Hujjat 28.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2859-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-407-son “Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-son qarori (roʻyxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-dekabr,
54-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-dekabr,
205-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-dekabr,
21-2024-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 54-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 21-2024 q/q-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 205-son qaroriga
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. I-bobda:
1) 2 va 3-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor (filial direktorining birinchi oʻrinbosari)

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

3.

Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktorining oʻrinbosari)

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

;

2) quyidagi mazmundagi 81-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

81.

Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

;

3) 11-pozitsiya “Bosh energetik” degan soʻzlardan keyin “(energiya menejeri)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 15-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. II-bob quyidagi mazmundagi 4, 5, 6-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

4.

Psixolog

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

5.

Psixolog (xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha)*

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

6.

Tyutor

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

.

3. IV va V-boblar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

IV. OʻQUV-USLUBIY BOSHQARMA

1.

Boshqarma boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

Oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi

1.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2.

Uslubchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

Taʼlim jarayonini tashkil etish boʻlimi (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy)

1.

Boʻlim boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2.

Uslubchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

3.

Sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi*

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

4.

Kechki taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi*

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

Magistratura boʻlimi

1.

Boʻlim boshligʻi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

2.

Uslubchi

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

Talabalar amaliyoti boʻlimi

1.

Boʻlim boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2.

Bosh mutaxassis

1

1

1

1

1

1

1

1

2

2

2

3

3

Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori

1.

Bosh mutaxassis*

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

V. REGISTRATOR OFISI

1.

Registrator ofisi boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

Xizmat koʻrsatish boʻlimi (Front Office)

1.

Boʻlim boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2.

Menejer

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

Maʼlumotlar bazasi boʻlimi (Back Office)

1.

Boʻlim boshligʻi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

2.

Menejer

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

.

4. VI-bobning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

.

5. VIII-bobning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Uslubchi

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

.

6. XII-bobdan 4, 5, 7-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
7. XIV-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8. XVI-bobdan “Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi” grafasi hamda uning 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
9. XVII-bobning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3.

Inspektor

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

.

10. XX-bobdan 5-pozitsiya chiqarib tashlansin.
11. XXII-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
12. XXV-bobdan 4, 9, 14, 20 va 22-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
13. XXXIII-bob quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

8.

Surdotarjimon*

mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi

.

14. Quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: *Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.”.
15. Ilovada:
1) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oliy taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) xodimlarining soni moliya yilining birinchi sanasi holatidagi kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi taʼlim shakllarida taʼlim olayotgan bakalavrlar va magistrlar (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) kontingentidan kelib chiqib, masofaviy va sirtqi taʼlim talabalari uchun — 0,4 koeffitsiyentni qoʻllagan holda, Oliy taʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq aniqlanadi.”;
2) 8-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “kunduzgi” degan soʻz “kunduzgi va kechki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Tyutor lavozimi OTMda kunduzgi taʼlim boʻyicha 1 — 3-kurs talabalaridan har 120 — 150 nafariga 1 birlik hisobida kiritiladi.”;
4) 3-paragraf quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-§. Oʻquv-uslubiy boshqarma
10. Oʻquv-metodik taʼminot boʻlimi uslubchisi lavozimi OTMda talabalar sonidan kelib chiqib, quyidagicha belgilanadi:
talabalar soni 2500 nafargacha — 1 birlik;
talabalar soni 2500 nafardan 5000 nafargacha — 2 birlik;
talabalar soni 5000 nafardan 7500 nafargacha — 3 birlik;
talabalar soni 7500 nafar va undan ortiq boʻlsa — 4 birlik.
11. Taʼlim jarayonini tashkil etish boʻlimida:
uslubchi lavozimi OTMda kunduzgi taʼlim talabalari soni 2500 nafargacha boʻlganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar kunduzgi taʼlim talabalari uchun qoʻshimcha 1 birlikdan kiritiladi;
sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi lavozimi sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim talabalari soni 2000 nafargacha boʻlganda 1 birlik hisobida, keyingi har 1000 nafar sirtqi (maxsus sirtqi), masofaviy taʼlim talabalari uchun qoʻshimcha 1 birlikdan kiritiladi;
kechki taʼlim uchun oʻquv-metodik ishlar boʻyicha uslubchi lavozimi kechki taʼlim tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalarida 1 birlik hisobida kiritiladi.
12. Magistratura boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan shtat birliklariga muvofiq tashkil etiladi.
Bunda, boʻlim boshligʻi va uslubchi lavozimlari:
OTMda magistrlar soni 200 nafargacha boʻlganida — 0,5 birlik;
OTMda magistrlar soni 201 nafar va undan ortiq boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
13. Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi lavozimi tasarrufida akademik litsey va texnikum mavjud boʻlgan OTMlarda ularga metodik yordam koʻrsatish uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.
Mazkur shtat birliklarini saqlash xarajatlari OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.”;
5) quyidagi mazmundagi 31-paragraf bilan toʻldirilsin:
“31-§. Registrator ofisi
131. Xizmat koʻrsatish (front offis) boʻlimi menejeri lavozimi talabalar soni:
2 000 nafargacha boʻlganda — 2 birlik;
2 001 nafardan 5 000 nafargacha boʻlganda — 4 birlik;
5 001 nafardan 8 000 nafargacha boʻlganda — 6 birlik;
8 001 nafardan 12 000 nafargacha boʻlganda — 8 birlik;
12 001 nafardan ziyod boʻlganda — 10 birlik hisobida kiritiladi.
132. Maʼlumotlar bazasi (bak offis) boʻlimi menejeri lavozimi talabalar soni:
2 000 nafargacha boʻlganda — 2 birlik;
2 001 nafardan 5 000 nafargacha boʻlganda — 4 birlik;
5 001 nafardan 8 000 nafargacha boʻlganda — 6 birlik;
8 001 nafardan 12 000 nafargacha boʻlganda — 8 birlik;
12 001 nafardan 20 000 nafargacha boʻlganda — 10 birlik;
20 001 nafardan ziyod boʻlganda — 12 birlik hisobida kiritiladi.”.
6) 6-paragraf quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-§. Fakultet
17. Dekan lavozimi fakultetda:
talabalar soni 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
talabalar soni 400 nafar va undan ziyod boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
18. Dekan oʻrinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim talabalari soni 201 nafardan 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim talabalari soni 400 nafar va undan ziyod boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
Kechki taʼlim tashkil etilgan fakultetlarda kechki taʼlim talabalari soni 200 nafar va undan ortiq boʻlganda qoʻshimcha 0,5 birlik dekan oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
19. Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimi fakultetda:
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 400 nafargacha boʻlganda — 0,5 birlik;
kunduzgi va kechki taʼlim talabalari soni 400 nafar va undan ziyod boʻlganda — 1 birlik hisobida kiritiladi.
20. Ish yurituvchi lavozimi har bir fakultet uchun 1 birlik hisobida kiritiladi.”;
7) 8-paragraf oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
8) 10-paragraf oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
9) 33 va 45-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
10) 34 va 41-bandlardagi “4” raqami “4,5” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “700” raqami “900” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “3500” raqami “4500” raqami bilan almashtirilsin;
12) 50-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“OTMda xodimlar soniga qarab, xizmat va navbatchi avtomashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:”.
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“OTMda kar-soqov nogironligi boʻlgan talabalar soni 5 nafardan oshgan taqdirda, ular tahsil olayotgan har bir guruh uchun 2 birlik hisobida surdotarjimon lavozimi kiritiladi.”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/2859-4/1081-son)