Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1837-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 30-iyundagi 55 va 68-son “Birja savdolarida polietilenni sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1837, 2008-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 289-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
55-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
31-son
Kelishildi:
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ Boshqaruv raisi Z. BADRIDDINOV
2022-yil 9-iyun
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi M. ABDULLAYEV
2022-yil 14-iyun
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2022-yil 17-iyun
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2022-yil 9-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/1837-1/0669-son)