|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.02.2004
|
Oʻzbekiston Respublikasi oliy Kengashining
Qarori
“AXBOROTLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 18-iyundagi 117 (624)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilishini tashkil etsin va uni tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
ushbu Qonun bajarilishini taʼminlovchi meʼyoriy hujjatlar qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
869-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 253-modda)