

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6033155" id="onLBC-6033155">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7603"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.08.00 Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6033155" id="onLS-6033155">[<b>TSZ:</b><div id="LS3809"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6033180" id="-6033180">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6033181" id="-6033181">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6033182" id="-6033182">Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6033183" id="-6033183"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033184" id="-6033184">Jinoyat-protsessual qonuniga oʻzgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonunning bir xil va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033185" id="-6033185">1<strong>. </strong>Sudlarning eʼtibori ish holatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilishini taʼminlash, jinoyat sodir etilishi sabablari va unga imkon yaratgan shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishda protsessual qonun normalariga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033187" id="-6033187">2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) muvofiq sud jinoyat ishini muhokama qilishga, faqat JPK <a href="/acts/-111460#-5305433">49-bobida</a> nazarda tutilgan barcha zarur harakatlar bajarilgandan keyin kirishishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033190" id="-6033190">3. JPK <a href="/acts/-111460#-256257">406-moddasiga</a> muvofiq, har bir jinoyat ishi aynan bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vakolat muddati yakunlangani, boshqa sudyalik lavozimiga yoki boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan sudyaning (shu jumladan, xalq maslahatchisining) vakolatlari tugagan taqdirda, koʻrilishi tugallanmagan ish sudning boshqa tarkibida boshidan koʻrib chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033191" id="-6033191">4. JPK <a href="/acts/-111460#-256259">407-moddasida</a> nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq maslahatchisi sud majlisida ish muhokamasi boshlangandan tugagunga qadar uzluksiz ishtirok etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033192" id="-6033192">Qonun mazmuniga koʻra, zaxiradagi xalq maslahatchisi dalillarni tekshirishda ishtirok etishga, raislik qiluvchi ruxsati bilan soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033194" id="-6033194">5. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, ishning barcha holatlari sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq, xolisona tekshirilishini taʼminlash va haqiqatni aniqlash maqsadida qonun sud majlisida raislik qiluvchiga sud muhokamasini tashkil etish boʻyicha muayyan vakolatlar yuklatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033195" id="-6033195">Sud majlisida raislik qiluvchi butun sud muhokamasi davomida jinoyat protsessining, sud ayblov yoki himoya tarafida boʻlmasligi va ularning hech qanday manfaatlarini ifodalamasligi, balki xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda, taraflar oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishini nazarda tutuvchi muhim prinsipini taʼminlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033225" id="-6033225">6. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 25-moddasining <a href="/acts/-111460#-259902">oltinchi qismi</a>, 26-moddasining <a href="/acts/-111460#-252908">birinchi qismi</a>, <a href="/acts/-111460#-256270">409</a> va <a href="/acts/-111460#-256424">439-moddalariga</a> koʻra, prokuror sud protsessining ishtirokchisi sifatida odil sudlovni amalga oshirish uchun muhim boʻlgan huquq va majburiyatlarga ega boʻlib, bular davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasining (ayblov dalolatnomasining) xulosa qismida bayon etilgan ayblovni oʻqib eshittirish, dalillarni tekshirishda bevosita ishtirok etish: sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarni soʻroq qilish, ekspertlarning xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish, sudda bayonnomalar va ishning boshqa hujjatlarini oʻqib eshittirishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033227" id="-6033227">Qonunda bayon etilgan vazifalarni bajarish suddan jinoyat qonuni normalarini qoʻllash, sudlanuvchining harakatlarini kvalifikatsiya qilish, unga jazo turi va miqdorini belgilash, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar toʻgʻrisida xolisona fikr bayon qilish uchun prokurorga imkoniyat yaratish maqsadida jinoyat ishi muhokamasi chogʻida uning uzluksiz ishtirok etishini taʼminlashni talab etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033228" id="-6033228">JPK 412-moddasining <a href="/acts/-111460#-256291">birinchi qismi</a> talabiga muvofiq, prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda, sud jinoyat ishi muhokamasini keyinga qoldiradi. Prokuror uzrli sababsiz kelmay qolgan taqdirda, sud bu haqda yuqori turuvchi prokurorga xabar berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033230" id="-6033230">7. Shuni nazarda tutish lozimki, JPK <a href="/acts/-111460#-256279">410 — 412-moddalariga</a> muvofiq, sudlanuvchi, himoyachi va prokurorning sud majlisiga kelishi ularning majburiyati hisoblanadi, chunki bu ish materiallarini toʻliq, har tomonlama va xolisona tekshirish zarurati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, bunga rioya etmasdan qonuniy va adolatli qaror qabul qilish imkoniyati yoʻq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033232" id="-6033232">Shu munosabat bilan qayd etilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi (JPK 410-moddasining <a href="/acts/-111460#-256283">uchinchi qismi</a> bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) va uning sudga kelishini taʼminlash boʻyicha qonunda nazarda tutilgan choralar koʻrilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033234" id="-6033234">8. JPK 410-moddasining <a href="/acts/-111460#-256283">uchinchi qismiga</a> koʻra, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlib, sudga kelishdan boʻyin tovlasa, uning yoʻqligi esa ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmasa, sud ishni sudlanuvchi ishtirokisiz koʻrishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033237" id="-6033237">Sud majlisini sudlanuvchi ishtirokisiz oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda, sudya JPK 388-moddasining <a href="/acts/-111460#-3352135">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, sudlanuvchining himoyachisiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi nusxasi topshirilgan-topshirilmaganligini tekshirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033239" id="-6033239">9. JPK <a href="/acts/-111460#-5232088">414-moddasiga</a> koʻra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish faqat ish boʻyicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarga nisbatan va eʼlon qilingan ayb doirasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033241" id="-6033241">Sudlanuvchiga yoki ishga ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb etilgan yangi shaxslarga nisbatan yangi, ogʻirroq yoki haqiqiy holatga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov boʻyicha ish faqat JPK <a href="/acts/-111460#-2057292">416</a> va <a href="/acts/-111460#-2057309">417-moddalarida</a> nazarda tutilgan shartlar va tartibga rioya etgan holda muhokama qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033243" id="-6033243">10. JPK <a href="/acts/-111460#-256347">420-moddasiga</a> muvofiq, koʻrilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033245" id="-6033245">sudlanuvchi suddan yashirinsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033246" id="-6033246">sudlanuvchi sud majlisiga kelishiga imkoniyat bermaydigan ruhiy yoki boshqa ogʻir kasallikka chalinganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033247" id="-6033247">sud tomonidan prokurorga JPK <a href="/acts/-111460#-2057292">416</a> va <a href="/acts/-111460#-2057309">417-moddalarida</a> nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha protsessual harakatlar amalga oshirilishini topshirish haqida ajrim chiqarilsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033249" id="-6033249">JPK <a href="/acts/-111460#-256347">420-moddasida</a> nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, sud ishni biror sudlanuvchiga nisbatan yoki butunlay toʻxtatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033250" id="-6033250">11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, barcha protsessual harakatlarni izchil bajarmasdan va sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarni aniqlamasdan turib, sud tergovini JPK <a href="/acts/-111460#-256423">52-bobi</a> talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish uchun sharoit yaratib boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033254" id="-6033254">Sud muhokamasining ushbu qismida raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsi bilan bogʻliq (JPK <a href="/acts/-111460#-256407">434-moddasi</a>) barcha masalalarni sinchkovlik bilan aniqlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033255" id="-6033255">Sud majlisining tayyorgarlik qismida raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi shaxsiga oid maʼlumotlarning aniqlanishi sudni sud tergovi davomida jazo chorasini va jazoni ijro etish muassasasi turini belgilashga oid masalalarni hal qilish uchun ahamiyatli boʻlgan sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarni (JPK <a href="/acts/-111460#-253751">82-moddasi</a>) sinchkovlik bilan oʻrganish majburiyatidan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033259" id="-6033259">12. JPK <a href="/acts/-111460#-256416">438-moddasi</a> mazmuniga koʻra, sud muhokamasi ishtirokchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish toʻgʻrisidagi, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari bevosita ular arz qilingan va muhokama qilingandan soʻng hal etilishi lozim. Sud muhokamasi ishtirokchilari doirasini aniqlash va ishning harakati bilan bogʻliq boshqa barcha iltimoslar ham (jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar sifatida tan olish toʻgʻrisida, ishni toʻxtatish yoxud uning muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida, ishni tugatish toʻgʻrisida va boshqalar), ular sud majlisining tayyorgarlik qismida yoki sud muhokamasi davomida arz qilinganligidan qatʼiy nazar, shu qoidalar asosida hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033261" id="-6033261">Ish sudga kelib tushganidan soʻng, lekin sud muhokamasi boshlangunga qadar kelib tushgan iltimosnomalar sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim. Biroq, ularning toʻgʻri hal qilinishini taʼminlash maqsadida ish boʻyicha raislik qiluvchi iltimosnomani koʻrib chiqishni keyinga qoldirishi va muayyan harakatlarni (maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va hokazo) amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033262" id="-6033262">Qonunga koʻra (JPK 438-moddasining <a href="/acts/-111460#-256419">uchinchi qismi</a>), iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish tarafni ushbu iltimosnomani boshqa asoslar boʻyicha sud muhokamasi davomida qayta arz qilish huquqidan mahrum etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033263" id="-6033263">13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ehtiyot chorasini qoʻllash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi, pasport harakatini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi, rad etish toʻgʻrisidagi, jinoyat ishini toʻxtatish yoki uni prokurorga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan ajrimlar, shuningdek, xususiy ajrimlar alohida xonada (maslahatxonada) alohida hujjatlar koʻrinishida chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033265" id="-6033265">Boshqa masalalar boʻyicha ajrimlar sud majlisining oʻzida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan chiqarilishi mumkin va JPK 423-moddasining <a href="/acts/-111460#-256359">toʻrtinchi qismiga</a> muvofiq qaror qabul qilinishi sabablarini koʻrsatgan holda sud majlisi bayonnomasiga kiritib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033266" id="-6033266">Sud tomonidan sud majlisi davomida hal qilinadigan barcha masalalar boʻyicha ajrimlar darhol eʼlon qilinishi lozim (JPK 423-moddasining <a href="/acts/-111460#-256360">beshinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033268" id="-6033268">14. Sudlanuvchining koʻrsatmalari faqat JPK <a href="/acts/-111460#-254131">104-moddasida</a> nazarda tutilgan hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin va sud tomonidan sud tergovi davomida tekshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033270" id="-6033270">15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari JPK <a href="/acts/-111460#-253627">55</a>, <a href="/acts/-111460#-253638">57</a>, <a href="/acts/-111460#-253644">59</a>, <a href="/acts/-111460#-253651">61</a>, <a href="/acts/-111460#-253659">63-moddalariga</a> muvofiq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sud majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Shu sababli bu shaxslarning keyingi sud majlislarida ishtiroki ixtiyoriy (ularning ishtiroki sud tomonidan zarur deb topilgan hollar bundan mustasno) boʻlib, bu haqda ish muhokamasi keyinga qoldirilganda sud majlisi bayonnomasida qayd etgan holda tushuntirilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033271" id="-6033271">16. Sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlar sifatida voyaga yetmagan shaxslar ishtirok etgan ish muhokama qilinayotganda, ishning alohida holatlarini aniqlash bunday shaxslarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini inobatga olib, sudlar har bir holda bunday holatlarni tekshirish chogʻida sud zalida voyaga yetmaganlar hozir boʻlishi zarurligi masalasini muhokama qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033272" id="-6033272">17. Ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur boʻlgan barcha hollarda, ekspertiza oʻtkazish zarurligi yoki bu holatlar sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi mumkinligi masalasi hal qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033274" id="-6033274">Mutaxassis dalillarni tekshirish chogʻida sudga yoki sud protsessi ishtirokchilariga maxsus bilim va koʻnikmalar zarur boʻlib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u yoki bu kasbning oʻziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) sud muhokamasiga taklif etiladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shart. Mutaxassis oldiga ekspert vakolatiga kiradigan savollarni qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Uning fikrini ekspert xulosasiga tenglashtirib boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033275" id="-6033275">Ekspert xulosasi qonunga muvofiq dalil turlaridan biri hisoblanadi va tadqiqotlarni amalga oshirish asosida beriladi. Ekspert oldiga mutaxassis vakolatiga kiruvchi savollar qoʻyilishi mumkin. Sudlar ekspertiza oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlganda, ekspertiza oʻtkazishni ekspertni soʻroq qilish bilan almashtirishga yoʻl qoʻymasliklari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033277" id="-6033277">18. Sudlarning eʼtibori ish boʻyicha haqiqatni aniqlashda ashyoviy dalillar, hujjatlarni tekshirish, joy va binoni koʻzdan kechirish muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033278" id="-6033278">Ashyoviy dalillar va hujjatlar sud majlisida ish boʻyicha boshqa dalillar bilan teng ravishda sinchkovlik bilan tekshirilishi (tegishlicha koʻzdan kechirilishi, oʻqib eshittirilishi) lozim boʻlib, ayni paytda ular taqdim etilgan shaxslar ularni tekshirish bilan bogʻliq u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishlari mumkin. Sudning ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish va hujjatlarni oʻqib eshittirish boʻyicha barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033293" id="-6033293">19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining <a href="/acts/-111460#-254881">birinchi qismiga</a> muvofiq, guvoh sudga kelishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, u majburiy keltirilishi mumkin. Jumladan, quyidagilar guvohning sudga kelmasligiga uzrli sabablar deb tan olinishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033297" id="-6033297">uni sudga kelish imkoniyatidan mahrum etuvchi kasallikka chalinganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033301" id="-6033301">oila aʼzosi kasallikka chalinib, uni parvarishlashni boshqa birovga topshirishning imkoni boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033303" id="-6033303">chaqiruv qogʻozi unga oʻz vaqtida topshirilmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033309" id="-6033309">tabiiy ofat oqibatida kelishning iloji boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033312" id="-6033312">guvohning sudga belgilangan muddatda kelishiga toʻsqinlik qilgan boshqa obyektiv sabablar boʻlganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033317" id="-6033317">20. JPK <a href="/acts/-111460#-255122">296-moddasiga</a> muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash sud muhokamasining muhim tarkibiy qismi ekanligini hisobga olib, sudlar har bir jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida yetarli asoslar mavjud boʻlganda, xususiy ajrim chiqarishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033318" id="-6033318">Sud surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazilishi davrida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlasa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan bunga tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini qaratishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033321" id="-6033321">21. Sud majlisi bayonnomasi ish boʻyicha eng muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini nazarda tutib, sudlar uni tuzish sifatini oshirish choralarini koʻrishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033324" id="-6033324">Bayonnoma JPK <a href="/acts/-111460#-3696578">426-moddasi</a> talablariga qatʼiyan muvofiq tarzda tuzilishi lozim. Bunda quyidagilar bayon etilishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033329" id="-6033329">sud muhokamasi ishtirokchilari tomonidan berilgan iltimosnomalar va ularning muhokamasi tartibiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033332" id="-6033332">maslahatxonaga kirmasdan sud majlisida chiqarilgan sud ajrimlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033335" id="-6033335">sudlanuvchining unga nisbatan eʼlon qilingan ayblov mazmuni boʻyicha, guvohlar va jabrlanuvchilarning ish holatlari boʻyicha bergan koʻrsatuvlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033339" id="-6033339">dalillarni tekshirish jarayoniga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033393" id="-6033393">Bayonnoma sifatli va oʻz vaqtida tuzilishi uchun raislik qiluvchi bilan bir qatorda sud majlisi kotibi javobgar boʻlib, u JPK <a href="/acts/-111460#-253521">32-moddasiga</a> muvofiq, bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek, sud muhokamasi ishtirokchilari harakatlarini toʻliq va toʻgʻri bayon qilib borishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033395" id="-6033395">Bayonnoma bir necha sud majlisi kotibi tomonidan yuritilganda, ulardan har biri bayonnomaning oʻzi yuritgan qismini imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033398" id="-6033398">22. JPK <a href="/acts/-111460#-256480">449-moddasiga</a> muvofiq, taraflar muzokarasi davlat va jamoat ayblovchisi nutqi bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033400" id="-6033400">Sudlarga tushuntirilsinki, muzokaralar tugagandan soʻng taraflar JPK 457-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-111460#-256516">1 — 6-bandlarida</a> nazarda tutilgan masalalar yuzasidan oʻzlari taklif etgan qaror mazmunini sudga yozma tarzda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi muzokaralar tugagandan soʻng sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar sudga oʻzlarining yozma taklifini berishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033403" id="-6033403">23. Taraflar muzokarasi ishtirokchilari oʻz soʻzlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida xabar bersalar, sud, sud tergovini JPK <a href="/acts/-111460#-256497">452-moddasi</a> talablariga muvofiq, yangidan boshlab, sudlanuvchini ushbu holatlar toʻgʻrisida batafsil soʻroq qilishi hamda ularni protsessual qonunning sud tergoviga oid talablariga rioya etgan holda sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7336513" id="edi-7336513"><a href="/acts/-6033155?ONDATE=14.05.2022 00#-6033405">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7336513" id="-7336513"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7336519" id="-7336519">24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrayotganda birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, ularni qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7336523" id="-7336523">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308339">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6033410" id="-6033410">25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 12-sonli <a href="/acts/-1443725">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6033447" id="-6033447"><p> </p><p><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</strong></p></div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6033468" id="-6033468"><strong>Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi</strong> <strong>I. ALIMOV</strong></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6037075" id="-6037075">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6037076" id="-6037076">2022-yil 14-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6037077" id="-6037077">7-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
