|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY O‘QUV YURTLARI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TARKIBINING ISH HAQINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oliy ta’lim tizimini pedagogik kadrlar bilan mustahkamlash, oliy maktab pedagoglarining yoshlarni tarbiyalashdagi rolini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-dekabrdan boshlab oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari tarkibining lavozim maoshlari mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarni oshirish hisobiga o‘rtacha 25 foizga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda yuqorida ko‘rsatilgan xodimlarning lavozim maoshlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun zarur budjet mablag‘larini ajratsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 2-dekabr,
531-son