1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2000-yil 29-aprelda 87-son bilan “TASDIQLANGAN”
HAYDOVChILIK GUVOHNOMASIGA TALON BERISh VA ALMAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 9-iyunda 934-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Haydovchilik guvohnomasiga talon (1-ilova) berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB DAN boshqarmalari, Toshkent shahar IIBB Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligi nazorati boshqarmasi (YHXNB) roʻyxatlash va imtihon olish (RIB, TRIB) boʻlim(boʻlinma)lari orqali doimiy (vaqtinchalik) turar-joyga ega boʻlgan, talon uchun belgilangan toʻlovni toʻlagan, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha nazariy imtihon topshirgan, oʻrnatilgan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslarga, ularning shaxsiy pasportlari (harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet), transportni texpasporti, ishonch qogʻozi (shaxsiy transport egalari uchun), ish joyidan maʼlumotnoma (yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari haydovchilari uchun) imtihon varaqasi va haydovchilik guvohnomalarini koʻrib, ularning arizalari asosida beriladi.
1.1 Yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yozuvlari (muhrlari) noaniq holdagi talonlarni almashtirish faqat DAN RIB (TRIB) boʻlim(boʻlinma)lari orqali amalga oshiriladi.
1.2 Korxonalar, muassasalar va idoralarda haydovchi lavozimida ishlab turuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga kelgan boshqa davlat fuqarolariga haydovchilik guvohnomasiga talon umumiy tartibda, ularni ishlab turgan joylaridan olingan yozma bayonotga asosan beriladi.
2. Haydovchilik guvohnomasi talonida MJtKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklardan uchtasi bir yil mobaynida qayd etilganda haydovchilik guvohnomasining taloni tuman (shahar) IIB DAN maʼmuriy amaliyot guruhlari va Toshkent shahar IIBB YXNB maʼmuriy amaliyot boʻlimi xodimlari tomonidan almashtirib beriladi.
Haydovchilik guvohnomasining talonini almashtirish uchun fuqaroning shaxsiy pasporti, imtihon varaqasi, belgilangan tartibdagi toʻlov kvitansiyasi, haydovchilik guvohnomasi va uning eski taloni taqdim etiladi.
3. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon yoʻqotilgan takdirda tiklanayotgan (ikkinchi) talon RIB (TRIB)lar tomonidan nazariy, agar 12 oy davomida haydovchi transport vositasini boshqarmagan boʻlsa qoʻshimcha ravishda amaliy imtihon olingandan soʻng beriladi.
3.1. Haydovchilik guvohnomasining yoʻqotilgan taloni oʻrniga yangisi berilishidan avval haydovchining yashash joyidagi (haydovchi lavozimida ishlayotgan shaxslar transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) roʻyxatga olingan joylardagi) shahar, tuman IIB DANBlaridan haydovchining bir yil davomida sodir etgan huquqbuzarliklari va ushbu DANBlarda uning haydovchilik guvohnomasi taloni saqlanmayotganligi haqida maʼlumot talab etiladi.
3.2 Oʻrniga yangisi berilgan, yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasi taloni topilgan taqdirda haqiqiy emas deb hisoblanadi va DAN boshqarmalari RIB (TRIB)ida belgilangan tartibda dalolatnoma orqali yoʻq qilinadi.
4. Haydovchilik guvohnomasi taloni RIB(TRIB)lar tomonidan almashtirib berilganda eski talonda qayd etilgan, bir yillik muddati oʻtmagan barcha huquqbuzarliklar haqidagi belgilar yangi talonga koʻchirib yoziladi.
5. Haydovchilik guvohnomasiga talon berilganda va almashtirilganda, haydovchilik guvohnomasining alohida belgilari grafasiga va imtihon varaqasiga berilgan talonning seriyasi va raqamlari yozib qoʻyiladi.
6. Haydovchilik guvohnomasining talonini almashtirish uchun asos boʻlgan hujjatlar ish jildiga tikilib, varaqlari raqamlanadi.
Ish jildining oxirgi varagʻida “Ushbu ish jild, ___varaq, raqamlangan va muhrlangan” deb yozilib, DAN xodimi tomonidan imzolanadi. Ish jildi DAN boʻlinmasida (boʻlimida, boshqarmasida) 2 yil saqlanadi va muddati oʻtgandan soʻng oʻrnatilgan tartibda yoʻq qilinadi.
7. Haydovchilik guvohnomasiga beriladigan talon haqidagi maʼlumotlar maxsus jurnalda (2-ilova) qayd etiladi va taloni almashtirilayotgan shaxs imzo chekkandan soʻng yangi talon beriladi. Jurnallar esa 60 yil davomida talon berilgan DAN RIB(TRIB), tuman (shahar) DAN maʼmuriy amaliyot guruhlari (boʻlimlari)da saqlanadi.
8. Haydovchilj guvohnomalari talonlari viloyat IIB DAN boshqarmalari RIB (TRIB) laridan ishonch qogʻozi va nakladnoy orqali olinadi.
Otasining ismi __________________________________________
V
Qaysi DAN bergan_________________________________________
E
“_____” _______________ 200__ y. __________________________
(imzo)
M.Oʻ.
Haydovchilik guvohnomasi olingan kundan boshlab 30 kun muddatga transport vositasini boshqarish huquqini beradi.
Quyidagi yoʻl harakati qoidabuzarliklarni sodir etilgan taqdirda ogohlantirish taloniga belgi qoʻyiladi.
1. Transport vositasini mast holda boshqarish.
2. Belgilangan tezlikni oshirish.
3. Temir yoʻl pereyezdlaridan oʻtish qoidalari.
4. Quvib oʻtish qoidasi, chorrahalardan oʻtish, odam tashish, piyodalar yurish joylari hamda jamoat transporti toʻxtash joylaridagi qoidabuzarliklar.
5. Boshqaruv signallariga rioya qilmaslik. Yoʻl belgi talablari va oʻtish joylaridagi yoʻl chiziqlariga rioya qilmaslik.
6. Har qanday toʻsiqsiz oʻtib ketish huquqiga ega boʻlgan transport vositalarini qoʻyib yubormaslik.
7. Maʼlum talablar asosida foydalanish qatʼiyan man etilgan, oʻzboshimchalik bilan nomer belgisi echib qoʻyilgan yox�d yasama nomer bilan yurgan qoidabuzarliklar.
8. Yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish.
Roʻyxat boʻyicha qoidabuzarlik nomeri
Qoida buzilgan vaqti
Jazo turi
Jazoning bajarilish vaqti
Guvohnoma olib qoʻyilgan _____________________________________ 200__ y.
Boshlandi 200 ___ y. “____” __________________ Tugallandi 200 ___ y. “____” _________________
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son,Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)