O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 180-modda);
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 1995-yil 6-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) VIII bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 26-dekabr,
542-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 11-modda)