|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.10.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALAR, TAShKILOTLAR VA MUASSASALARGA BOZOR JAMGʻARMASI TOVARLARINI MAYDA ULGURJI SAVDO BOʻYIChA SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni bozor jamgʻarmasining baʼzi tovarlari bilan mayda ulgurji tartibda taʼminlash barcha tizimdagi savdo tashkilotlariga yuklatilganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo tashkilotlari boʻlmagan isteʼmolchilarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini sotish Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamgʻarmasi tovarlarini mayda ulgurji savdo boʻyicha sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1992-yil 8-iyuldagi 314-son qaroriga muvofiq amalga oshirilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida baravar toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-Kuponlar”ni muomalaga kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qarorining 14-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Soʻm-Kuponlar” muomalasi tartibini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-noyabrdagi 578-son qarori 3-bandining ikkinchi xat boshi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 25-fevral,
96-son