1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ular uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda, soliq yukini pasaytirish, shuningdek soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda.
Mazkur Qonunda 2024-yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanib, bunda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlari, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, qoʻshilgan qiymat soligʻi zanjirining uzluksizligini taʼminlash, tabiiy boyliklardan samarali va oqilona foydalanish, mutlaq summada belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ushbu Qonun bilan ota-onalarning oʻz farzandlari professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishi uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan daromadlari soliq solishdan ozod qilinishini, shuningdek chet davlat avtotransport vositalarining mamlakatimiz hududiga kirganligi hamda tranziti uchun yigʻim bojxona hududida ham toʻlanishi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun 2024-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjetini tayyorlashda nazarda tutilgan soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 33-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari” degan soʻzlar “oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 231-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari” degan soʻzlar “oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan — gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar ishlab chiqarilganda (yigʻilganda, tayyorlanganda) undiriladi”;
uchinchi qismdagi “oʻziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining” degan soʻzlar “oʻziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismdagi “oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari” degan soʻzlar “oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda, № 12, 1190-modda) 327-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari bojxona organlari tomonidan tegishli harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilguniga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq bojxona hududida toʻlanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni, yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻimni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi”;
2) 22-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “besh” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “besh” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “besh” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 88-moddaning ikkinchi qismidagi “besh yilni” degan soʻzlar “uch yilni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 100-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini va moliyaviy sanksiyalarning tekshiruv materiallarini, shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida teng ulushlarda toʻlashga haqli”;
6) 104-moddaning beshinchi qismidagi “besh” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 105-moddaning birinchi qismidagi “besh” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi, bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrnini qoplash (qaytarish) maqsadida oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno:
1) soliq toʻlovchining hududiga kirish;
2) soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
3) soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
4) soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish”;
11) 217-moddaning birinchi qismidagi “besh yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 237-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, shuningdek chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, agar bunday tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi eʼtirof etilsa”;
13) 243-modda birinchi qismining 11, 12 va 13-bandlari chiqarib tashlansin;
15) 255-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “chet el yuridik shaxslari” degan soʻzlar “chet ellik shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki
382 000 soʻm/kg
6.
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
382 000 soʻm/kg
7.
Nikotinli tamakisiz snyus
154 000 soʻm/kg
8.
Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**
670 soʻm/ml
* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi”;
19) 2892-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Alkogol mahsulotlari turlari
Soliq stavkalari (1 litr uchun)
import qilinganda
ishlab chiqariladigan
2024-yil 1 yanvardan
2024-yil 1-iyuldan
1.
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlangʻich fraksiyasi
70%
14 900 soʻm
2.
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz toʻlanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno)
101 500 soʻm
38 000 soʻm
40 000 soʻm
3.
Vino:
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)
28 500 soʻm
1 soʻm
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
40 600 soʻm
2 200 soʻm
2 310 soʻm
4.
Pivo
50%, biroq 12 200 soʻmdan kam boʻlmagan
1 550 soʻm
1 628 soʻm
”;
20) 2893-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Tovarlar (xizmatlar) nomi
Soliq stavkalari
2024-yil 1-yanvardan
2024-yil 1-apreldan
1.
Neft mahsulotlari:
AI-80 va undan yuqori benzin
303 000 soʻm/tonna
340 000 soʻm/tonna
AI-91 va undan yuqori benzin
303 000 soʻm/tonna
aviakerosin (sintetikdan tashqari)
242 000 soʻm/tonna
271 000 soʻm/tonna
dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari)
291 000 soʻm/tonna
326 000 soʻm/tonna
EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari)
262 000 soʻm/tonna
293 000 soʻm/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
412 000 soʻm/tonna
461 000 soʻm/tonna
2.
Polietilen granulalar
10%
3.
Tabiiy gaz, bundan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno
20%
4.
Yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan:
AI-80 va undan yuqori benzin
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 565 000 soʻm
1 litr uchun 476 soʻm/1 tonna uchun 633 000 soʻm
AI-91 va undan yuqori benzin
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 565 000 soʻm
dizel yoqilgʻisi
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 516 000 soʻm
1 litr uchun 476 soʻm/1 tonna uchun 578 000 soʻm
suyultirilgan gaz
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 807 500 soʻm
1 litr uchun 476 soʻm/1 tonna uchun 904 000 soʻm
siqilgan gaz
1 kub metr uchun 605 soʻm
1 kub metr uchun 678 soʻm
5.
Mobil aloqa xizmatlari
10%
6.
Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar
20%
7.
Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan, gazlangan hamda isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklar
(bundan energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar mustasno)
-
1 litr uchun 500 soʻm
Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar
-
1 litr uchun 2 000 soʻm
”;
21) 340-moddaning ikkinchi qismidagi “besh milliard” degan soʻzlar “oʻn milliard” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 359-moddaning oltinchi qismidagi “besh” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga ushbu daromadlar soliq davrida yuz million soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ushbu Kodeks maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinadi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda toʻlaydi”;
16-bandining ikkinchi xatboshisidagi “oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining)” degan soʻzlar “oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 22 va 23-bandlar bilan toʻldirilsin:
“22) aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxonalar xodimlarining oʻz oylik ish haqidan va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan oshmaydigan, ushbu korxonalar xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari;
23) soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda;
toʻlovlar oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan. Ushbu bandning shartlari buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablagʻlari toʻliq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablagʻlarga toʻlov manbaida soliq solinishi lozim”;
27) 383-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Faoliyat turi
Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda)
Toshkent shahri
Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar
boshqa shaharlar
boshqa aholi punktlari
1.
Chakana savdo:
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan
907 500
726 000
363 000
242 000
dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan
302 500
181 500
121 000
60 000
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan
302 500
181 500
121 000
60 000
2.
Maishiy xizmatlar
302 500
181 500
121 000
60 000
3.
Boshqa faoliyat turlari
302 500
181 500
121 000
60 000
4.
Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
181 500
3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
275 000
”;
28) 403-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “ikkinchi qismining” degan soʻzlar “uchinchi qismining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 411-modda uchinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) uy-joy-kommunal xoʻjaligining va belgilangan maqsadi boʻyicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari. Uy-joy-kommunal hamda boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar hamda issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik jihatdan xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan binolar, shuningdek koʻp kvartirali uylarda joylashgan koʻp kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki kiradi”;
“Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi:
ushbu Kodeks 419-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — qirq ikki million soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas;
ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlarning 1 kv. metri boʻyicha — ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Bunda ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari qoidalari ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi qoidalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun berilgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
toʻrtinchi qismidagi “ushbu moddaning ikkinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq solish obyektlari
Soliq stavkalari,
foizlarda
1.
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
0,31
2.
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni
200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan
0,41
500 kv.m dan ortiq boʻlgan
0,55
3.
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
0,41
4.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari
“Soliqni hisoblab chiqarish soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan:
ushbu Kodeks 419-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari asosida;
ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari hamda ushbu Kodeks 420-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi va uchinchi qismi asosida amalga oshiriladi.
Soliq summasi 1-yanvar holatiga koʻra ushbu Kodeksning 420-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq toʻlovchi tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari joylashgan erdagi soliq organlariga baholovchi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan, shu jumladan oʻtgan ikki yil ichida oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalarini (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek qonunchilikda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatini taqdim etishga haqli”;
oʻninchi qismi “imzo qoʻydirilgan holda yoki” degan soʻzlardan keyin “mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
“Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10-yanvarga qadar taqdim etiladi”;
oʻn ikkinchi qismi “shuningdek qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar mazkur yer uchastkalarida qurilish tugallanguniga qadar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
35) 434-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻp kvartirali uylar egallagan va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalari va koʻp kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari mustasno”;
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno):
“Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10-yanvarga qadar taqdim etiladi”;
37) 439-moddaning ikkinchi qismi “imzo qoʻydirib yoki” degan soʻzlardan keyin “mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
38) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlari
1 kub. metr uchun soliq stavkasi
(soʻmda)
er usti suv resurslari manbalari
yer osti suv resurslari manbalari
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 va 3-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
345
415
2.
Sanoat korxonalari
638
760
3.
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari
101
123
4.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
100
100
5.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi
2 700
2 700
6.
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi
34 160
34 160
”;
39) 447-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq organlari soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini dehqon xoʻjaliklariga, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga imzo qoʻydirib yoki, mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek toʻlov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi”;
Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral oʻgʻitlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi
3,5, biroq 5 600 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
”;
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
Noruda qurilish materiallari
Sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari sement xomashyosi
5
Sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh
6000 soʻm/tonna*
Tabiiy bezaktoshdan bloklar, arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, marmar, ohaktosh-chigʻanoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granitlar, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin
5, biroq 5 600 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Gips toshi, gips va angidrid, ganch
5, biroq 14 500 soʻm/tonna dan kam boʻlmagan
Gʻisht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar, qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shagʻal aralashmasi
5, biroq 4 200 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Ohak ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qoʻshimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar
“Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari (bundan oltin, kumush, palladiy, mis va uran uchun belgilangan soliq stavkalari mustasno) 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qaʼri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarga nisbatan ham qoʻllaniladi”;
41) 455-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining egalari ushbu vositalarning avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻimning soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi”;
43) 457-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar yigʻimlarning soliq solish obyektidir:
chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti;
yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq solish obyekti jumlasiga quyidagilar kirmaydi:
1) karyerlar hududida ishlaydigan ogʻir yuk koʻtaradigan avtosamosvallar;
2) avtokranlar;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi avtotransport vositalari”;
44) 458-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar yigʻimlarning soliq bazasi hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida yoki uning hududi orqali tranzit oʻtayotganida — chet davlatlarning avtotransport vositalari;
yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari”;
“Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim chet davlatning avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida undiriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim qonunchilikda belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari tomonidan undiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim yuk avtotransporti vositalari va tirkamalariga avtomobil yoʻllari boʻylab bir yil davomida harakatlanish huquqini beradi”;
yigirma yettinchi qismining birinchi xatboshisidagi “2024-yil 31-dekabrga” degan soʻzlar “2028-yil 31-dekabrga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi qirq ikkinchi — qirq beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari boʻyicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadlarida 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda chegiriladigan xarajatlar sifatida eʼtirof etiladi.
“Izlanish va rivojlanish” markazlari 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur markazlarning obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan (bundan buyon matnda metallar deb yuritiladi) ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning XVIII1 boʻlimida nazarda tutilgan qoidalar 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda tatbiq etilmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda boshlangan yer qaʼri uchastkasiga nisbatan qoʻllaniladi va metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari mustasno) hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 1 va 2-moddalari 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 13, 14, 16, 41 — 44-bandlari hamda 45-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 27-bandi 2024-yil 1-fevraldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 26-bandi ikkinchi xatboshisining qoidalari 2023-yil 1-avgustdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 47-bandi yettinchi xatboshisining qoidalari 2023-yil 16-noyabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-dekabr,
OʻRQ-891-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son)