|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.02.2001
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993 YIL 11 MARTDAGI 127-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish masalalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining o‘rni va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy-mehnat sohasida paydo bo‘luvchi vazifalarni tezkorlik bilan tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga qarorning 4-bandi uchinchi xatboshini quyidagi tahrirda bayon etgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari tegishli hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, hokimliklar va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi va ularga hisob beradi;
tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari tegishli hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, hokimliklar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalariga bo‘ysunadi va ularga hisobga beradi, ularga uslubiy rahbarlik qilish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish esa Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari rahbarlarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tayinlash tartibi saqlab qolinsin. Tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari mehnat birjalari rahbarlari tumanlar (shaharlar) bo‘limlari rahbarlari tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra tegishli viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tayinlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari ishini o‘rganib chiqsinlar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan to‘liq chora-tadbirlar ko‘rsinlar, ular faoliyatini takomillashtirishda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, ijtimoiy-mehnat sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishda ularning ahamiyatini oshirishda doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar, aholini ish bilan ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan barcha tashkilotlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar.
4. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblansin:
ish bilan ta’minlanmagan aholini hisobga olish va ishsizlar sonini aniqlash, mehnat bozori konyunkturasini tahlil qilish va prognozlashtirish, ishsizlarni va ish bilan ta’minlanmagan aholini ishga joylashtirish, ishsizlarni yangi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash;
ish bilan ta’minlash hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligidan va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan ortiqcha ish kuchlarini bo‘shatib olish uchun shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy ishlarni tashkil etish;
aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish;
aholini muayyan ijtimoiy himoya qilish, ishsizlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun eng kam miqdorda ish o‘rinlari yaratish, bu o‘rinlar butlanishini ta’minlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-sonli qarori tahririda)
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishsizlarni ishga joylashtirishni operativ nazorat qilish, bolali oilalarni, kam ta’minlangan oilalarni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini va aniq ijtimoiy himoyaning boshqa chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishning holati, mehnatning noqulay sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi hamda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 7-aprel,
175-son