|
Hujjat 16.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish, madaniyat va sanʼat sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, madaniyat va sanʼat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, madaniyat va sanʼat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni bekor qilish orqali tartibga solish yukini kamaytirish talab etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son hamda “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq sohadagi ayrim qonunchilik hujjatlaridagi takrorlanish, kolliziya, huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-yanvar,
25-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 1-ilovada:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hayvonot bogʻi” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston sanʼat saroyi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent shahri” boʻlimidagi “Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti” soʻzlaridan keyin “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlaridan keyin “Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi”, “Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi”, “Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Xalqlar doʻstligi” saroyi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
b) 2-ilovaning “VII. Taʼlim muassasalari” boʻlimining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda uning filiallari, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rektori, prorektorlari, dekanlari va professor-oʻqituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va sanʼat kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchi va konsertmeysterlari tarkibi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 187-son qarorida 3-banddagi “Moliya vazirligi” hamda “Oʻzbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasiga” soʻzlari tegishlicha “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qarorida:
a) nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 4-ilovaning 4-bandidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika va hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 10-pozitsiyasidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va turizm boshqarmalari boshliqlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-apreldagi 139-son qarorida:
a) 1-ilovaning 14-pozitsiyasidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovadagi “Madaniyat va turizm vazirligi” hamda “Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi” boʻlimlari tegishlicha “Madaniyat vazirligi” boʻlimlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-maydagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 20-bandi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika chegaraoldi shahar va tumanlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilgan “yosh chegarachilar” klublari faoliyatini tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-iyundagi 261-son qarorida:
a) 2-ilovaning 33-bandi birinchi xatboshisidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovadagi “I.F. Yunusov — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Seleksiya va iqtidorli yoshlarni koʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “I.F. Yunusov — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovadagi “Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari, Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari, viloyat madaniyat boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4a-ilovadagi “Lavozimiga koʻra — Tuman (shahar) madaniyat va turizm boʻlimi boshligʻi” soʻzlari “Lavozimiga koʻra — Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasining 12-bandi va 20-bandi beshinchi xatboshisidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga 6-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 14-avgustdagi 232-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga 4-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 270-qaroriga 1-ilovaning 56-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 153-son qaroriga ilovaning 344-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)