013">1. Mazkur Nizom oʻquvchilarning toʻlaqonli sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini mustahkamlash va oʻquv jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316014" id="-7316014">2. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish ularning oshxona va bufetlarida (keyingi oʻrinlarda — oshxonalar) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316015" id="-7316015">3. Ushbu Nizom davlat taʼlim tashkilotlari hududida faoliyat yurituvchi oshxonalarga nisbatan tatbiq etiladi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316016" id="-7316016">2-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi va vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316017" id="-7316017">4. Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining sogʻlom kamol topishini va oʻsishini taʼminlash, taʼlim tashkilotlari oshxonalarida tarkibida zararli moddalar boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishni, isteʼmol qilinganda, oʻquvchilarning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan taomlarning tayyorlanishi va sotilishining oldini olish sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316018" id="-7316018">5. Quyidagilar taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316019" id="-7316019">oʻquvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talablarini inobatga olgan holda ularning ratsional ovqatlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316020" id="-7316020">oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni oʻquvchilarning sogʻlom oʻsishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan zarur moddalar bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316021" id="-7316021">oʻquvchilarda tana vazni meʼyordan ortishining, organizmda yod moddasining tanqisligi va moddalar almashinuvi jarayoni buzilishining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316022" id="-7316022">oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316023" id="-7316023">oʻquvchilarda ovqatlanish bilan bogʻliq yuqumli kasalliklarning keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316024" id="-7316024">oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316025" id="-7316025">taʼlim tashkilotlari oshxonalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar bilan savdo qilishning oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316026" id="-7316026">oʻquvchilar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlashga hamda ularning maqbul narxlarda sotilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316027" id="-7316027">oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etish.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316028" id="-7316028">3-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316029" id="-7316029">6. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda — ijaraga oluvchi) hamda taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316030" id="-7316030">7. Oʻquvchilar uchun sogʻlom ovqatlanish taʼlim tashkilotlarining oshxonalarida, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda ularning xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlari bajarilishiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316033" id="-7316033">8. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadigan oziq-ovqat xomashyolari turlaridan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316034" id="-7316034">9. Taʼlim tashkiloti oshxonasi oshpazi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316035" id="-7316035">sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishi, ularning toʻgʻri saqlanishi va meʼyorlar asosida sarflanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316036" id="-7316036">oshxonada sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316037" id="-7316037">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini (retsepturasini) belgilovchi namunaviy roʻyxatga asosan taomlar tayyorlanishi uchun masʼul hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316038" id="-7316038">10. Taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari hamda taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) rahbarlari masʼul hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316041" id="-7316041">4-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316044" id="-7316044">11. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316045" id="-7316045">oʻquvchilar soni 400 nafardan ortiq boʻlgan taʼlim tashkilotlarida — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316046" id="-7316046">oʻquvchilar soni 400 nafardan kam boʻlgan taʼlim tashkilotlarida — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316047" id="-7316047">12. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash oʻquvchilarning yoshlariga muvofiq ravishda tuzilgan haftalik taomnomalar asosida tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316048" id="-7316048">13. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarida haftalik taomnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini (retsepturasini) belgilovchi namunaviy roʻyxatga asosan tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316049" id="-7316049">14. Taʼlim tashkilotlari oshxonalari faoliyatini tashkil etayotgan ijaraga oluvchilar va taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini oʻquvchilarning ota-onalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316050" id="-7316050">Ular tomonidan ota-onalar yigʻilishlarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati va ovqatlanishni tashkil etishda koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida taqdimotlar va koʻrgazmalar oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316051" id="-7316051">15. Taʼlim tashkilotlari oshxonalari xodimlari oshpazlik sohasi boʻyicha tegishli bilimga ega boʻlishi va oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316052" id="-7316052">16. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarining faoliyat koʻrsatish samaradorligi oʻquvchilarning ovqatlanishga jalb etilishi darajasiga hamda taʼlim tashkiloti maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar natijalariga koʻra aniqlanadi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316053" id="-7316053">5-bob. Taʼlim tashkiloti oshxonalarini ijaraga berish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316054" id="-7316054">17. Taʼlim tashkilotlarining oshxonalari ijaraga oluvchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkaziladigan elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) asosida ijaraga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316055" id="-7316055">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq taʼlim tashkilotlari oshxonalari elektron tanlov oʻtkazilmasdan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinda — ijaraga beruvchi), oshxonalarni oʻz balansida hisobga olgan davlat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — balansda saqlovchi) va ijaraga oluvchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar asosida ijaraga berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316056" id="-7316056">18. Taʼlim tashkiloti oshxonasini ijaraga berish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga murojaat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316057" id="-7316057">19. Taʼlim tashkilotlarining oshxonalari ijaraga beruvchining buyurtmasi asosida tanlovga chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316058" id="-7316058">Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316062" id="-7316062">20. Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316063" id="-7316063">tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316065" id="-7316065">umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida olti oy davomida faoliyat yuritayotgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316067" id="-7316067">oshxona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maxsus jihozlarga ega boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316068" id="-7316068">shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316069" id="-7316069">Bunda ijaraga oluvchi tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari va tegishli maʼlumotlarni ilova qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316070" id="-7316070">21. Taʼlim tashkilotlarining oshxonalari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ijaraga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316071" id="-7316071">22. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” davlat muassasasining “online-ijara.uz” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobi yuritiladi va ular ijaraga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316073" id="-7316073">Taʼlim tashkilotlari axborot tizimiga oʻzlarining oshxonalari toʻgʻrisida qoʻyidagi maʼlumotlarni kiritadi va ularni doimiy ravishda yangilab boradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316076" id="-7316076">taʼlim tashkilotining toʻliq nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316077" id="-7316077">oshxonaning joylashgan yeri (manzili) va uning maydoni (kadastr hujjati boʻyicha);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316078" id="-7316078">oshxonaning boʻsh turganligi yoki undan foydalanib kelinayotganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316080" id="-7316080">Axborot tizimiga oshxonaga oid boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316082" id="-7316082">Taʼlim tashkilotlari rahbarlari axborot tizimiga oʻzlarining oshxonalari toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq kiritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316084" id="-7316084">23. Tanlovda gʻolib deb eʼtirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi oʻquv yili uchun tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316086" id="-7316086">Majburiyatlarini muddatida va toʻliq bajarib kelayotgan ijaraga oluvchining tashabbusi bilan shartnoma muddati keyingi oʻquv yillari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga berishning eng koʻp muddatigacha uzaytirib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316087" id="-7316087">24. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316089" id="-7316089">shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga berilgan mulkni balansda saqlovchidan talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316091" id="-7316091">ijaraga olingan bino va inshootning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash ishlarini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316093" id="-7316093">Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316094" id="-7316094">25. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316101" id="-7316101">taʼlim tashkilotida oʻquvchilar uchun sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316102" id="-7316102">taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasiga oshpazlik malakasiga ega boʻlgan shaxslarni ishga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316103" id="-7316103">sogʻliq uchun zararli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar savdosiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316104" id="-7316104">taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasidan maqsadli va toʻgʻri foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316105" id="-7316105">taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasini texnik jihozlashdan oldin balansda saqlovchining yozma roziligini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316106" id="-7316106">ijaraga olingan mol-mulkni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va mulkni saqlash xarajatlarini qoplash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316107" id="-7316107">oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316108" id="-7316108">taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasidan foydalanishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316109" id="-7316109">ijara shartnomasi boʻyicha olingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316111" id="-7316111">ijara shartnomasi boʻyicha barcha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish (agar toʻlov belgilangan boʻlsa);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316112" id="-7316112">ijara muddati tugagandan keyin davlat mulkini balansda saqlovchiga belgilangan tartibda topshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316114" id="-7316114">Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316115" id="-7316115">Ijaraga oluvchi tomonidan ushbu majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316116" id="-7316116">26. Oʻquvchilarning taʼtilda boʻlib, taʼlim tashkiloti oshxonasidan foydalanmagan davri uchun ijara haqi hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316117" id="-7316117">27. Ijara shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirilishi, bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316119" id="-7316119">28. Taʼlim tashkiloti oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash hamda saqlashda sarflanadigan gaz, suv va elektr energiyasi uchun toʻlovlar alohida oʻrnatiladigan hisoblagichlarning koʻrsatkichlari asosida ijaraga oluvchi hisobidan qoplanadi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316123" id="-7316123">6-bob. Taʼlim tashkiloti tomonidan sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316125" id="-7316125">29. Taʼlim tashkilotlari oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, ovqatlanish uchun toʻlanadigan toʻlovlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar (keyingi oʻrinlarda — oshxona mablagʻlari) hisobidan oshxona faoliyatini tashkil etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316126" id="-7316126">30. Taʼlim tashkiloti oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda ularni saqlashda sarflanadigan gaz, suv, elektr energiyasi uchun toʻlovlar alohida oʻrnatilgan hisoblagichlarning koʻrsatkichlariga muvofiq oshxona mablagʻlari hisobidan qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316128" id="-7316128">31. Taʼlim tashkiloti oshxonasida faoliyat yuritadigan xodimlarga oshxona mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316131" id="-7316131">32. Taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan oshxona xodimlariga haq toʻlash, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash uchun sarflanadigan oziq-ovqat xomashyolari qiymati, kommunal toʻlovlar hamda rentabellikni inobatga olgan holda taomlar narxi hisob-kitobi (kalkulyatsiyasi) tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316133" id="-7316133">33. Taʼlim tashkiloti oshxonasi mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisoboti taʼlim tashkilotining buxgalteriyasi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316135" id="-7316135">34. Oziq-ovqat mahsulotlarini oshxona mablagʻlari hisobidan xarid qilish boʻyicha shartnomalar taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316139" id="-7316139">7-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni monitoring va nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316140" id="-7316140">35. Vakolatli organlar taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish holatini oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali monitoring qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316141" id="-7316141">Monitoring natijalari har chorak yakunida vakolatli organlarning rahbarlari huzuridagi yigʻilishlarda hamda taʼlim tashkilotlarining pedagogik kengashlarida muhokama qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316142" id="-7316142">Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishda vakolatli organlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316143" id="-7316143">mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taʼlim tashkilotlarida sifatli va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316144" id="-7316144">taʼlim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya qilishning buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316145" id="-7316145">oʻquvchilarning hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida tushuntirish ishlari olib borish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316146" id="-7316146">36. Taʼlim tashkilotlarida oshxonalarda tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316147" id="-7316147">Komissiya tarkibi taʼlim tashkilotiga biriktirilgan hamshira, taʼlim tashkilotlarining sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish masalalari uchun masʼul xodimi va oʻquvchilarning ota-onalaridan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316151" id="-7316151">Komissiya taʼlim tashkiloti oshxonasida tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda oʻrganib boradi. Oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan maxsus jurnalda qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316153" id="-7316153">37. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, taʼlim tashkiloti oshxonalaridagi mavjud texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifati yuzasidan nazorat tadbirlari olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316162" id="-7316162">Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar har chorak yakunida vakolatli organlar ishtirokida muhokama qilinadi hamda ularni bartaraf qilish va kelgusida takroran sodir etilishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-7316167" id="-7316167">8-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7316168" id="-7316168">38. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi”.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-7315979" id="-7315979">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/8/0026-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
