Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.04.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYuTA BOZORINI RIVOJLANTIRIShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Milliy valyuta — soʻmning ichki erkin muomalada boʻlishini taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida 1994-yil 15-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan va rezidentlari boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi barcha toʻlovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valyutada — soʻmda amalga oshirilishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Pespublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari oʻzlarining valyuta schyotlari va banklardagi omonatlaridan mablagʻlarni, shuningdek, ular boʻyicha foizlarni chet el valyutasida yoki soʻmda belgilangan tartibda olish huquqiga egadirlar. Yuridik shaxslarga respublika hududida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun vakil qilingan banklarda soʻmlarda hisob-kitob schyotlari ochish tavsiya qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
1-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
2. 1994-yil 15-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomaladagi valyuta (EMV) da savdo qilish va xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan xorijiy fuqarolarga, taqiqlansin, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Erkin muomaladagi valyutaga sotib olingan tovarlarni sotuvchi savdo korxonalari va tashkilotlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar narxnomalarda tovarning erkin muomaladagi chakana narxini koʻrsatsinlar hamda amaldagi valyuta almashish kursi koʻrsatkichlarini albatta ilib qoʻysinlar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
1-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakil qilingan banklar va Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi aʼzolari sonini kengaytirish, valyuta oboroti miqdorlarini har tomonlama koʻpaytirish choralarini koʻrish tavsiya qilinsin. Yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta almashtirish boʻyicha savdolarda vakil qilingan tegishli banklar orqali qatnashishlari maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 7-oktabr,
499-son