

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6708694" id="onLBC-6708694">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7619"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC18933"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6708694" id="onLS-6708694">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6709302" id="-6709302">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6709306" id="-6709306">Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-6709308" id="-6709308">Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-avgustda qabul qilingan<br />Senat tomonidan 2023-yil 27-oktabrda maʼqullangan</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6709311" id="-6709311"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709313" id="-6709313">Keyingi yillarda “Yangi Oʻzbekiston — yangi sud” prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, insonning qadr-qimmati ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709315" id="-6709315">Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali taʼminlash boʻyicha izchil ishlar olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709316" id="-6709316">Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta koʻrish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709317" id="-6709317">Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual <a href="/acts/-3517337">kodeksiga</a> sud ishlarini koʻrishning oʻta markazlashtirilishiga barham berilishini, ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrish bosqichlari joriy etilishini, ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida qayta koʻrilishini, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan koʻrish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanishini, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish boʻyicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishini, sud qarorlarini qayta koʻrish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709319" id="-6709319">Ushbu Qonun fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-6445145">Konstitutsiyasida</a> nazarda tutilgan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqlarining kafolatlarini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini, shuningdek qonuniy manfaatlarini yanada kengroq himoya qilishga, odil sudlovdan foydalanish darajasini yanada oshirishga, sudyalarning ish hajmini hamda yuklamasini mutanosib tarzda belgilashga, sudlarning masʼuliyatini yanada oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda oʻrta boʻgʻin — viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, shuningdek fuqarolarning sudlardagi ortiqcha xarajatlari tejalishiga xizmat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709322" id="-6709322"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual <a href="/acts/-3517337">kodeksiga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 800-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709324" id="-6709324">1) 4-modda birinchi qismining <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5220641">toʻrtinchi xatboshisidagi</a> “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709326" id="-6709326">2) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3517931">6-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709327" id="-6709327"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3517938">uchinchi qismidagi</a> “Apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar “Apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709328" id="-6709328">quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709329" id="-6709329">“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror chiqaradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709330" id="-6709330"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3517948">toʻrtinchi </a>va <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3517950">beshinchi qismlari </a>tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709331" id="-6709331">3) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3518049">17-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709333" id="-6709333"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5220650">uchinchi qismidagi</a> “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709334" id="-6709334"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5220664">toʻrtinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709335" id="-6709335">“Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlganda amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709336" id="-6709336">4) 20-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5220672">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709337" id="-6709337">“Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, bu ishni takroran koʻrishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrish hollari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709338" id="-6709338">Ishni birinchi instansiya sudida koʻrgan sudya shu ishni apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709339" id="-6709339">Ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709340" id="-6709340">Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709341" id="-6709341">Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709342" id="-6709342">5) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-6715852">50-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709343" id="-6709343">“50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709345" id="-6709345">Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709346" id="-6709346">Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709349" id="-6709349">Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709350" id="-6709350">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga daʼvo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709353" id="-6709353">6) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3521103">125-modda </a>quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709354" id="-6709354">“Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709355" id="-6709355">7) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3521186">138-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709358" id="-6709358"><a href="/acts/-3517334?ONDATE=01.04.2018 00#-3519771">ikkinchi qismining</a> ruscha matnidagi “prisujdayutsya” degan soʻz “prisujdayutsya s otvetchika” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709359" id="-6709359"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5220756">yettinchi qismidagi</a> “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709361" id="-6709361">8) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3521371">155-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709364" id="-6709364"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3521373">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709365" id="-6709365">“Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709368" id="-6709368"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3521374">ikkinchi qismi</a> “sud” degan soʻzdan keyin “(sudya)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709370" id="-6709370"><a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3521378">oltinchi qismi</a> “tiklashni rad etish” degan soʻzlardan keyin “yoxud tiklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709372" id="-6709372">9) 168-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5220765">uchinchi qismi </a>“apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlardan keyin “yoki taftish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709373" id="-6709373">10) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3522053">181-modda</a> quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709375" id="-6709375">“Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709378" id="-6709378">11) 192-modda <a href="/acts/-3517337?ONDATE=27.04.2023 00#-6451708">birinchi qismining</a> uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6709381" id="-6709381">“Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, shuningdek arizani taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasi arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709383" id="-6709383">12) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3522256">194-modda</a> quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709385" id="-6709385">“Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709387" id="-6709387">13) 285<sup>1</sup>-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716129">matni</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709389" id="-6709389">“Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709391" id="-6709391">14) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3525470">IV boʻlim</a> quyidagi mazmundagi 43-bob bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6709392" id="-6709392">“43-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709393" id="-6709393">372<sup>1</sup>-modda. Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv qoʻzgʻatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709394" id="-6709394">Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709395" id="-6709395">1) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati yoki apellatsiya protesti boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709396" id="-6709396">2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709398" id="-6709398">3) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709399" id="-6709399">4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709400" id="-6709400">5) birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan, shuningdek mazkur sud hujjatlarini koʻrib chiqqan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish shikoyati yoki taftish protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709401" id="-6709401">372<sup>2</sup>-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709403" id="-6709403">Sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya va taftish tartibida bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709404" id="-6709404">1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709406" id="-6709406">2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709407" id="-6709407">3) sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709408" id="-6709408">4) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709410" id="-6709410">5) moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709411" id="-6709411">Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709412" id="-6709412">Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaning hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709414" id="-6709414">372<sup>3</sup>-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709415" id="-6709415">Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan deb hisoblanadi, agar sud:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709417" id="-6709417">1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllamagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709418" id="-6709418">2) qoʻllanilmasligi lozim boʻlgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709419" id="-6709419">3) qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini notoʻgʻri talqin qilgan boʻlsa.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709421" id="-6709421">372<sup>4</sup>-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709423" id="-6709423">Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi ishning notoʻgʻri hal etilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan taqdirdagina sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini bekor qilinishiga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709424" id="-6709424">Agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709426" id="-6709426">1) ish sud tomonidan gʻayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709427" id="-6709427">2) ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709429" id="-6709429">3) ish koʻrilayotganida sud ishlari yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709431" id="-6709431">4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masalani hal qilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709433" id="-6709433">5) sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709434" id="-6709434">6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni koʻrgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709435" id="-6709435">7) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ham bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709437" id="-6709437">372<sup>5</sup>-modda. Apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining mazmuni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709438" id="-6709438">Apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709439" id="-6709439">1) ishning raqami, ajrim, qaror chiqarilgan vaqt va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709441" id="-6709441">2) ajrim, qaror qabul qilgan sudning nomi va tarkibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709442" id="-6709442">3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709443" id="-6709443">4) ish kimning shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrib chiqilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709444" id="-6709444">5) shikoyat qilingan (protest keltirilgan) sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709445" id="-6709445">6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709446" id="-6709446">7) apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos boʻlgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalariga havola;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709447" id="-6709447">8) ajrimning, qarorning xulosa qismi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709448" id="-6709448">Apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709449" id="-6709449">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709450" id="-6709450">Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda oʻz ajrimida, qarorida qaysi sabablarga koʻra shikoyatdagi (protestdagi) vajlar notoʻgʻri deb yoki sud hujjatini bekor qilish yoxud oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi deb topilganligini koʻrsatishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709452" id="-6709452">372<sup>6</sup>-modda. Apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining qonuniy kuchga kirishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709453" id="-6709453">Apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709457" id="-6709457">15) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716367">383 — 385<sup>1</sup>-moddalar</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709460" id="-6709460">“383-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709462" id="-6709462">Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709465" id="-6709465">Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709468" id="-6709468">384-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadigan sudlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709470" id="-6709470">Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709476" id="-6709476">1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709479" id="-6709479">2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709480" id="-6709480">3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709482" id="-6709482">385-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709484" id="-6709484">Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709485" id="-6709485">Sud hujjatini qabul qilgan sud apellatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709486" id="-6709486">385<sup>1</sup>-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709487" id="-6709487">Apellatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709488" id="-6709488">Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709489" id="-6709489">Oʻtkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709490" id="-6709490">Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709492" id="-6709492">Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709493" id="-6709493">16) 386-modda birinchi qismining <a href="/acts/-3517337?ONDATE=17.09.2021 00#-5651678">3-bandidagi</a> “chiqargan” degan soʻz “qabul qilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709494" id="-6709494">17) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716468">387</a>, <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716486">388</a> va <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716506">389-moddalar </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709496" id="-6709496">“387-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709497" id="-6709497">Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709499" id="-6709499">davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709500" id="-6709500">apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709501" id="-6709501">Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellatsiya shikoyati (protesti) mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709502" id="-6709502">Zarur hollarda, sudya apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning zimmasiga apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709503" id="-6709503">Prokuror ishtirokisiz koʻrib chiqilgan ish boʻyicha apellatsiya protestiga ushbu Kodeks 383-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709504" id="-6709504">Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va sudga taqdim etishda unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709505" id="-6709505">Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709507" id="-6709507">388-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709509" id="-6709509">Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709510" id="-6709510">Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709512" id="-6709512">389-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709514" id="-6709514">Apellatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709515" id="-6709515">1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709517" id="-6709517">2) apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 387-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709518" id="-6709518">3) apellatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709519" id="-6709519">4) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709520" id="-6709520">5) apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709521" id="-6709521">6) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) haqida ariza tushgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709522" id="-6709522">Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709527" id="-6709527">Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709528" id="-6709528">Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709530" id="-6709530">Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709533" id="-6709533">18) quyidagi mazmundagi 389<sup>1</sup> — 389<sup>5</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709534" id="-6709534">“389<sup>1</sup>-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709535" id="-6709535">Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709536" id="-6709536">1) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709538" id="-6709538">2) apellatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709540" id="-6709540">3) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709543" id="-6709543">4) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709544" id="-6709544">5) apellatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709545" id="-6709545">Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709547" id="-6709547">Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709548" id="-6709548">Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709551" id="-6709551">389<sup>2</sup>-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709552" id="-6709552">Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709553" id="-6709553">Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish boʻyicha sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709554" id="-6709554">Apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning apellatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709555" id="-6709555">389<sup>3</sup>-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709557" id="-6709557">Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, apellatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati oʻtkazib yuborilgan holda berilgan va mazkur muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini apellatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709558" id="-6709558">Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709560" id="-6709560">389<sup>4</sup>-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709562" id="-6709562">Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709563" id="-6709563">Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709565" id="-6709565">Apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709566" id="-6709566">389<sup>5</sup>-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709567" id="-6709567">Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709569" id="-6709569">1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709570" id="-6709570">2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709572" id="-6709572">3) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709573" id="-6709573">4) apellatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza apellatsiya shikoyatini bergan shaxsdan apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709574" id="-6709574">5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709576" id="-6709576">6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709578" id="-6709578">7) ishda taraf boʻlgan fuqaro apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709580" id="-6709580">Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709581" id="-6709581">Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709583" id="-6709583">19) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716621">392-modda</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709584" id="-6709584">20) 395-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5221319">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709587" id="-6709587">“Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710317" id="-6710317">21) 399-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5221360">matni </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710319" id="-6710319">“Sud ishni apellatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710337" id="-6710337">1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710339" id="-6710339">2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710340" id="-6710340">3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710341" id="-6710341">4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710342" id="-6710342">5) agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710345" id="-6710345">Ushbu Kodeks 372<sup>2</sup>-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372<sup>4</sup>-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709620" id="-6709620">22) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5221370">399<sup>1</sup> — 399<sup>4</sup>-moddalar</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709639" id="-6709639">23) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6716765">402 — 405<sup>1</sup>-moddalar</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709642" id="-6709642">“402-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709643" id="-6709643">Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709644" id="-6709644">1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709646" id="-6709646">2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709650" id="-6709650">3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709652" id="-6709652">4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709655" id="-6709655">402<sup>1</sup>-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709657" id="-6709657">Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709660" id="-6709660">403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709662" id="-6709662">Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno, sudning qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709665" id="-6709665">Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan kassatsiya protesti keltirishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709668" id="-6709668">404-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709670" id="-6709670">Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709687" id="-6709687">1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709689" id="-6709689">2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709690" id="-6709690">3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709691" id="-6709691">405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709693" id="-6709693">Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709694" id="-6709694">Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709695" id="-6709695">405<sup>1</sup>-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709696" id="-6709696">Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709697" id="-6709697">Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709699" id="-6709699">Kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709702" id="-6709702">Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709704" id="-6709704">24) 406-modda birinchi qismining <a href="/acts/-3517337?ONDATE=17.09.2021 00#-5652206">3-bandidagi</a> “chiqargan” degan soʻz “qabul qilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709705" id="-6709705">25) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-6716858">407 — 407<sup>6</sup>-moddalar</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709707" id="-6709707">“407-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709709" id="-6709709">Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709710" id="-6709710">davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709711" id="-6709711">kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709713" id="-6709713">Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709714" id="-6709714">Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709715" id="-6709715">Prokurorning ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protestiga ushbu Kodeks 403-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709716" id="-6709716">Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709717" id="-6709717">Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709719" id="-6709719">407<sup>1</sup>-modda. Ishni talab qilib olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709720" id="-6709720">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ushbu Kodeksning 403-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709722" id="-6709722">407<sup>2</sup>-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709723" id="-6709723">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709725" id="-6709725">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709726" id="-6709726">407<sup>3</sup>-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709727" id="-6709727">Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709728" id="-6709728">1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709729" id="-6709729">2) kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 406-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 407-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709730" id="-6709730">3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709731" id="-6709731">4) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709732" id="-6709732">5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709734" id="-6709734">6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709735" id="-6709735">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709736" id="-6709736">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709737" id="-6709737">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709738" id="-6709738">Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709739" id="-6709739">407<sup>4</sup>-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709740" id="-6709740">Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709741" id="-6709741">1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709742" id="-6709742">2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709743" id="-6709743">3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709744" id="-6709744">4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709745" id="-6709745">5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim mavjud boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709746" id="-6709746">Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709747" id="-6709747">Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709748" id="-6709748">Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709749" id="-6709749">407<sup>5</sup>-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709750" id="-6709750">Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709751" id="-6709751">Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709752" id="-6709752">Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning kassatsiya tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709754" id="-6709754">407<sup>6</sup>-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709755" id="-6709755">Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan hal qiluv qarorlari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709758" id="-6709758">Hal qiluv qarorining ijrosini toʻxtatib turish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709760" id="-6709760">26) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6717015">407<sup>7</sup>-modda</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709761" id="-6709761">27) 415-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5221633">birinchi qismi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709763" id="-6709763">“Kassatsiya shikoyati (protesti) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709764" id="-6709764">28) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-6717120">416 — 419<sup>3</sup>-moddalar</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709765" id="-6709765">“416-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709769" id="-6709769">Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709770" id="-6709770">Kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709772" id="-6709772">417-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709773" id="-6709773">Kassatsiya tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709775" id="-6709775">418-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709780" id="-6709780">Kassatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709783" id="-6709783">419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709785" id="-6709785">Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709787" id="-6709787">1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709789" id="-6709789">2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709791" id="-6709791">3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709793" id="-6709793">4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709795" id="-6709795">5) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709799" id="-6709799">Ushbu Kodeks 372<sup>2</sup>-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372<sup>4</sup>-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709803" id="-6709803">419<sup>1</sup>-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709806" id="-6709806">Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709808" id="-6709808">1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709810" id="-6709810">2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709813" id="-6709813">Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709814" id="-6709814">419<sup>2</sup>-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni koʻradigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709815" id="-6709815">Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqib:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709816" id="-6709816">1) ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709818" id="-6709818">2) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizani (arizani), ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709819" id="-6709819">3) ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709820" id="-6709820">4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709821" id="-6709821">419<sup>3</sup>-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709822" id="-6709822">Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) mazkur bobda birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) uchun nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709823" id="-6709823">29) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3525470">IV boʻlim</a> quyidagi mazmundagi 46-bob bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6709824" id="-6709824">“46-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709825" id="-6709825">419<sup>4</sup>-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709826" id="-6709826">Birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan quyidagilar tomonidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709827" id="-6709827">ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709835" id="-6709835">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709836" id="-6709836">prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709839" id="-6709839">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan, shuningdek ushbu sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiyasi boʻyicha qabul qilingan hamda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709843" id="-6709843">ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar shikoyat berishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709848" id="-6709848">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlariga asosan protest keltirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709850" id="-6709850">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709852" id="-6709852">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709853" id="-6709853">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan taftish tartibida protest keltirishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709918" id="-6709918">419<sup>5</sup>-modda. Taftish tartibida shikoyatlarni (protestlarni) koʻradigan sudlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709920" id="-6709920">Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709922" id="-6709922">1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709924" id="-6709924">2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709926" id="-6709926">3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709931" id="-6709931">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilgan tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709933" id="-6709933">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709934" id="-6709934">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan keltirilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709936" id="-6709936">419<sup>6</sup>-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi va muddati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709938" id="-6709938">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) mazkur sudlar nomiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709940" id="-6709940">Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda shikoyatni (protestni) ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709942" id="-6709942">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709944" id="-6709944">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709946" id="-6709946">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709948" id="-6709948">Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709950" id="-6709950">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709953" id="-6709953">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 419<sup>4</sup>-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar murojaat qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan ortiq boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709954" id="-6709954">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud (sudya) tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709956" id="-6709956">Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709957" id="-6709957">419<sup>7</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709959" id="-6709959">Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709960" id="-6709960">1) shikoyat (protest) yoʻllanilayotgan taftish instansiyasi sudining nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709962" id="-6709962">2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709963" id="-6709963">3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709965" id="-6709965">4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709968" id="-6709968">5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709970" id="-6709970">6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning roʻyxati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709972" id="-6709972">Taftish tartibidagi shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709974" id="-6709974">Taftish tartibidagi protest uni keltirgan prokuror tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709975" id="-6709975">Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709977" id="-6709977">419<sup>8</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709978" id="-6709978">Taftish tartibidagi shikoyatga quyidagilar ilova qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709979" id="-6709979">davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709981" id="-6709981">taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan hollarda, uning imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709982" id="-6709982">Prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha taftish tartibidagi protestga ushbu Kodeks 419<sup>4</sup>-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning protest keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709983" id="-6709983">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan taftish tartibidagi shikoyat (protest) mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709985" id="-6709985">Zarur hollarda, sudya taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs zimmasiga shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709987" id="-6709987">Sudning arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya va taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga ularni taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709988" id="-6709988">Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga gʻayriqonuniy ravishda oʻtkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709990" id="-6709990">419<sup>9</sup>-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709993" id="-6709993">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qabul qilish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709995" id="-6709995">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida yoki qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6709997" id="-6709997">419<sup>10</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6709999" id="-6709999">Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710012" id="-6710012">1) taftish tartibidagi shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710015" id="-6710015">2) taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 419<sup>7</sup>-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 419<sup>8</sup>-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710019" id="-6710019">3) taftish tartibidagi shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710022" id="-6710022">4) taftish tartibidagi shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710024" id="-6710024">5) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710027" id="-6710027">6) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu Kodeks 419<sup>6</sup>-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710030" id="-6710030">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710032" id="-6710032">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710034" id="-6710034">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710036" id="-6710036">Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710039" id="-6710039">419<sup>11</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710041" id="-6710041">Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710042" id="-6710042">1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710044" id="-6710044">2) shikoyat (protest) qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710045" id="-6710045">3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710046" id="-6710046">4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710048" id="-6710048">5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710049" id="-6710049">6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710052" id="-6710052">7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan shikoyat (protest) mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710054" id="-6710054">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710056" id="-6710056">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710060" id="-6710060">419<sup>12</sup>-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710064" id="-6710064">Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710066" id="-6710066">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710069" id="-6710069">Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni taftish instansiyasida koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710108" id="-6710108">419<sup>13</sup>-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710110" id="-6710110">Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710112" id="-6710112">Sudya sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710115" id="-6710115">419<sup>14</sup>-modda. Ishni talab qilib olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710117" id="-6710117">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710119" id="-6710119">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 419<sup>4</sup>-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan oʻz vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710121" id="-6710121">419<sup>15</sup>-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710125" id="-6710125">Ushbu Kodeksning 419<sup>4</sup> — 419<sup>8</sup>-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan unga ilova qilingan materiallar asosida, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olib oʻrganiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710127" id="-6710127">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710129" id="-6710129">1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 419<sup>10</sup>-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710131" id="-6710131">2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 419<sup>11</sup>-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710133" id="-6710133">3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710135" id="-6710135">4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710138" id="-6710138">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710139" id="-6710139">Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmay chiqariladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710141" id="-6710141">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat bergan shaxsga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710143" id="-6710143">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish haqidagi yoki uni ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710146" id="-6710146">419<sup>16</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710147" id="-6710147">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710149" id="-6710149">1) ajrim chiqarilgan sana va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710151" id="-6710151">2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710152" id="-6710152">3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710153" id="-6710153">4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710154" id="-6710154">5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710156" id="-6710156">6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish sabablari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710158" id="-6710158">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning arizasiga koʻra bekor qilishga va ishni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710160" id="-6710160">Taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710162" id="-6710162">Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710164" id="-6710164">419<sup>17</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrim</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710166" id="-6710166">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710167" id="-6710167">1) ajrim chiqarilgan sana va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710168" id="-6710168">2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710169" id="-6710169">3) shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710170" id="-6710170">4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710172" id="-6710172">5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710173" id="-6710173">6) shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710174" id="-6710174">7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ish koʻriladigan vaqt va joy.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710176" id="-6710176">Taftish tartibidagi protest kelib tushgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710180" id="-6710180">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi oʻzi chiqargan ajrim bilan birga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710183" id="-6710183">419<sup>18</sup>-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710185" id="-6710185">Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi koʻrsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710186" id="-6710186">Ish taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bu holda ularga ishni taftish tartibida koʻradigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning koʻrilishiga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710187" id="-6710187">419<sup>19</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710188" id="-6710188">Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710190" id="-6710190">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710191" id="-6710191">Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710194" id="-6710194">419<sup>20</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710195" id="-6710195">Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710197" id="-6710197">1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710198" id="-6710198">2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710199" id="-6710199">3) shikoyat (protest) ushbu sud tomonidan taftish tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710200" id="-6710200">4) shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza shikoyatni bergan shaxsdan shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710201" id="-6710201">5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710203" id="-6710203">6) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710204" id="-6710204">7) shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710206" id="-6710206">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710207" id="-6710207">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibida shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710210" id="-6710210">419<sup>21</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qoʻshilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710217" id="-6710217">Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qoʻshilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qoʻshilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710218" id="-6710218">Shikoyatga (protestga) qoʻshilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710219" id="-6710219">419<sup>22</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar berish (eʼtirozlar bildirish)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710222" id="-6710222">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlarni (eʼtirozlarni) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710224" id="-6710224">Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710225" id="-6710225">419<sup>23</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) toʻldirish, oʻzgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710227" id="-6710227">Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710228" id="-6710228">Taftish tartibida protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710229" id="-6710229">Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, taftish instansiyasi sudi ajrim chiqarib, shikoyat (protest) boʻyicha taftish tartibida ish yuritishni tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710230" id="-6710230">Shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli u boʻyicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710231" id="-6710231">419<sup>24</sup>-modda. Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710232" id="-6710232">Taftish tartibida shikoyat (protest) berilganidan keyin daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida taftish instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida daʼvogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710233" id="-6710233">Taftish instansiyasi sudi daʼvodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710234" id="-6710234">Daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda taftish instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710235" id="-6710235">Agar daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid boʻlsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan boʻlsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni taftish tartibida koʻradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710236" id="-6710236">419<sup>25</sup>-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710237" id="-6710237">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710238" id="-6710238">Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710239" id="-6710239">Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710240" id="-6710240">Taftish tartibidagi protest Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710241" id="-6710241">419<sup>26</sup>-modda. Taftish instansiyasi sudida ishni koʻrish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710242" id="-6710242">Taftish tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710243" id="-6710243">Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710244" id="-6710244">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710245" id="-6710245">Taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining koʻchirma nusxasi ishni koʻrishda ishtirok etgan shaxslarga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710246" id="-6710246">419<sup>27</sup>-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710248" id="-6710248">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishni taftish tartibida koʻrayotganida sud hujjatlarining qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710250" id="-6710250">Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini toʻliq hajmda tekshirib chiqishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710253" id="-6710253">419<sup>28</sup>-modda. Shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻradigan sudning vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710255" id="-6710255">Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710257" id="-6710257">1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710259" id="-6710259">2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710260" id="-6710260">3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710261" id="-6710261">4) ushbu Kodeks 372<sup>2</sup>-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 372<sup>4</sup>-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710262" id="-6710262">5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710263" id="-6710263">6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710265" id="-6710265">419<sup>29</sup>-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710266" id="-6710266">Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710268" id="-6710268">Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi toʻgʻrisidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan koʻrilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710269" id="-6710269">30) 438-moddaning <a href="/acts/-3517337?ONDATE=01.04.2018 00#-3526529">matnidagi</a> “Apellatsiya yoki kassatsiya” degan soʻzlar “Apellatsiya, kassatsiya yoki taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710270" id="-6710270">31) <a href="/acts/-3517337?ONDATE=13.01.2021 00#-5221794">460-modda</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-6710271" id="-6710271">“460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan hal qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710272" id="-6710272">Apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi huquq toʻgʻrisidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710273" id="-6710273">Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha hech qanday koʻrsatma boʻlmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan koʻrib chiqadi va hal qiladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710274" id="-6710274"><strong>2-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710275" id="-6710275">hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710276" id="-6710276">respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710277" id="-6710277">ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6710279" id="-6710279"><strong>3-modda.</strong> Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6710280" id="-6710280">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6710282" id="-6710282">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6710285" id="-6710285">2023-yil 25-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6710287" id="-6710287">OʻRQ-887-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6709309" id="-6709309">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
