|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilova quyidagi mazmundagi 172-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
|||
|
172. |
Asosli ma’lumotlar bo‘lganda ko‘p kvartirali uylardagi joylarning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilganligi ustidan nazorat qilish. |
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi |
1 kundan oshmagan holda |
|
”. |
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-avgust,
PF-182-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 06/22/182/0710-son)