

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                            <div class="act_warning">
                                <b>Hujjat 14.10.2013 00 sanasi holatiga</b>
                                <br />
                                <a style="color: green" href="/acts/-622966">
                                    Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                            </div>
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-622966">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6112"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC6123"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;</span></div><div id="LBC6125"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);</span></div><div id="LBC7576"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-622966">[<b>TSZ:</b><div id="LS3679"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;</span></div><div id="LS3805"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini muhofaza qilish;</span></div><div id="LS3811"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-622982">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-622983">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-622985">Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-622986"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-622988">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-622992">1. Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-622966#-623012">Nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-622994">Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan va maxsus komendatura hisobidan chiqarilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazlari jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Maxsus komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-622996"></a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-2354225">2. “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-622966?ONDATE=19.04.1999 00#-623147">Nizom</a> 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-622999">“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari rahbarlariga tegishli fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislarining maoshlariga teng miqdorda oylik ish haqi belgilansin.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623000">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 1999-yil may oyidan boshlab “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari rahbarlari taʼminoti uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni mahalliy budjet hisobidan ajratib turish topshirilsin.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-623000"><a href="/acts/-622966?ONDATE=10.03.2014 00#edi-2354227">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2252899"><a href="/acts/-622966?ONDATE=19.04.1999 00#-623002">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2252899">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-sonli <a href="/acts/-2248961?ONDATE=14.10.2013 00#-2249118">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 549-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623003">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-623005">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-623007">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-623008">1999-yil 19-aprel, </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-623010">180-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-623012"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-623017">Vazirlar Mahkamasining 1999-yil <br />19-apreldagi 180-son <a href="/acts/-622966#-622982">qaroriga </a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-623019">Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar<a href="/acts/-622966#-623034">*</a> toʻgʻrisidagi </a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-623034">* — keyingi oʻrinlarda matn boʻyicha “maxsus komissiyalar”</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-623021">NIZOM </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-623022"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-623025">I. MAXSUS KOMISSIYALARNI TUZISH TARTIBI, ULARNING VAZIFALARI VA VAKOLATLARI</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623026">1. Tegishli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishda va ularning ijtimoiy-maishiy taʼminotida yordam koʻrsatish jarayonida qatnashishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari huzurida jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus komissiyalar tashkil etiladi. Maxsus komissiyalar mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻradi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-623026"><a href="/acts/-622966?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6022550">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623027">2. Istisno tariqasida Maxsus komissiyalar tuman markazidan ancha olisda joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida ham tuzilishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida Maxsus komissiyalar tuzishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala tegishli viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi tomonidan hal etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623031">3. Maxsus komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mehnat birjalari, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, kasaba uyushmalari, yoshlar va boshqa jamoat birlashmalari hamda mehnat jamoalari vakillaridan rais (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, tegishli hokimliklar hokimi oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, masʼul kotib (Ichki ishlar vazirligining joylardagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan ishlash boʻlinmalarining boshligʻi) va komissiya aʼzolaridan kamida olti kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga nomzodlar tegishli davlat organlari rahbarlari va jamoat birlashmalari tomonidan tajribali tarbiyachilar, pedagoglar, huquqshunoslar, jamoatchilikning boshqa vakillaridan koʻrsatiladi hamda ularning taqdimnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimligi majlisida 2 yil muddatga tasdiqlanadi. Maxsus komissiyalar tarkibiga ichki ishlar organlari, prokuratura, sud, shuningdek advokatura xodimlari ham kirishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623051">4. Zaruriyatga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari tegishli Maxsus komissiyalar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623052">5. Maxsus komissiyalar oʻzlarining butun faoliyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimliklar oldida masʼuldirlar va ularga hisobot beradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623053">Viloyatlar, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari vaqti-vaqti bilan, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻz majlislarida Maxsus komissiyalar hisobotlarini eshitadi. Maxsus komissiyalar aʼzolari ularning nomzodini koʻrsatgan organlar, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalariga oʻz ishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot beradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623054">6. Maxsus komissiyalar oʻz vakolatlariga tegishli barcha masalalar boʻyicha mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, turli jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish muassasalari maʼmuriyati, hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar ishi boʻyicha komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623055">7. Maxsus komissiyalar aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida, ushbu Nizomga asoslanib, asosiy ish vaqtidan boʻsh paytda bajaradilar, oʻz asosiy ishidan chalgʻish bilan bogʻliq topshiriqlarni bajarish xollarida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi va ularning sarf-xarajatlari qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7207428">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining <a href="/acts/6263719">15-bobi</a> (“Mehnatga haq toʻlash”).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623056">8. Maxsus komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623057">ishga joylashtirish, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va huquqni muhofaza qilish organlari, jazoni ijro etish muassasalari, jamoat birlashmalarining, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga joylashtirish va ularga ijtimoiy-maishiy jihatdan zarur yordam koʻrsatish boʻyicha korxonalar maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623058">jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari ishini bevosita tashkil etish va ularning faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623059">ushbu shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi va asosliligini tekshirish; ularning qonuniy huquq va manfaatlari kamsitilishining oldini olish; tegishli davlat organlari tomonidan ilgari sudlangan shaxslarning shikoyatlari, arizalari va xatlari oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini nazorat qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623060">korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda axloq tuzatish ishlariga hukm etilgan, shuningdek, jazoni oʻtash joylaridan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat oʻrnatish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623061">9. Maxsus komissiyalar oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623063">oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari maʼmuriyatidan, jamoat birlashmalaridan oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni hal etishda koʻmaklashishni, komissiyaning ishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623065">jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻrish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623068">zaruriyat boʻlganda ichki ishlar, prokuratura va sud organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatidan jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni tavsiflovchi maʼlumotlar taqdim etilishini soʻrash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623071">oʻz majlislarida mehnat, ijtimoiy taʼminot organlari, korxonalar, ijtimoiy moslashuv markazlari rahbarlarining jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, ularning axloqini tuzatish va qayta tarbiyalash boʻyicha ishlar toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitish, ushbu faoliyatdagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida takliflar kiritish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623074">mansabdor shaxslar Maxsus komissiyalar qarorlarini bajarmagan taqdirda tegishli davlat organlari oldiga ularga nisbatan intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi, jamoat birlashmalari oldiga esa jamoat taʼsiri koʻrsatish chora-tadbirlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish; </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623076">jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini kamsitgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga taqdimnomalar bilan kirish. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar maʼmuriyatlari Maxsus komissiyalarning taqdimnomasi boʻyicha ishga joylashtirilgan shaxslar ishdan boʻshaganlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-623076"><a href="/acts/-622966?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6022553">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-623079">II. MAXSUS KOMISSIYALAR ISHINI TASHKIL ETISH </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623082">10. Maxsus komissiya oʻz ishini komissiya majlisida tasdiqlangan reja asosida tashkil etadi. Maxsus komissiya majlislari rais tomonidan, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari tomonidan zaruriyatga koʻra, biroq har oyda kamida bir marta chaqiriladi. Komissiya aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlgan taqdirda majlis huquqiy vakolatli hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623085">Komissiya majlisida barcha masalalar oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi, ovozlar teng boʻlganda esa raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi. Komissiyaning qarori majlis bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnoma komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623096">11. Maxsus komissiya raisi, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislari muntazam chaqirilishini taʼminlaydi, koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalar doirasini aniqlaydi, komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623099">12. Maxsus komissiya aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar uning majlisida taqsimlanadi. Maxsus komissiya aʼzolariga ularning ish ixtisosiga muvofiq quyidagi aniq funksional vazifalar yuklanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623102">jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ishga joylashishda koʻmaklashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623105">ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta va takroran huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ish usullarini takomillashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623108">tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu masalaga taalluqli qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish va ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-623108"><a href="/acts/-622966?ONDATE=05.04.2022 00#edi-6022561">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623109">jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlariga ajratiladigan pul mablagʻlarining sarflanishini nazorat qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623113">13. Maxsus komissiya majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalar xususiyatiga bogʻliq ravishda huquqni muhofaza qilish, mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat muassasalari, mehnat jamoalari rahbarlari, shuningdek jamoat birlashmalari vakillari taklif etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623115">14. Komissiyaning mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, korxonalar va muassasalar, jamoat birlashmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, takliflari va tavsiyalari bajarilishi majburiydir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-629610">Ularning rahbarlari komissiyaning qarorlari, takliflari va tavsiyalariga rozi boʻlmaganlari taqdirda masala koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarga kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623118">Koʻrsatib oʻtilgan muassasalar, shuningdek korxonalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari rahbarlari va boshqalar ikki hafta muddatda Maxsus komissiyaga uning qarorlari, takliflari va tavsiyalari bajarishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilishlari shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623121">15. Maxsus komissiyalar qarorlari ustidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarga shikoyat qilish mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-623125">III. MAXSUS KOMISSIYALAR ISHIGA RAHBARLIK QILISH</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623127">16. Maxsus komissiyalar faoliyatiga rahbarlik qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623129">17. Maxsus komissiyalarga texnik xizmat koʻrsatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar apparatlari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-623132">Maxsus komissiya faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623135"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE" style="color:#808080;"><a id="-623144">Vazirlar Mahkamasining 1999-yil <br />19-apreldagi 180-son<a href="/acts/-622966?ONDATE=19.04.1999 00#-622982"> qaroriga <br /></a>2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL" style="color:#808080;"><a id="-623147">“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM" style="color:#808080;"><a id="-623150">NIZOM </a></div><div class="BY_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623151"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623154">I. UMUMIY QOIDALAR</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623158">1. Ushbu Nizom “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalarini tashkil etish, ular bilan ishlash, ularga rahbarlik qilish, shuningdek uyushma aʼzolarining vazifalari, vakolatlari, huquq va burchlarini belgilab beruvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatdir.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623160">2. Tuzilmalarni tashkil etishdan asosiy maqsad — fuqarolarning faolligini oshirish yoʻli bilan huquqiy demokratik davlat qurish jarayonini jadallashtirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat boshqaruv tizimining ayrim vakolatlarini bajarishiga keng yoʻl ochish, osoyishtalikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlashda davlat idoralari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamkorlikda ish olib borishini taʼminlash, aholining oʻzaro hamjihatligini oshirishdan iboratdir.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623163">3. Har bir mahallada, aholi istiqomat qiluvchi joylarda, qishloq va ovullarda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda aholi orasidan oʻzi istiqomat qilayotgan hududda osoyishtalikni taʼminlash va siyosiy-ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam berish istagini bildirgan, maʼnaviy pok, sogʻlom fikrli koʻngillilar aniqlanib, ular jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi tuzilmaga birlashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623165">4. “Mahalla posboni” tuzilmasi rahbariga mahalliy budjet hisobidan tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining maoshiga teng miqdorda oylik ish haqi belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623167">5. “Mahalla posboni” tuzilmasiga uning oʻz ishchanlik va boshqaruvchilik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi, oʻz safdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻla oladigan aʼzosi mahalla fuqarolar yigʻini kengashining qarori bilan rahbar etib tayinlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623169">II. “MAHALLA POSBONI” JAMOAT TUZILMASIGA QABUL QILISH</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623173">6. “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasiga Fuqarolar yigʻini kengashining qaroriga binoan ongli ravishda vatan va xalq manfaatlari yoʻlida sadoqat bilan begʻaraz xizmat qilishga tayyor, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, pok, iymon-eʼtiqodli, yuksak insoniy va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga koʻngilli ravishda yordam berish istagini bildirgan tegishli mahallada istiqomat qiluvchi 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623176">7. Tuzilmaga qabul qilish uchun tanlangan nomzodning shaxsi va turmush tarzi mahalla fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolari tomonidan militsiya hududiy inspektori ishtirokida oʻrganib chiqilib, lozim topilgan taqdirda fuqarolar yigʻini kengashining tegishli qaroriga asosan fuqaro mahalla posboni deb eʼlon qilinib, jamoat tuzilmasiga qabul qilinadi (“posbonlar” deb ataladi).</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623177">8. Posbonlar soni mahalla hududining tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-demografik, kriminogen xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mahalla fuqarolar yigʻini kengashining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ijobiy tavsiflangan shaxslarni posbonlikka qabul qilishda va oʻzlarini salbiy tomondan namoyon etgan shaxslarni posbonlikdan chiqarishda ushbu maʼmuriy hududga biriktirilgan militsiya hududiy inspektorining fikri inobatga olinadi. Posbonlarni tuzilmaga qabul qilish va aʼzolikdan chiqarish faqatgina fuqarolar yigʻini kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623180">9. Oʻzining turmush tarzi bilan mahalla ahli oʻrtasida salbiy tavsiflangan, ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turuvchi, hamda muqaddam sudlangan shaxslar posbonlikka qabul qilinmaydilar.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623183">10. Posbonlarning soni mahallaning katta-kichikligi, ushbu hududda yashaydigan aholi soni hamda yuzaga kelgan vaziyat va uni barqarorlashtirish yoʻlidagi maqsadlardan kelib chiqqan holda fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan oʻzgartirilishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623187">III. “MAHALLA POSBONI” JAMOAT TUZILMALARI BILAN ISHLASH</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623190">11. Mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va ushbu hududda huquq-tartibotni mustahkamlashga aloqador vazifalarni amalga oshirish, fuqarolar bilan muomala madaniyati, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan va boshqa masalalar yuzasidan tuzilmaga qabul qilingan har bir posbon bilan ushbu maʼmuriy hududga biriktirilgan militsiya hududiy inspektori hamkorlikda ish olib boradi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623193">12. Posbonlarga mahalla hududida huquq-tartibotni mustahkamlash bilan bogʻliq vazifalarni ado etishda birinchi navbatda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonunchilikka, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya etish zarurligi uqdiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623196">13. Posbonlarga mahalla hududida xizmat qilish jarayonida qoʻlga va koʻkrakka taqiladigan maxsus yozuvli belgilar beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623199">14. Posbonlar roʻyxati, ularga qoʻlga va koʻkrakka taqiladigan maxsus belgilarning berilganligi, har biri bilan yakka tartibda oʻtkazilgan suhbatlar natijalari maxsus kitobda qayd etib boriladi. Ushbu qayd kitobi militsiya hududiy inspektorining xizmat xonasida saqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623201">15. Mahalla hududida joylashgan davlat idoralari va jamoatchilik uyushmalari, barcha tashkilotlar, korxonalar va muassasalar mahallada istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar ushbu hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashda posbonlarga koʻmak berishlari lozim.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623204">IV. “MAHALLA POSBONI” VAZIFALARI</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623207">16. Mahalla posbonlari oʻzlari yashayotgan hududda sodir etilishi mumkin boʻlgan turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishda, sodir etilgan jinoyatlarni ochishda, shuningdek aholi bilan turli profilaktik va ogohlantiruvchi mazmundagi tadbirlarni oʻtkazishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning eng yaqin koʻmakchilari hisoblanadilar. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623210">17. Posbonlar mahalla fuqarolar yigʻini hamda ichki ishlar organlari xodimlariga ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga va mahallada huquq-tartibotni mustahkamlashga aloqador boʻlgan quyidagi vazifalarni bajarishda yordam beradilar:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623212">fuqarolarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mahalla hududida qonun ustuvorligini va osoyishtalikni taʼminlash, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya qilinishini, jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash, mahallada tartib oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623216">muayyan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan pasport rejimiga amal qilinishini tekshirish va nazorat qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623219">aholi oʻrtasida yongʻin va harakat xavfsizligiga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623221">mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qoʻyganlarni, oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarliklar sodir etuvchilarni, oʻzlarining jamiyatga zid xatti-harakatlari bilan farzandlari tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shugʻullanmaydigan ota-onalarni, notinch oilalarni, voyaga yetmaganlarni turli huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi shaxslarni, yoshlar ongini zaharlab, ularni turli diniy ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga olish maqsadida bunday tashkilotlarga aʼzo boʻlishga daʼvat etuvchi, turli noqonuniy targʻibot va tashviqot ishlari olib boruvchi shaxslarni, oʻsmirlarga qonunga xilof ravishda diniy taʼlim beruvchilarni, konstitutsion qonuniy tuzimga qarshi turli boʻhtonlarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash va ular bilan profilaktik-tarbiyaviy tushuntirish ishlari olib borish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623222">ichki ishlar idoralari hisobida turuvchi, tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlar bilan aniq maqsadli profilaktik tadbirlar olib borish; </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623224">mahallalarni obodonlashtirish yuzasidan turli hasharlar va tadbirlarni amalga oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623226">18. Mahalla posbonlari tabiiy ofatlar, ommaviy tartibbuzarliklar va boshqa favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibini saqlash, va bunday hollarning oqibatlarini tugatishda tegishli davlat idoralariga yaqindan yordam beradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623228">19. Mahalla hududida ogʻir turdagi, murakkab va koʻp epizodli jinoyatlar sodir boʻlganda ularni ochish, aybdor shaxslarni aniqlash, surishtiruv-tergov ishlari olib borishda ichki ishlar organlari xodimlari posbonlardan yordamchi sifatida foydalanadilar. Ular jinoyatga aloqador boʻlgan barcha shaxslarni aniqlash, ushlash, tintuv oʻtkazishda faol qatnashadilar.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623229">20. Mahalla posbonlariga ichki ishlar organlarini:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623230">noqonuniy ravishda mahallada istiqomat qilayotgan, uzoq muddatdan buyon uyiga kelmayotgan va oʻz uyida yashamayotgan, oʻz uyini ishratxonaga aylantirgan, qoʻshmachilik bilan shugʻullanayotgan hamda qonunda belgilangan boshqa meʼyorlarni buzayotgan shaxslar toʻgʻrisida;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623231">qaysi hududda sodir etish uchun moʻljallanganligidan qatʼi nazar, oʻzlariga maʼlum boʻlgan, sodir etish uchun tayyorgarlik koʻrilayotgan jinoyatlar toʻgʻrisida xabardor qilib turish uqdiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623232">21. Mahalla posbonlariga qonunga xilof topshiriqlarni berish taqiqlanadi, tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan yoki jinoyatga aloqador maʼlumotlar boʻlgan, protsessual, bevosita ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi ishlarni koʻrib chiqish va hal etishni ularga topshirish, ularni davlat va xizmat siriga ega boʻlgan hujjatlar bilan tanishtirish qatʼiy taqiqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623233">V. MAHALLA POSBONLARINING HUQUQLARI</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623234">22. Posbonlar mahalla hududida tartib oʻrnatish va roʻy berishi mumkin boʻlgan turli qonunbuzarliklarning oldini olishda militsiya hududiy inspektorining yordamchilari hisoblanadilar. Ularga quyidagi huquqlar beriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623235">kim tomonidan amalga oshirilayotganidan qatʼi nazar, mahalla hududida sodir etilayotgan har qanday koʻrinishdagi huquqbuzarliklarni toʻxtatishni fuqarolardan talab qilish. Boshqa taʼsir choralari qolmagan taqdirda tartibbuzar shaxslarni militsiya hududiy inspektori xizmat xonasiga, ichki ishlar organiga olib kelish yoki militsiya xodimlariga topshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623236">jinoyat sodir etilgan joyda boʻlgan fuqarolardan hamda zarur hollarda mahalla hududida paydo boʻlib qolgan shubhali shaxslardan pasportini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni koʻrsatishni talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623237">huquqbuzarliklarni bartaraf etish chogʻida huquqbuzar shaxslardan ularni sodir etish vositalarini olib qoʻyish va darhol militsiya hududiy inspektoriga yoki ichki ishlar idorasiga topshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623238">mahalla hududida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga amal qilmagan haydovchilarni tartibga chaqirish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623239">mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasidagi turli nizolarni hal qilishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni muhokama qilishda, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga moyil shaxslar bilan huquqiy-tarbiyaviy mazmundagi suhbatlarda va qonunda belgilangan tartibda boshqa ogohlantiruv-profilaktik suhbatlar chogʻida bevosita ishtirok etib, oʻzining fikr va mulohazalarini bildirish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623240">mahalla hududida osoyishtalikni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan va boshqa tadbirlarni oʻtkazish jarayonida qoʻlga va koʻkrakka taqiladigan maxsus belgilarni taqib yurish;</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623241">huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat tartibini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga doir tegishli takliflar kiritish.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623242">23. Mahalla hududida huquq-tartibotni mustahkamlashga aloqador vazifalarni bajarishda yordam berish istagini bildirgan posbonlarga beriladigan topshiriqlar faqatgina ushbu Nizom doirasida boʻlib, ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi vazifalarni posbonlar bevosita oʻzlari koʻrib chiqish huquqiga ega emaslar.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623243">24. Militsiya hududiy inspektori fuqarolar yigʻini kengashi bilan birgalikda:</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623244">posbonlarga berilgan vazifalarni bajarish usullari toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalar beradi, yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, oʻzaro aloqa va hamkorlik qilish yoʻllarini belgilab beradi; </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623245">posbonlarning oʻzlariga yuklatilgan jamoatchilik topshiriqlari mohiyatini va uni bajarish yoʻllarini qay darajada tushunganligi qatʼiy tartibda tekshirib koʻriladi. Ularning olib borayotgan ishlari, jamoatchilik asosida berilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi xatti-harakatlari muntazam nazorat qilib boriladi. Ulardan olingan maʼlumotlarga koʻra qaror qabul qilishda ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligi albatta tekshirib koʻriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623246">25. Xizmat qilish jarayonida ijobiy tavsiyanomaga ega boʻlgan posbonlarga ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishda alohida imkoniyatlar yaratiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623247">26. Jamoatchilik topshirigʻini bajarishda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻygan yoki noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan mahalla posbonlariga nisbatan barcha hujjatlar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623248">27. Jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda, jamoat tartibini saqlashda, shuningdek jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlashda, qoʻlga olishda va boshqa muhim topshiriqlarni bajarishda oʻrnak koʻrsatgan posbonlar qonunda belgilangan tartibda hokimliklar va ichki ishlar organlari rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirilishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623249">28. Jinoyatchilikka qarshi kurash va xalq osoyishtaligini taʼminlashda alohida oʻrnak koʻrsatgan fuqarolar qonunda belgilangan tartibda hukumat mukofotlariga taqdim etiladilar.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623250">VI. MAHALLA POSBONLARINING BURCHLARI</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623251">29. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari talablariga toʻliq rioya etish, fuqarolar bilan munosabatda ogʻir, vazmin va xushmuomala boʻlish, nizoli masalalarni hal etishda adolatli boʻlish.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623252">30. Mahallada yoki oʻzlari istiqomat qilayotgan joylarda jinoyat sodir etilganda bu toʻgʻrida zudlik bilan ichki ishlar organiga yoki militsiya hududiy inspektoriga xabar berish va huquqni himoya qiluvchi idoralar xodimlari kelgunga qadar jinoyat sodir etilgan joylarga boshqa shaxslarning kirmasligi, jinoyat izlari va jinoyatga aloqador boʻlgan barcha ashyoviy dalillarning yoʻqolmasligi choralarini koʻrish.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623253">31. Jinoyat, huquqbuzarlik yoki baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlangan shaxslarga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatish, ularning qarindosh-urugʻlarini voqeadan xabardor qilish, tibbiy muassasalarga va tegishli idoralarga xabar berish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT" style="color:#808080;"><a id="-623254">VII. “MAHALLA POSBONI” JAMOAT TUZILMASIGA RAHBARLIK QILISH</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623255">32. “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasiga rahbarlik qilish amaldagi qonunlar asosida olib boriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623256">33. Posbonlarga mahalla fuqarolar yigʻini raisi va ushbu maʼmuriy hududga biriktirilgan militsiya hududiy inspektori rahbarlik qiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623257">34. Vazifalarni bajarishda jamoatchilik vakili boʻlgan posbonlar tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, ularning sabablari oʻrganib chiqilib, bartaraf etish choralari koʻriladi, kelgusida bu kabi vazifalarni qonun doirasida toʻliq hal etish boʻyicha amaliy-uslubiy yordamlar koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT" style="color:#808080;"><a id="-623258">35. Mahalla posbonlarining faoliyati yuzasidan umumiy nazorat qilish ushbu hududdagi fuqarolar yigʻini kengashiga va militsiya hududiy inspektori zimmasiga yuklanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3935"></label><a id="edi-623258"><a href="/acts/-622966?ONDATE=10.03.2014 00#edi-2354231">Keyingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2252906"><a href="/acts/-622966?ONDATE=19.04.1999 00#-623259">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2252906">(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-sonli <a href="/acts/-2248961?ONDATE=14.10.2013 00#-2249118">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 549-modda)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
