

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6881055" id="onLBC-6881055">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7593"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi.  Sud islohoti]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6881055" id="onLS-6881055">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6881168" id="-6881168">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6881169" id="-6881169">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6881171" id="-6881171">Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6881173" id="-6881173"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881176" id="-6881176">Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual <a href="/acts/-3517337">kodeksiga</a> oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881177" id="-6881177">1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellyatsiya, kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjati ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi huquqiy institutning muhim qismi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881178" id="-6881178">2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) <a href="/acts/-3517337#-3525625">383</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716787">403-moddalariga</a> muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881181" id="-6881181">a) daʼvo tartibida yuritiladigan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881191" id="-6881191">daʼvogar, javobgar, uchinchi shaxsning shikoyati boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881194" id="-6881194">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil shikoyati boʻyicha, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881197" id="-6881197">Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining palata aʼzolari manfaatida bergan shikoyati boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881199" id="-6881199">b) buyruq tartibida yuritilgan ishlar boʻyicha (sud buyrugʻi bundan mustasno):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881207" id="-6881207">arizachi (undiruvchi), qarzdorning shikoyati boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881212" id="-6881212">v) alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881216" id="-6881216">arizachi, manfaatdor shaxsning shikoyati boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881219" id="-6881219">g) hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881222" id="-6881222">hakamlik muhokamasi taraflarining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881230" id="-6881230">Apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881232" id="-6881232">Sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek, taraflar, uchinchi shaxslar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning huquqiy vorislari ham ega. Bunday holda shikoyatga huquq oʻtganligi faktini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881233" id="-6881233">Sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning qonuniy vakili (ota-ona, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va h.k.) oʻz vakilligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilishi talab qilinadi (FPK <a href="/acts/-3517337#-3519144">66-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881235" id="-6881235">Ishda qatnashayotgan shaxs vakili, shu jumladan, advokat, sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan holdagina haqli (FPK 69-moddasining <a href="/acts/-3517337?ONDATE=21.03.2019 00#-4266750">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326978" id="edi-7326978"><a href="/acts/-6881055?ONDATE=25.03.2024 00#-6881240">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326978" id="-7326978"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326982" id="-7326982">Prokuror, yuqori turuvchi prokuror va ularning oʻrinbosarlari prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishga haqli. Shuningdek, prokuror FPK 383-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716373">birinchi qismi</a>, 403-moddasining <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.01.2024 00#-6716789">birinchi qismida</a> koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlganda, apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7326989" id="-7326989">(2-bandining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309085">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6881245" id="-6881245"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7326994" id="edi-7326994"><a href="/acts/-6881055?ONDATE=25.03.2024 00#-7326991">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7326994" id="-7326994"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7326995" id="-7326995">3. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 52-moddasining <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3518973">birinchi qismiga</a> muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar (masalan, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va sh.k.) faqat daʼvo ariza (ariza) ular tomonidan berilgan holdagina sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7327001" id="-7327001">(3-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309087">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881247" id="-6881247">Ular tomonidan bunday shikoyat berilgan hollarda, uni qabul qilish FPK 389<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716541">1-bandi</a>, 407<sup>4</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716947">1-bandiga</a> asosan rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881250" id="-6881250">4. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881253" id="-6881253">1) sud buyrugʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881256" id="-6881256">2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan birinchi instansiya sudi ajrimlari (masalan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar boʻyicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan ish muhokamasini keyinga qoldirish haqidagi ajrim). Biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881258" id="-6881258">Bunday sud hujjati ustidan shikoyat (protest) berilgan boʻlsa, shikoyatni (protestni) qabul qilish FPK 389<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716544">2-bandi</a>, 407<sup>4</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716948">2-bandiga</a> asosan rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881260" id="-6881260">5. FPK <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.01.2024 00#-6716404">385</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716814">405-moddalariga</a> koʻra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan sudga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881264" id="-6881264">Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) u kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881265" id="-6881265">Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881269" id="-6881269">Sudlarga tushuntirilsinki, agar shikoyat (protest) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa, shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytariladi (FPK 389-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716514">4-bandi</a>, 407<sup>3</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716923">4-bandi</a>). Shikoyat (protest) qayd etilgan asos bilan qaytarilganda, sud ajrimida shikoyat (protest) sud hujjatini qabul qilgan sud orqali berilishi lozimligi koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881271" id="-6881271">Sud hujjatini qabul qilgan sud berilgan shikoyatni (protestni) protsessual qonunning biror-bir talablariga mos emasligi asosi bilan qaytarishga yoki qabul qilishni rad qilishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881273" id="-6881273">6. Qonunga muvofiq birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida, kassatsiya shikoyati (protesti) esa, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881276" id="-6881276">Shuni inobatga olish lozimki, sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881283" id="-6881283">7. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtishining boshlanishi, tegishlicha, sud hujjati qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881285" id="-6881285">FPK 262-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3523886">uchinchi</a> va <a href="/acts/-3517337#-3523887">toʻrtinchi qismlari</a> mazmuniga koʻra, qoʻshimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ham asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan kundan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881289" id="-6881289">8. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan FPK <a href="/acts/-3517337#-6716442">385<sup>1</sup></a>, <a href="/acts/-3517337#-6716828">405<sup>1</sup>-moddalari</a> qoidalari boʻyicha yakka tartibda hal qilinadi. Shikoyat qilish (protest berish) muddatini oʻtkazib yuborilganligining uzrli sabablari deb sudga bunday shikoyat (protest) bilan oʻz vaqtida murojaat qilishga toʻsqinlik qilgan obyektiv holatlar (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar) tan olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881291" id="-6881291">Jismoniy shaxsning kasalligi, uning oilaviy sharoiti (oila aʼzosining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda shikoyat berishni istisno etgan yoxud jiddiy ravishda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli sabablar deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881293" id="-6881293">Shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati tiklanishi rad etilganligi sababli (FPK 389<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716546">4-bandi</a>, 407<sup>4</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716950">4-bandi</a>) uni qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash qaysi asoslarga koʻra rad etilganligi, ajrimning xulosa qismida esa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881296" id="-6881296">9. Sudlarga tushuntirilsinki, oʻtkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881299" id="-6881299">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday shikoyat (protest) FPK 389-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716515">5-bandi</a>, 407<sup>3</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716924">5-bandiga</a> asosan qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881302" id="-6881302">10. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi, ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish, qabul qilishni rad etish asoslari bilan birga shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala ham hal etilishi lozim. Bunda pochta xarajatini qaytarish qonunda nazarda tutilmaganligi bois, shikoyat berishda toʻlangan pochta xarajati qaytarilmasligi tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881305" id="-6881305">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga qonunda belgilangan muddatda taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin (FPK 389-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716519">uchinchi qismi</a>, 389<sup>1</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716550">uchinchi qismi</a>, 407<sup>3</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716927">uchinchi qismi</a>, 407<sup>4</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716953">uchinchi qismi</a>, 419<sup>6</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6717326">beshinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881306" id="-6881306">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881308" id="-6881308">11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan FPK <a href="/acts/-3517337#-6716442">385<sup>1</sup></a> va <a href="/acts/-3517337#-6716828">405<sup>1</sup>-moddalariga</a> muvofiq tiklanganda, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni, oʻtkazib yuborilishi sabablaridan qatʼi nazar, tiklash toʻgʻrisidagi masalani qoʻshimcha ravishda koʻrib chiqish talab etilmaydi. Bu shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) tegishincha, FPK <a href="/acts/-3517337#-3525754">386</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716471">387</a>, <a href="/acts/-3517337#-3525926">406</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716861">407-moddalari</a> talablariga rioya etgan holda apellyatsiya, kassatsiya muhokamasi tugaguniga qadar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilishi va umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881309" id="-6881309">12. FPK <a href="/acts/-3517337#-3525754">386</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716471">387</a> va <a href="/acts/-3517337#-3525926">406</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716861">407-moddalarida</a> apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni, shuningdek, unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi sababli, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu talablarga rioya etganligini tekshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881311" id="-6881311">Ushbu moddalarning talablariga javob bermaydigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) FPK <a href="/acts/-3517337#-6716509">389</a> va <a href="/acts/-3517337#-6716916">407<sup>3</sup>-moddalari</a> asosida qaytarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881314" id="-6881314">13. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs tomonidan davlat boji toʻlashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdoriga oid talablarga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining <a href="/acts/-4680944#-4682356">1-bandi</a>, <a href="/acts/-4680944#-4682417">8-moddasining</a> va ushbu Qonunning <a href="/acts/-4680944#-4683743">ilovasi</a> boʻlgan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881317" id="-6881317">Davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash va uning miqdorini kamaytirish haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishda hal qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881319" id="-6881319">14. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi FPK <a href="/acts/-3517337#-3525775">388</a>, <a href="/acts/-3517337#-6716903">407<sup>2</sup>-moddalarida</a> belgilangan shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatdan kechiktirmay apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881322" id="-6881322">Ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrilayotganda boshqa shaxsdan shikoyat (protest) kelib tushgan taqdirda uni ish yuritishga qabul qilish, qaytarish yoki qabul qilishni rad etish masalasi sudlov hayʼati tarkibi tomonidan hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881324" id="-6881324">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda, ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga shikoyatni (protestni) bergan shaxsga yuboriladi. Ajrim va shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasi fuqarolik ishiga qoʻshib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881328" id="-6881328">15. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK 389-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716510">birinchi qismi</a>, 407<sup>3</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716917">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881331" id="-6881331">Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har birini koʻrsatib oʻtishi va ular bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli ekanligini koʻrsatishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881334" id="-6881334">Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilgan ayni bir xil kamchilik bilan takroran shikoyat (protest) bilan murojaat qilinganda, ayni bir asoslar bilan shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqarilmasdan, shikoyat (protest) bergan shaxsga ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish haqida yozma tushuntirish berilishi hamda shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881339" id="-6881339">16. Sudlarga tushuntirilsinki, agar shikoyatda uni imzolagan shaxsning familiyasi toʻliq va ismi, otasi ismining faqat bosh harflari koʻrsatilgan boʻlsa, bu holat shikoyatni FPK 389-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716511">1-bandi</a>, 407<sup>3</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716918">1-bandiga</a> asosan qaytarish, agar shikoyat ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, uni FPK 389<sup>4</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716575">birinchi qismi</a>, 407<sup>8</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6451978">birinchi qismiga</a> asosan koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881340" id="-6881340">17. FPK 389-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716517">6-bandi</a>, 407<sup>3</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716925">6-bandiga</a> muvofiq apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) uni bergan shaxs tomonidan qaytarib olinishiga (chaqirib olinishiga) sudyaning shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimi chiqarilguniga qadar yoʻl qoʻyilishini inobatga olib, shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng u qaytarilmaydi. Bunda shikoyat (protest) umumiy asoslarda sudlov hayʼati majlisida koʻrib chiqiladi yoki shikoyat (protest) bergan shaxsga undan voz kechish (chaqirib olish) huquqi tushuntiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881345" id="-6881345">18. FPKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda uni koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi hamda bu toʻgʻrisida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881349" id="-6881349">19. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida FPK 389<sup>3</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716567">birinchi qismiga</a> muvofiq berilgan iltimosnomani muhokama qilishda iltimosnomada keltirilgan vajlarni oʻrganishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881352" id="-6881352">Bunda apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi hal qiluv qarori ijroga qaratilganligini aniqlasa, bunday iltimosnomani qanoatlantiradi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881353" id="-6881353">Kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi FPK 407<sup>6</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6717005">birinchi qismiga</a> muvofiq berilgan iltimosnomani har qanday holatda qanoatlantiradi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881356" id="-6881356">20. Sud hujjatining ijrosi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Bunday holda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijasida hal qiluv qarori kuchida qoldirilgan boʻlsa, uning ijrosini davom ettirish (tiklash) yuzasidan alohida protsessual hujjat qabul qilinmaydi va yozma koʻrsatma yuborilganligi yetarli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881359" id="-6881359">Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish masalasi sudning tashabbusi bilan hal qilinmaydi. Bu masala nafaqat shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, balki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi asosida ham hal qilinishi mumkin. Bunday iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida ish yuritishning har qanday bosqichida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885834" id="-6885834">Shikoyat (protest) sudlov hayʼatida mazmunan koʻrilayotganda, hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma kelib tushganda, ushbu masala sudlov hayʼati tarkibi tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881631" id="-6881631">21. Sudlarning eʼtibori ishlarni apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrishda FPK <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3525863">395</a>, <a href="/acts/-3517337#-5221631">415-moddalarida</a> belgilangan muddatlarga, shu jumladan, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtgan holda ham rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881643" id="-6881643">Shikoyat (protest) boʻyicha tushgan ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish muddatlari alohida hollarda qonunda belgilangan muddatlar doirasida (FPK 395, 415-moddalari) sudlov hayʼati tomonidan uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining koʻpligi, qoʻshimcha hajmdagi dalillarni talab qilib olinishi va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881647" id="-6881647">22. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) boʻyicha ishni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi majburiyligi qonunda belgilanganligi sababli, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ularni bu haqda tegishli ravishda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda ham, ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881651" id="-6881651">Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek, kelmaganlik sabablari haqida maʼlumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlmaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881655" id="-6881655">23. FPK <a href="/acts/-3517337#-3518923">47-moddasiga</a> asosan protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi va h.k.), apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881657" id="-6881657">Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881662" id="-6881662">24. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK <a href="/acts/-3517337#-6716572">389<sup>4</sup></a>, <a href="/acts/-3517337#-6716584">389<sup>5</sup></a>, <a href="/acts/-3517337#-6451977">407<sup>8</sup></a>, <a href="/acts/-3517337#-6451985">407<sup>9</sup>-moddalarida</a> koʻrsatilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, u boʻyicha ish yuritishni tugatish asoslari shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganidan soʻng aniqlangan boʻlishini nazarda tutganligi sababli, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, u boʻyicha ish yuritishni tugatish masalasi sudlov hayʼati tarkibi tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881665" id="-6881665">25. FPK <a href="/acts/-3517337#-3525852">393</a>, <a href="/acts/-3517337#-5221623">413-moddalarining</a> talablariga koʻra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881671" id="-6881671">Shikoyatdan voz kechilganda (protest qaytarib olinganda) sud apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881673" id="-6881673">Shikoyatdan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) munosabati bilan apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish masalasi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud majlisida shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilganidan soʻng hal qilinadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, FPK <a href="/acts/-3517337#-3519227">69-moddasi</a> mazmuniga koʻra, vakilning ishonchnomada koʻrsatilgan sud hujjati ustidan shikoyat berish huquqi oʻz-oʻzidan, basharti bu holat ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlmasa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881675" id="-6881675">Sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat (protest) berilganligi bu shaxslarning shikoyatdan voz kechishini (protestni qaytarib olishini) qabul qilmaslikka asos boʻlmaydi. Bunday holda voz kechilgan shikoyat (qaytarib olingan protest) qismi boʻyicha ish yuritish tugatilib, boshqa shaxsning shikoyati (protesti) umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881678" id="-6881678">Davlat boji toʻlashni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash belgilangan holda ish yuritishga qabul qilingan shikoyatdan voz kechilganda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat boʻyicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimda davlat bojini taraflar oʻrtasida taqsimlash masalasini hal qiladi (FPK 389<sup>5</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6716601">ikkinchi qismi</a>, 407<sup>9</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6451999">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881681" id="-6881681">Apellyatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati qonuniy kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881695" id="-6881695">26. FPK <a href="/acts/-3517337#-4267342">166-moddasiga</a> koʻra, sud taraflarni yarashtirish choralarini koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK <a href="/acts/-3517337#-4267342">166</a>, <a href="/acts/-3517337#-3521715">167-moddalari</a> talablariga javob berishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881713" id="-6881713">Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgar tomonidan arz qilingan talablar tan olinishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida muhokama qilinayotganda amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881718" id="-6881718">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning daʼvodan voz kechishini qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin daʼvogarga (taraflarga) ish yuritishni tugatishning FPK <a href="/acts/-3517337#-3521105">126-moddasida</a> nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6885914" id="-6885914">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi daʼvogarning daʼvo talablaridan voz kechishini qabul qilishda, taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Bunday holda sud, shikoyatni (protestni) qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik masalasini hal qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881792" id="-6881792">Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga xilof boʻlsa, sud bunday voz kechishni, talablarni tan olishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida mazmunan koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881796" id="-6881796">27. FPK 372<sup>2</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716187">4-bandi</a>, 372<sup>4</sup>-moddasi ikkinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-6716238">2</a> va <a href="/acts/-3517337#-6716247">4-bandlarida</a> nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtadi va bu haqida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881798" id="-6881798">Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi va bu ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan shikoyat (protest) berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881800" id="-6881800">28. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881802" id="-6881802">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilishi hayʼatda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda FPK <a href="/acts/-3517337#-3525870">397-moddasida</a> nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881804" id="-6881804">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻzlarining tushuntirishlarida shikoyatda (protestda) koʻrsatilmagan vajlarni keltirishga va qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881807" id="-6881807">FPK <a href="/acts/-3517337#-3524158">276-moddasi</a> talablariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisi, shuningdek, sud majlisi zalidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakati haqida bayonnoma tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881811" id="-6881811">29. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida boʻlganligidan yoki yangidan taqdim etilgan yoxud talab qilib olinganidan qatʼi nazar, tekshirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881814" id="-6881814">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881816" id="-6881816">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza oʻtkazish, dalillarni taʼminlash va talab qilib olish, guvohlarni soʻroq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881818" id="-6881818">Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib boʻyicha tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881822" id="-6881822">30. Sudlarning eʼtibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti boʻlmagan, shu jumladan, qarshi daʼvo tariqasida keltirilgan yangi moddiy-huquqiy talablar, shuningdek, tarafning daʼvo muddatini qoʻllash haqida arz qilgan talabi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va koʻrilishi mumkin emasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881825" id="-6881825">Bu qoida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish chogʻida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan yoki xabardor qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan talablarga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881828" id="-6881828">31. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPK <a href="/acts/-3517337#-3520614">10-bobida</a> nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881829" id="-6881829">Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida tegishli instansiya sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881830" id="-6881830">32. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻrish natijalari yuzasidan ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881832" id="-6881832">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani ajrimda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881834" id="-6881834">Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi eʼlon qilinganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881836" id="-6881836">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK <a href="/acts/-3517337#-6716655">399</a>, <a href="/acts/-3517337#-6717138">419-moddalarida</a> belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881838" id="-6881838">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni oʻqib eshittirganidan soʻng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881839" id="-6881839">33. Qonunga koʻra, ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881841" id="-6881841">birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻliq tekshirgan-tekshirmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881842" id="-6881842">sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881843" id="-6881843">sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881845" id="-6881845">barcha bildirilgan talablar boʻyicha sud hujjati qabul qilingan-qilinmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881847" id="-6881847">moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular toʻgʻri qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881849" id="-6881849">qabul qilingan sud hujjati protsessual va moddiy qonun talablariga muvofiq-muvofiq emasligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881853" id="-6881853">Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/acts/-3517337#-3525867">396</a>, <a href="/acts/-3517337#-6717122">416-moddalariga</a> muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻliq hajmda tekshiradi. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881854" id="-6881854">Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlanganligini, moddiy va protsessual normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881856" id="-6881856">Shikoyat (protest) vajlaridan qatʼi  nazar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish, ish boʻyicha ish yuritishni tugatish yoki arizani koʻrmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yoʻqligini ham aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881858" id="-6881858">Qonunga koʻra, mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud hujjati faqat rasmiy, yaʼni ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatli boʻlmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini oʻtkazish tartibi buzilganligi, davlat boji asossiz kamaytirilganligi yoki kechiktirilganligi va h.k.) boʻyicha bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan kamchilik rasmiy ekanligi toʻgʻrisidagi masala apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881860" id="-6881860">34. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilmaganligi yoki qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi, qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881861" id="-6881861">Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi faqat ishni notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881863" id="-6881863">35. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari FPK <a href="/acts/-3517337#-6716166">372<sup>2</sup>-moddasida</a> belgilanganligiga eʼtibor qaratishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881864" id="-6881864">Bunda shuni inobatga olish lozimki, birinchi instansiya sudi tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarining qoʻllanilganligi ham moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb baholanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881866" id="-6881866">Shu bilan birga nazarda tutish kerakki, ayrim qonunchilik hujjatlarida huquqiy munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari qoʻllanilishi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda sud tomonidan kuchini yoʻqotgan yoki oʻzgartirilgan qonunchilik hujjatlari qoʻllanilganligi moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllash deb hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881868" id="-6881868">36. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va toʻliq aniqlab, qonuniy, asosli va adolatli sud hujjati chiqargan degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881870" id="-6881870">Bunda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat (protest) vajlari notoʻgʻri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga asos boʻlmaydi, deb topilganligi sabablari koʻrsatib oʻtilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881872" id="-6881872">37. Shuni nazarda tutish lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (FPK <a href="/acts/-3517337#-6716655">399</a>, <a href="/acts/-3517337#-6717138">419-moddalari</a>). Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mavjud, shuningdek, qoʻshimcha taqdim etilgan yoki talab qilib olingan materiallar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlab, oʻzi hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoxud uni toʻliq yoki qisman bekor qilib, yangi hal qiluv qarori qabul qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881875" id="-6881875">38. Sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga oʻzgartirishlar kiritish tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881878" id="-6881878">Yangi hal qiluv qarori deganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sudning asosiy xulosasini jiddiy oʻzgartiradigan qaror qabul qilinishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881880" id="-6881880">39. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/acts/-3517337#-3520722">122</a> va <a href="/acts/-3517337#-3521087">124-moddalarida</a> koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga hamda arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga, agar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlangan boʻlsa, haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881881" id="-6881881">40. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilganligini aniqlasa, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, FPK <a href="/acts/-3517337#-3524679">311-moddasida</a> belgilangan tartib boʻyicha ish materiallarini taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881883" id="-6881883">41. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK <a href="/acts/-3517337#-3521186">138 — 141-moddalarida</a> nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha taqsimlash haqida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881884" id="-6881884">42. FPK <a href="/acts/-3517337#-3523858">261 — 263-moddalarida</a> nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881886" id="-6881886">ajrim yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881889" id="-6881889">qoʻshimcha ajrim chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881893" id="-6881893">ajrimni tushuntirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881895" id="-6881895">Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi oʻtkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881896" id="-6881896">43. FPK <a href="/acts/-3517337#-3525900">400</a>, <a href="/acts/-3517337#-6717165">419<sup>1</sup>-moddalariga</a> muvofiq, qonunda nazarda tutilgan, shuningdek, ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881899" id="-6881899">Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va koʻrish sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6881901" id="-6881901">44. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3525901">birinchi qismida</a> belgilangan yigirma kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran, ajrim ustidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish uchun FPK 419<sup>1</sup>-moddasining <a href="/acts/-3517337#-6717166">birinchi qismida</a> belgilangan olti oylik muddat esa, birinchi instansiya sudi ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882620" id="-6882620">45. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (protestni) FPK <a href="/acts/-3517337#-6716768">402</a>, <a href="/acts/-3517337#-6717173">419<sup>2</sup>-moddalariga</a> muvofiq hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882622" id="-6882622">46. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK <a href="/acts/-3517337#-6716779">402<sup>1</sup></a>, <a href="/acts/-3517337#-6717182">419<sup>3</sup>-moddalariga</a> muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudi qarori ustidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun qonunda nazarda tutilgan qoidalar va tartibda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882624" id="-6882624">47. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari boʻyicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼi nazar, FPK <a href="/acts/-3517337#-5220842">275-moddasiga</a> muvofiq xususiy ajrim chiqarishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882625" id="-6882625">Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882627" id="-6882627">Xususiy ajrim va xabarnoma sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda bayonnomada aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882630" id="-6882630">48. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha chiqarilgan birinchi instansiya sudi xususiy ajrimining qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik boʻlganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882632" id="-6882632">49. Qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga fuqarolik ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6882637" id="-6882637">50. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “<a href="/acts/-5472886">Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 20-apreldagi 14-sonli va “<a href="/acts/-5786764">Fuqarolik ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</a>” 2021-yil 27-noyabrdagi 35-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6882679" id="-6882679"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi </strong><strong>B. ISLAMOV</strong></div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6882691" id="-6882691"><strong>Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi </strong><strong>N. XAKIMOVA</strong></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6882695" id="-6882695">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6882698" id="-6882698">2024-yil 25-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6882700" id="-6882700">9-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
