Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Hujjat 06.07.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarorining 3-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-iyul,
157-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 6-iyuldagi 157-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat teatr-tomosha muassasalarining maqomida:
kirish qismining to‘rtinchi va o‘n birinchi xatboshida, 2, 4-bandlarida, 10-bandning birinchi xatboshida, 11, 13, 15-bandlari, 17-bandning “b” kichik bandida va IV bo‘limning birinchi xatboshida “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport ishlari” so‘zlari qo‘shilsin;
18-bandning o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chetdan keladigan teatr-tomosha muassasalariga respublika hududida gastrolda bo‘lish uchun guvohnoma berish huquqi faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga (teatr jamoalariga), M. Qoriyoqubov nomidagi O‘zbekiston Davlat filarmoniyasiga (konsert-filarmoniya jamoalariga), “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga (estrada jamoalariga) beriladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1995-yil 26-iyundagi 236-son qarorida:
a) O‘zbekiston Respublikasining muzey boyliklari fondi to‘g‘risidagi nizomning 1.2-bandiga, 3.1-bandining birinchi xatboshiga, 3.3-bandiga, 3.4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshiga, 3.5-bandiga, 4.1-bandining ikkinchi xatboshiga, 5.3, 7.3 va 7.5-bandlariga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport ishlari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi davlat muzeylarida saqlanayotgan muzey boyliklarini ro‘yxatga olish, ularni jamlash va saqlash to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2.2, 2.9, 2.11, 2.13-bandining birinchi va ikkinchi xatboshiga, 3.1, 3.3-bandlariga, 6.4-bandining birinchi va ikkinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport ishlari” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston qo‘shiq bayrami to‘g‘risida” 1996-yil 18-noyabrdagi 403-son qarorida:
a) 1, 5-bandlarga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin, shuningdek 5-banddagi “Ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston qo‘shiq bayrami to‘g‘risidagi nizomning 1-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin, shuningdek, “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qarorida:
a) 3-bandga va 7-bandning birinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
b) Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga va 18-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 5-martdagi 98-son qarorining 3 va 5-bandlariga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin, shuningdek 5-bandda “Makroiqtisodiyot va statistika” so‘zlari “Iqtisodiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 22-maydagi 223-son qarorida:
beshinchi xatboshidagi “Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin;
b) “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi to‘g‘risidagi nizomning 1, 3, 20-bandlariga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti nizomining 4-bandiga “Madaniyat” so‘zidan keyin “va sport” so‘zlari qo‘shilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 244-son qarorida:
a) 1-bandda va 6-bandning birinchi xatboshida “Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi” so‘zlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshidan “Madaniyat ishlari vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining “Umid nihollari” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibida (2-ilova) “Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin, shuningdek, “Zokirov F.K. — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
g) O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibida (3-ilova) “Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin, shuningdek, “Zokirov F.K. — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
d) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibida (4-ilova) “Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin, shuningdek, “Zokirov F.K. — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 192-modda; 2008-y., 44-45-son, 444-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/864/2101-son)