|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING REGLAMENTIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi majlislarini o‘tkazish hamda unda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ishtirok etishi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 64-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari bo‘yicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini ko‘rib chiqishda, shuningdek majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq masalalar ko‘rilayotganda taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha majlislariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari taklif etiladilar”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-aprel,
103-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 116-modda)