Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.09.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA MAHSULOTINI SOTISh NARXLARI VA BUDJET BILAN OʻZARO HISOB-KITOBLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-sentabrdagi 414-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxta mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va uni isteʼmol qiluvchilar (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, respublikadagi isteʼmolchilar) oʻrtasidagi, shuningdek ular va budjet oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1995-yil hosili paxta mahsuloti “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo tashkilotlari, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va tolani qayta ishlovchi respublika isteʼmolchilari tomonidan preyskurant ulgurji-sotish narxlari boʻyicha sotib olinadi. Transport, boj, vositachilik va ekspeditorlik xarajatlari xaridorlar tomonidan preyskurant narxga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo tashkilotlari va “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi tomonidan paxta mahsulotini respublikadan tashqariga sotish Liverpul birjasining jahon narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2 hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan idoralarning budjet bilan oʻzaro hisob-kitob qilishi tartibini mazkur qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-sentabrdagi 461-son va 1994-yil 20-oktabrdagi 515-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-sentabr,
373-son